|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 42/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar
Ochiq tebranish konturidagi kuchlanish i = 0,3sin5 · 105πt qonuni bo‘yicha o‘zgaradi. Havoda tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinning uzunligi λ ni aniqlang.
Formulas i:
ω
Yechilish i:
5 · 10 5 ·π · s –1
ω = 2πv v =
λ = u
2𝜋 v =
2𝜋 = 2,5 · 10 5 Hz.
v 3 ⋅108
λ = 2,5 ⋅105
m =1200 m.
Javobi: 1200 m.
Ochiq tebranish konturi deganda nimani tushunamiz?
Maksvell elektromagnit maydoni mavjudligi nazariyasini yaratishda nimalarga tayangan?
Hertz vibratorida ikkinchi sterjenga o‘rnatilgan sharchalar orasida manbaga ulanmagan bo‘lsa-da, nima sababdan uchqun chiqadi?
Hertz elektromagnit tebranishlardan foydalanish bo‘yicha qanday fikrlar aytgan?
mavzu. ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLARNING UMUMIY XOSSALARI (IKKI MUHIT CHEGARASIDA QAYTISHI VA SINISHI). TO‘LQINNI XARAKTERLOVCHI ASOSIY TUSHUNCHA VA KATTALIKLAR
Elektromagnit to‘lqinlarning xossalarini elektromagnit to‘lqin chiqaradigan maxsus generator yordamida o‘rganish mumkin. Generatorda hosil bo‘lgan yuqori chastotali elektromagnit to‘lqin generator rupori deb ataluvchi tarqatuvchi antennadan tarqatiladi (4.4-rasm).
4.4-rasm.
Qabul qiluvchi antennaning shakli ham xuddi tarqatuvchi antennaga o‘xshash bo‘ladi. Antennada qabul qilingan elektromagnit to‘lqin hosil qilgan EYuK kristall diod vositasida pulsatsiyalanuvchi tokka aylanadi. Tok kuchaytirilganidan so‘ng galvanometrga beriladi va qayd etiladi.
|
| |