Javobi: 6 ta.
mavzu. YADRO REAKSIYALARI. SILJISH QONUNI
Yadro reaksiyalari. Yadro reaksiyalari atom yadrolarining o‘zaro bir- birlari bilan yoki yadro zarralari bilan ta’sirlashishlari natijasida boshqa yadrolarga aylanishidir.
Yadro reaksiyalarida: elektr zaryadining,
nuklonlar sonining, energi- yaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlari bajariladi. Barcha reaksiyalar reaksiya jarayonida ajraladigan yoki yutiladigan energiya bilan xarakterlanadi. Energiya ajralishi bilan ro‘y
beradigan reaksiyalarga ekzotermik, energiya yutilishi bilan ro‘y beradigan reaksiyalarga esa
endoter mik reaksiyalar deyiladi.
Yadro reaksiyalarining turlari. Yadro reaksiyalari quyidagi belgilariga qarab turlarga bo‘linadi:
Unda ishtirok etadigan zarralarning turlariga qarab,
neytronlar, γ-kvantlar, zaryadlangan zarralar (proton, deytron, α-zarra va h.k.) ta’sirida ro‘y beradigan reaksiyalar.
Reaksiyada ishtirok etuvchi zarralarning energiyasiga qarab, kichik energiyali (≈ 100 eV); o‘rta energiyali (≈ 1 MeV) va yuqori energiyali (≈ 50 MeV) reaksiyalar.
Ishtirok etuvchi yadrolar turiga qarab, yengil yadrolarda (A < 50); o‘rta yadrolarda (50 < A < 100); og‘ir yadrolarda (A > 100) o‘tadigan reaksiyalar.
Yadroviy aylanishlarning
xarakteriga qarab, neytron chiqaruvchi; zaryadlangan zarralar chiqaruvchi; zarra yutuvchi reaksiyalar bo‘ladi.