|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 98/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarRadioaktiv aylanishlar. Yuqoridagi reaksiyalardan ko‘rinib turibdiki, ular yordamida bir kimoviy elementlarni boshqasiga aylantirish va shu yo‘l bilan sun’iy ravishda radioaktiv elementlarni hosil qilish mumkin. Bunday reaksiyalarga radioaktiv aylanishlar deyiladi.
Umuman olganda, sun’iy va tabiiy radioaktivlik o‘rtasida hech qanday farq yo‘q. Chunki, izotopning xossalari uning hosil bo‘lish usuliga mutlaqo bog‘liq emas va sun’iy izotop tabiiy izotopdan hech qanday farq qilmaydi.
Gamma-nurlanish. Fransuz fizigi P. Villar 1900-yilda qo‘rg‘oshinni α va β-zarralar bilan nurlantirilganda qandaydir qoldiq nurlanish bo‘lishini aniqlagan. Bu nurlanish magnit maydon ta’sirida o‘z yo‘nalishidan og‘magan. Ionlashtirish qobiliyati ancha kichik, singish qobiliyati esa rentgen nurlarinikidan ham ancha kuchli bo‘lgan. Uni γ-nurlanish deb ataganlar.
γ-nurlanish ham rentgen nurlari kabi elektromagnit to‘lqinlardir. Ular faqat hosil bo‘lishi va energiyalari bilan bir-biridan farq qiladi. Agar rentgen nurlari orbital elektronlarning g‘alayonlanishi va tez elektronlarning tormozlanishining natijasi bo‘lsa, γ-nurlanish yadrolarning bir-biriga aylanishida hosil bo‘ladi.
Umuman olganda, yadro radioaktiv yemirilish yoki sun’iy ravishda yadrolarning bir-biriga aylanishi natijasida g‘alayonlangan holatga o‘tadi. U g‘alayonlangan holatdan asosiy holatga o‘tganida γ-nurlanish chiqaradi. Uning energiyasi bir necha kiloelektron-voltdan, bir necha million elektron-voltgacha bo‘lishi mumkin. γ-nurlanish moddadan o‘tganda uning dastlabki intensivligi ancha kamayadi. Bunga sabab – fotoeffekt, kompton effekti va elektron- pozitron juftligining hosil bo‘lishi.
Yadro reaksiyalarida qanday saqlanish qonunlari bajariladi?
Alfa-nurlanish deb nimaga aytiladi?
β-nurlanish deb nimaga aytiladi?
γ-nurlar qanday nurlar? U rentgen nurlaridan nimasi bilan farq qiladi?
|
| |