|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 94/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarMasala yechish namunasi:
1. Agar Vilson kamerasiga uchib kirgan (7.9-rasmga qarang) elektron treki (izi)ning radiusi 4 cm, magnit maydon induksiyasi 8,5 mT bo‘lsa, elektronning tezligi qanday?
F = F
Yechilish i:
(1)
λ mi
2 2
e[ → →] = mυ , eυ B = mυ ,
υ⋅ B R R
m
υ= ReB . (2)
1,6 ⋅10 −19 C ⋅ 8,5 ⋅10 −3 T⋅ 4 ⋅10 −2 m
Berilganlardan olamiz: υ=
9,1
−31
= 6 · 10 7 m/s.
⋅10 kg
Javobi: 6 · 107 m/s.
Fransuz fizigi A. Bekkerel 1896-yilda uran tuzlarida luminessensiya hodisasini o‘rganayotib, g‘aroyib hodisaga duch keldi. Uran tuzini fotoplastinka ustida qoldirgan Bekkerel plastinkani ochganida plastinkaga tuzning surati o‘tib qolganini ko‘rdi. Tajribani bir necha bor takrorlagan Bekkerel, bunday tuzlar qog‘ozdan, yupqa metalldan oson o‘tuvchi, havoni ionlashtiruvchi, luminessensiya hodisasini vujudga keltiruvchi noma’lum nur chiqaradi, degan xulosaga keldi.
Ushbu nurlar radioaktiv nurlar (lotincha radius – nur so‘zidan olingan),
radioaktiv nurlarni chiqarish esa radioaktivlik deb nomlandi.
Rezerford tajribalar yordamida radioaktiv nurlar bir jinsli emas, balki bir necha nurlardan iborat ekanligini aniqladi. Rasm tekisligiga perpendikular yo‘nalgan magnit maydondan o‘tkazilgan nur (7.11-rasm) uchta:
7.11-rasm.
α – zarralar
α, β, γ – nurlarga ajralib ketdi. Ularning birinchisi – geliy yadrosining oqimi, ikkinchisi – elektronlar oqimi, uchinchisi esa γ – kvantlar (fotonlar) oqimidir. Tabiiy radioaktivlik. Uran radioaktiv nur chiqaradigan yagona element emas. Radioaktivlikni har tomonlama chuqur o‘rgangan er-xotin Mariya va Pyer Kyurilar uran rudasidan ikkita radioaktiv element – poloniy (Po) va radiy (Ra)larni ajratib olish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Tabiiy radioaktiv elementlar yerning istalgan joyida mavjud. U havoda, suvda, tuproqda, jonli organizmning hujayralarida, oziq-ovqatlarda istalgancha topiladi. Tabiatda eng
ko‘p tarqalgan radioaktiv izotoplar 40K, 14C, uran va toriy izotoplari oilasidir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, radioaktivlik izotopning sof holda yoki biror birikma tarkibiga kirishiga, qanday agregat holatda bo‘lishiga mutlaqo bog‘liq emas. Shu bilan birga, na bosim, na temperatura, na elektr maydon va na magnit maydon tabiiy radioaktivlikka ta’sir ko‘rsata olmaydi. Demak, radioaktivlik yadro ichidagi jarayonlargagina bog‘liq, degan xulosaga kelishdan boshqa ilojimiz yo‘q.
|
| |