Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar




Download 0,52 Mb.
bet99/113
Sana15.12.2023
Hajmi0,52 Mb.
#119326
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
Bog'liq
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar

Masala yechish namunasi:

Quyidagi reaksiyada noma’lum mahsulot X ni toping.


14 N+ 4 He ⇒ 17 X+ 1H

7 2 8 1 .



8

O
Javobi: 17





      1. mavzu. ELEMENTAR ZARRALAR



Elementar zarralar. «Elementar» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «eng sodda» demakdir. Garchi bugungi kungacha ma’lum zarralarni elementar deb atash uncha to‘g‘ri bo‘lmasa-da, dastlabki paytlarda kiritilgan bu iboradan hamon foydalaniladi. Umuman olganda, zarralar endigina kashf qilina boshlanganda materiyaning eng kichik bo‘lakchasi sifatida qabul qilingan va chindan ham elementar deb hisoblangan. Lekin ularning ba’zilarining (jumladan, nuklonlarning) murakkab tuzilishga ega ekanligi keyinroq ma’lum bo‘lib qolgan. Hozirgi paytda 300 dan ortiq elementar zarralar mavjud. Ularning ko‘pchiligi nostabil bo‘lib, asta-sekin yengil zarralarga aylanadi.
Elektron. Birinchi kashf qilingan elementar zarra elektron hisoblanadi. Katod nurlarining xossalarini o‘rganayotgan J. Tomson, bu manfiy zaryadlangan zarra elektronlar oqimidan iborat ekanligini aniqladi. Bu voqea 1897-yil 29-aprelda ro‘y bergan edi va shu sana birinchi elementar zarra kashf qilingan kun hisoblanadi.
Foton. 1900-yilda M.Plank yorug‘likning foton deb ataluvchi zarralar oqimidan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Foton elektr zaryadiga ega emas, tinchlikdagi massasi nolga teng, ya’ni foton yorug‘lik tezligiga teng tezlik bilan harakat holatidagina mavjud bo‘lishi mumkin.
Proton. 1919-yilda E. Rezerford tajribalarida, azotning α-zarralar bilan bombardimon qilinishi natijasida, vodorod atomining yadrosi proton kashf qilingan. U zaryadining miqdori elektronning zaryadiga teng bo‘lgan, musbat zaryadlangan zarradir. Massasi elektronning massasidan 1836 marta katta.



K-mezonlar. 1950-yillardan boshlab kashf qilinadigan zarralarning soni keskin ortib bordi. Bular qatoriga K-mezonlar ham kiradi. Ularning zaryadi musbat, manfiy, nol bo‘lishi mumkin. Massalari esa 966–974 me atrofida.

Download 0,52 Mb.
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Download 0,52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar

Download 0,52 Mb.