|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 104/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarUzluksiz zanjir reaksiyasi. Yuqorida qayd etilganidek, har bir uran yadrosi bo‘linganda yadro bo‘laklaridan tashqari 2–3 ta neytron ham uchib chiqadi. O‘z navbatida, bu neytronlar ham boshqa uran yadrosiga tushishi va ularning ham parchalanishiga olib kelishi mumkin. Natijada 4–9 ta neytron hosil bo‘ladi va shuncha yadroni parchalab, 8 tadan 27 tagacha neytronlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, o‘z-o‘zining parchalanishini kuchaytiruvchi jarayon vujudga keladi (7.12-rasm). Bu jarayon uzluksiz zanjir reaksiyasi deyiladi.
Zanjir reaksiyasi ekzotermik reak- siyadir, ya’ni reaksiya katta miq- dordagi energiya ajralishi bilan ro‘y beradi. Biz yuqorida bitta uran yadrosi bo‘linganda 200 MeV energiya ajralishi haqida yozgan edik. Endi 1 kg uran parchalanganda qancha energiya ajra- lishini hisoblaylik (1 kg uranda 2,5 · 1024 ta yadro mavjud):
E ≈ 200 MeV · 2,5 · 10 24 =
= 5 · 10 26 MeV = 8 · 10 13 J. (7–22)
n
7.12-rasm.
Bunday energiya 1800 t benzin yoki 2500 t toshko‘mir yonganda ajralishi mumkin. Aynan shu qadar katta energiyaning ajralishi olimlarni zanjir reaksiyasidan amalda (ham tinchlik, ham harbiy maqsadlarda) foydalanish yo‘llarini izlashga undadi. Zanjir reaksiyasini amalga oshirish unchalik ham oson emas. Bunga sabab tabiatda mavjud uranning ikkita izotop: 99,3 %–
238 U va 0,7 % – 235 U dan iboratligidir. Zanjir reaksiyasi faqat Uran – 235
92 92
bilangina ro‘y beradi.
Shuning uchun uran rudasidan oldin zanjir reaksiyasi ro‘y beradigan Uran – 235 izotopini ajratib olish, so‘ngra reaksiya o‘tadigan sharoitni vujudga keltirish kerak. Bugungi kunda bu murakkab masala muvaffaqiyatli yechilgan. Neytronlarning ko‘payish koeffitsiyenti. Zanjir reaksiyasi ro‘y berishi uchun ikkilamchi neytronlarning keyingi yadro bo‘linishlaridagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun neytronlarning ko‘payish
koeffitsiyenti tushunchasi kiritiladi:
N
k = Ni
i1
, (7–23)
bu yerda: Ni kattalik – i-etapda yadrolar bo‘linishini vujudga keltiradigan neytronlar soni bo‘lsa, Ni–1 – undan oldingi etapda yadrolar bo‘linishini vujudga keltiradigan neytronlar soni.
Ko‘payish koeffitsiyenti nafaqat neytronlar sonini, balki bo‘linadigan
yadrolar sonini ham ko‘rsatadi. Agar k < 1 bo‘lsa, unda reaksiya tezda so‘nadi.
Agar k = 1 bo‘lsa, zanjir reaksiyasi kritik deb ataluvchi doimiy intensivlik
bilan davom etadi.
Agar k > 1 bo‘lsa, zanjir reaksiyasi ko‘chkisimon o‘sib boradi va yadro
portlashiga olib keladi.
|
| |