mashq
Tebranish konturi sig‘imi 8 pF bo‘lgan kondensator va induktivligi 0,5 mH bo‘lgan g‘altakdan iborat. G‘altakdagi tok kuchining maksimal qiymati 40 mA bo‘lsa, kondensatordagi maksimal kuchlanish nimaga teng? (Javobi: 317 V)
Induktivligi 31 mH bo‘lgan g‘altak, qoplamalarining yuzasi 20 cm2, orasidagi masofa 1 cm bo‘lgan kondensator bilan ulangan. Tok kuchining maksimal qiymati 0,2 mA, kuchlanishning maksimal qiymati esa 10 V. Kondensator qoplamalari orasidagi muhitning dielektrik singdiruvchanligi nimaga teng? (Javobi: 7)
Ideal tebranish konturining induktivligi 0,2 H bo‘lgan g‘altak sig‘imi 20 μF bo‘lgan kondensatordan iborat. Kondensatordagi kuchlanish 1 V bo‘lgan paytda konturdagi tok kuchi 0,01 A. Tok kuchining maksimal qiymatini aniqlang. (Javobi: 0,012A)
Tebranish konturi sig‘imi 2,5 μF bo‘lgan kondensator va induktivligi 1 H ga teng g‘altakdan iborat. Kondensator qoplamalaridagi zaryadning am- plitudasi 0,5 μC bo‘lsa, zaryad tebranishlari tenglamasini yozing. (Javobi: 0,5 · 10–6 cos630 · 106 t)
G‘altakning induktivligi 0,04 H bo‘lgan tebranish konturining erkin tebranishlar chastotasi 800 Hz. Konturdagi kondensator sig‘imi nimaga teng? (Javobi: 1μF)
Sig‘imi 0,5 μF teng zaryadlangan kondensator induktivligi 5 mH bo‘lgan g‘altak bilan ulangan. Qancha vaqtdan so‘ng kondensatorning elektr maydon energiyasi g‘altakning magnit maydon energiyasiga teng bo‘ladi? (Javobi: 39 · 10–5 s)
3
q = 0,03 cos (100 πt + 𝜋 ) tenglamaning grafigini chizing.
Aktiv qarshiligi 50 Ω bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjiridagi kuch- lanishning amplituda qiymati 100 V, tebranish chastotasi 100 Hz. Zanjirdagi tok tebranishlari tenglamasini yozing. (Javobi: 2 cos200πt)
Zanjirdagi tok kuchi 8,5 sin(628t + 0,325) qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Tok kuchining effektiv qiymatini, tebranishlar fazasi va chastotasini toping. (Javobi: 6,03 A; 0,325 rad; 100 Hz)
O‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan kondensatordagi tok kuchi 0,03 cos(314 t + 1,57) qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Kondensatordagi maksimal kuchlanish 60 V bo‘lsa, uning sig‘imini aniqlang. (Javobi: 5,3 μF)
O‘zgaruvchan tok zanjiriga ulangan g‘altak uchlariga qo‘yilgan kuchlanish amplitudasi 157 V, tok kuchining amplitudasi 5 A, tokning chastotasi 50 Hz bo‘lsa, uning induktivligi nimaga teng? (Javobi: 0,1 H)
Kuchlanishning effektiv qiymati 127 V bo‘lgan zanjirga induktivligi 0,16 H, aktiv qarshiligi 2 Ω va sig‘imi 64 μF bo‘lgan kondensator ketma- ket ulangan. Tokning chastotasi 200 Hz. Tok kuchining effektiv qiymatini toping.