|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 100/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarGiperonlar. Keyingi zarralar guruhi giperonlar deyiladi. Ularning
massalari 2180 me dan 3278 me gacha oraliqda bo‘ladi.
Rezonanslar. Keyingi paytlarda yashash davrlari juda kichik bo‘lgan
rezonanslar deb ataluvchi zarralar kashf qilindi. Ularni bevosita qayd qilishning iloji bo‘lmay, vujudga kelganini parchalanishida hosil bo‘lgan mahsulotlarga qarab aniqlanadi.
Umuman olganda, dastlabki paytlarda bor-yo‘g‘i bir nechtagina va materiyaning eng jajji g‘ishtchalari deb hisoblangan elementar zarralar keyinchalik, shu qadar xilma-xil va shu qadar murakkab bo‘lib chiqdi.
Antizarralar. Birinchi antizarra – elektronning antizarrasi (qarama- qarshi zarrasi) – pozitron kashf qilingandan so‘ng, boshqa zarralarning ham antizarrasi yo‘qmikan, degan savol tug‘ildi. Antiproton 1955-yilda mis nishonni protonlar bilan bombardimon qilish natijasida hosil qilindi. 1956-yilda esa antineytron kashf qilindi. Hozirgi paytda har bir zarraning o‘z antizarrasi, ya’ni massasi va spini teng, zaryadi esa qarama-qarshi bo‘lgan zarra mavjudligi aniqlangan.
Elektron va protonlarning antizarralari zaryadining ishorasi bilan farq qilsa, neytron va antineytron xususiy magnit momentlarining ishorasi bilan farq qiladi. Zaryadsiz zarralar foton, π0-mezonlarning o‘zlari va antizarralarining fizik xossalari bir xil.
Antizarralar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgandan keyin o‘quvchida zarra va antizarra uchrashib qolsa, nima bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Ushbu savolga javobni keyingi satrlarda topasiz.
Modda va maydonning bir-biriga aylanishi. Elektronning o‘z antizarrasi – pozitron bilan uchrashuvi ularning elektromagnit nurlanish kvantiga aylanishiga va energiya ajralishiga olib keladi. Bu hodisa annigilatsiya deyiladi:
e– + e + → 2γ.
Nafaqat elektron va pozitron, balki barcha zarralar ham o‘z antizarralari bilan uchrashganda annigilatsiyaga kirishadi. Boshqacha aytganda, ular elektromagnit maydon kvantlariga (fotonlarga) aylanadi.
Ushbu holda annigilatsiya so‘zi uncha qulay tanlanmagan. Chunki u lotincha «yo‘qolish» degan ma’noni anglatadi. Aslida esa zarra va antizarra
uchrashganda hech qanday yo‘qolish ro‘y bermaydi. Barcha saqlanish qonunlari to‘la bajariladi. Materiya modda ko‘rinishidan elektromagnit maydon kvantlari ko‘rinishiga o‘tadi, xolos.
0
Energiyasi elektron va pozitronning tinchlikdagi energiyalari yig‘indisidan katta bo‘lgan γ-kvant Eγ > 2m c2 =1,02 MeV yadroning yonidan o‘tganida elektron-pozitron juftligiga aylanishi mumkin:
γ → e– + e +.
Elektron-pozitron juftligining paydo bo‘lishi va ularning annigilatsiyasi materiyaning ikki shakli (modda va maydon) o‘zaro bir-biriga aylanishlarini ko‘rsatadi.
|
| |