• Statsionar (turg‘un) holatlar haqidagi postulat
  • Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




    Download 0,52 Mb.
    bet81/111
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,52 Mb.
    #135922
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111
    Bog'liq
    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

    Birinchidan, elektronning yadro atrofidagi orbita bo‘ylab harakati egri chiziqli, ya’ni tezlanish bilan ro‘y beradigan harakatdir. Bu harakatda elektronning energiyasi kamayadi, uning aylanish orbitasi kichrayadi va u yadroga yaqinlasha boradi. Boshqacha aytganda, ma’lum vaqtdan keyin elektron yadroga qulab, atom yo‘qolishi kerak. Bu Rezerford modeliga muvofiq, atom nostabil sistema bo‘lishini ko‘rsatadi. Amalda esa atomlar juda mustahkam sistema hisoblanadi.
    Ikkinchidan, elektron atomga yaqinlashgan sari orbitasining radiusi
    kichraya boradi (R → 0), tezligi esa o‘zgarmaydi (u = const). Natijada

    υ2



    tezlanishi


    a= R
    ortishi bilan elektronning nurlanish chastotasi ham

     
    uzluksiz ravishda ortishi va demak, uzluksiz nurlanish spektri kuzatilishi kerak. Tajribalar va ular bilan mos keluvchi Balmer formulasi esa atomning nurlanish spektri uzlukli (chiziqli) ekanligini ko‘rsatganini bildik.


    1913-yilda Rezerfordning yadroviy modeliga kvant nazariyasi tatbiq etilib, tajriba natijalarini to‘la tushuntirib bera oladigan vodorod atomi nazariyasi yaratildi.
    Bor nazariyasining asosini quyidagi ikkita postulat tashkil qiladi. Bu postulatlardan har biri yuqorida qayd etilgan Rezerford modelining ikkita kamchiligini bartaraf etishga qaratilgan.


    1. Statsionar (turg‘un) holatlar haqidagi postulat: atomda statsionar holatlar mavjud bo‘lib, bu holatlarga elektronlarning statsionar orbitalari mos keladi.


    Elektronlar faqat shu statsionar orbitalarda bo‘lib, hattoki tezlanish bilan harakatlanganida ham nurlanmaydi.
    Statsionar otbitadagi elektronning harakat nuqdori momenti (impuls momenti) kvantlangan bo‘lib, quyidagi shart bilan aniqlanadi:
    me · un · rn = n · ħ (7–2)
    Bu yerda: me – elektronning massasi; rn – n-orbitaning radiusi; un – elektronning shu orbitadagi tezligi; me · un · rn – elektronning shu orbitadagi
    impuls momenti; n – nolga teng bo‘lmagan butun son, unga bosh kvant soni


    2
    deyiladi;  = h


    π
    (ħ – Plank doimiysi).

    Demak, Borning birinchi postulatiga ko‘ra, atomdagi elektron istalgan orbita bo‘ylab emas, balki statsionar orbita deb ataluvchi ma’lum orbitalar bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Bu harakat davomida nurlanmaydi, ya’ni energiyasi kamaymaydi. Energiyasi kamaymasa, yadroga tushmaydi va atom yo‘qolmaydi. Shunday qilib, ushbu postulat Rezerford modelining birinchi kamchiligini bartaraf qiladi.





    1. Download 0,52 Mb.
    1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111




    Download 0,52 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

    Download 0,52 Mb.