KIRISH Internet-do’kon o’zi nima?




Download 1.56 Mb.
bet2/5
Sana01.06.2022
Hajmi1.56 Mb.
#22661
1   2   3   4   5
Bog'liq
GGG
12345689, Diktant Is gazi haqida, tekshiruv ma\'lumotnomasi, 19-son maktab Sinf rahbar to`liq 2022-2023, Kompyuter ta’minoti” fanidan Test savollari 2018, be3a133e-2bd9-40e3-bec7-499031ee41cf, 7-mavzu О‘rta Оsiyoda qо‘llanilgan kalendarlar, MTM (1), RADJABOV URAL FX, Mutaxasislikka kirish. yakuniy, K.Oʻqitish M. fan dasturi, Axborotlarning analitik maxsuloti va xizmati, Ахборотларнинг аналитик Мустакил иш, PPTX Presentation

KIRISH

Internet-do’kon o’zi nima?


Internet-do’kon — elektron savdo-sotiq shakli, tovarlarni Internet orqali sotishga mo’ljallangan veb-sayt. Internet-do’kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to’lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to’lov tizimi orqali to’lashlari ham) mumkin.
Internet-do’konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda ham internet-do’konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.
Internet-do’kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi (xuddi oddiy do’kondagi polkalardek), turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo’ladi (xuddi oddiy do’kondagi bo’limlardek). Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o’ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega (oddiy do’kondagi savatchadek). Keyin “Savatcha”ga o’tib, o’zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko’rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o’zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to’lov usulini tanlaydi (buyurtma beradi).
O’zbekistondagi Internet-do’konlarda to’lov turlicha bo’lishi mumkin: plastik kartadan elektron to’lov tizimlari orqali (masalan Click, PayMe kabi), bank to’lov terminali orqali yoki naqd pul ko’rinishida (yetkazilgan joyida).
Buyurtmani yetkazib berish kuryer (Internet-do’kon xodimi yoki boshqa shaxslar) yoki pochta xizmati tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Internet-do’konning oddiy do’konlarga nisbatan eng asosiy afzalliklari quyidagilar:

  • Internet-do’konga kuniga 24 soat va yilning 365 kunida, tushlik payti yoki dam olish, bayram kunlariga qaramasdan, sutkaning xohlagan paytida kirish, tovarlarni tanlash va buyurtma qoldirish mumkin;

  • Internet-do’konga dunyoning xohlagan joyidagi har qanday xaridor uyidan chiqmagan holda kirishi mumkin;

  • Internet-do’konga joylahtiriladigan tovarlar hamda xizmatlar turlari va soni cheklanmagan;

  • Internet-do’kon xaridorlari va sotuvchilari bir-biri bilan oradagi masofadan qat’iy nazar onlayn-chat, elektron pochta orqali va boshqa usullarda xohlagan paytda bog’lanishlari mumkin;

  • mobil qurilmalar va internet rivojlanishi xaridor xohlagan joyida turib (ko’chada, hovlida, uyda, mehmonxonada va hokazo)

  • Internet-do’konga kirish tovar sotib olish imkonini beradi;

Internet-do’kon – bu savdo-sotiq sohasining kelajagi.


Download 1.56 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KIRISH Internet-do’kon o’zi nima?

Download 1.56 Mb.