1831-yilda M.Faradey tomonidan kashf etilgan elektromagnit induksiya hodisasini chuqur o‘rgangan Maksvell quyidagi xulosaga keladi: magnit maydonining har qanday o‘zgarishi uning atrofidagi fazoda uyurmaviy elektr maydonni hosil qiladi.
vujudga kelgan. Uchqun mavjud bo‘lish davrida vibratorda yuqori chastotali so‘nuvchi tebranishlar hosil bo‘ladi. Agar elektromagnit tebranishlar tarqalib, to‘lqin hosil qilsa, ikkinchi vibratorda EYuK hosil bo‘lishi va oqibatda sharchalar orasida uchqun paydo bo‘lishi kerak. Hertz shu hodisani kuzatib, elektromagnit to‘lqinlar mavjudligini tasdiqladi.
Oldingi bobda ko‘rilgan tebranish konturi yopiq bo‘lganligi sababli undan tebranishlar kam tarqaladi.
Asta-sekin kondensator qoplamalarini bir-biridan uzoqlashtira boraylik (4.2-rasm).
Bu holda maydon kuch chiziqlari qoplamalar orasidan chiqib, fazoga tarqala boshlaydi. Agar qoplamalardan
birini butunlay tepaga, ikkinchisini pastga qaratib qo‘yil- sa, elektromagnit tebranishlar fazoga to‘la tarqalib ketadi.
Bunday ko‘rinishdagi kontur
ochiq tebranish konturi
deyiladi.
Tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarini ko‘z oldi- mizga keltirish uchun 4.3-rasmga qaraylik. Qandaydir momentda fazoning A sohasida o‘zgaruvchi
elektr