• Timelines palitrasi.
  • Macromedia Flash mx dasturi




    Download 38.5 Kb.
    bet1/2
    Sana19.06.2023
    Hajmi38.5 Kb.
    #74357
      1   2
    Bog'liq
    Macromedia Flash MX dasturi
    Kurs ishi ramka ElMash, internet asoslari, V1I90028, 8-лаб-я, 120555 вазифа ТТП -4, 1691670725, Cyber Security Business Plan by Slidesgo

    Macromedia Flash MX dasturi
    Macromedia Flash MX dasturi Flash interfeysi Adobe firmasining dasturlari (masalan, PhotoShop) interfeysiga o‘xshash bo‘lib, nuqtali grafika bilan ishlashga mo‘ljallangan.
    Chapda chizish uchun mo‘ljallangan instrumentlar paneli joylashgan. Ular yordamida instrumentlar tanlanishi, shuningdek ishchi sohani boshqarish, ob’ektlarni o‘zgartirish va ranglar tanlash mumkin. O‘ng tomonda instrumentlarda sozlash, rang, matn, kadrlar hususiyati va ob’ektlar palitralari joylashgan. O‘rtad ishchi soha, uning ustiki qismida esa vaqt diagrammasi (Timeline).
    Ishchi sohada alohida grafik va matnli elementlar yaratiladi.
    Ishchi soha ostida hususiyatlar palitrasi (Properties) joylashgan bo‘lib, u turli ob’ektlar hususiyatlarini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
    Flash da bajarilgan ishlarining natijasini (fayllar, animasiya, sahifalar) — multifilm, klip, videofragment, rolik va animasiyalar deb atash qabul qilingan (umumiy termin mavjud — movie).
    Flash da rolik yaratish jarayoni quyidagicha:
    Dastlab FLA kengaytmali boshlang‘ich yoki mualliflik fayl (tahrirlab bo‘ladigan boshlang‘ich fayl) yaratiladi. Keyin brauzerda ko‘rish mumkin bo‘lgan SWF-faylga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, ishning natijalarini keng tarqalgan formatlar fayllari AVI , animasion GIF, JPEG va boshqa formatlarga eksport qilish mumkin.
    Timelines palitrasi.
    Vaqt shkalasi Flash da animasiya bilan ishlashning asosiy instrumenti hisoblanadi. Unda qatlamlar haqida va qaysi kadr kalit kadr, qaysilari oraliq kadr ekanligi haqidagi axborotlar tasvirlangan.
    Vaqt shkalasi yordamida qaysi kadr harakat yoki belgi saqlashini aniqlash mumkin. U kalit kadrlarni va animasiyaning alohida qismlarini harakatlantirish imkoniyatini beradi. Bu instrument juda qulay bo‘lib unda ishlashni tezda o‘zlashtirib olish mumkin.
    Vaqt shkalasining asosiy elementlarini sanab o‘tamiz:
    Marker — qizil rang bilan ajratilgan to‘g‘ri burchak bo‘lib, ishchi sohada tasvirlangan joriy kadrni bildiradi.
    To‘g‘ri burchakli to‘r yacheykalari (kadrlar shkalasi) — kadrlarni bildiradi. Yacheykalarning birortasi bosilsa, marker avtomatik tarzda o‘sha yacheykaga ko‘chadi va ishchi sohada o‘sha kadr tasvirlanadi.
    Qatlamlar — kadrlar lineykasidan chapda qatlamlar joylashgan.
    Ular ostida qatlamni qo‘shish yoki olib tashlash imkonini beruvchi tugmalar joylashgan. Har bir qatlamni ko‘rinmas qilish yoki tahrirlashni ta’qiqlash ham mumkin.
    Kadrlar shkalasi — oddiy va kalit kadrlarni qo‘shish yoki olib tashlash mumkin bo‘lgan maydon. Agar birorta kadrda sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilsa, yordamchi (kontekst) menyu chiqadi. Unda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Kadrlar shkalasida quyidagi axborotlar tasvirlangan:
    — Kalit kadrlar qora aylanachalar bilan belgilangan;
    — Harakatlar bilan bog‘liq kadrlarda aylanachalar ustida "a" harfi qo‘yilgan;
    — Belgilangan kadrlarda qizil bayroqcha va belgi nomi qo‘yilgan.
    Kadr rangi uning qaysi tipga mansubligini bildiradi: takrorlovchi kadr kulrangga bo‘yalgan, binafsha yoki yashil rangli kadrlar Flash da qayta ishlangan kadrlar, oq rangda bo‘sh kadrlar ko‘rsatiladi.

    Download 38.5 Kb.
      1   2




    Download 38.5 Kb.