bo‘lgan difraksion panjara. 2. Yorug‘lik manbayi. 3. O‘rtasida tirqishi bo‘lgan
qora ekran. 4. Millimetrli masshtabga ega bo‘lgan uzun va qisqa chizg‘ichlar.
-
Asboblar o‘rnatiladigan qurilma (4.18-rasm).
4 5
Ishning bajarilishi. Asboblar o‘rnatiladigan qurilma (6) ustiga millimetrli masshtabga ega bo‘lgan uzun chizg‘ich (3) o‘rnatiladi. Uning bitta uchiga o‘rtasida tirqishi (5) bo‘lgan qora ekran (4) joylashtiriladi. Qora ekranda mil- limetrli masshtabli qisqa chizg‘ich mahkamlangan. Qora ekran uzun chizg‘ich bo‘ylab siljiy oladigan holatda o‘rnatiladi. Uzun chizg‘ichning ikkinchi uchi- dagi tutqich (2) ga difraksion panjara (1) o‘rnatiladi. Yorug‘lik manbayi ishga tushiriladi. Panjara va tirqish orqali yorug‘lik
manbayiga qaralsa, tirqishning ikkala tomonida difraksion
spektrlarning birinchi, ikkinchi va h.k. tartib- lari ko‘rinadi. Tirqishli chizg‘ichni yoki difraksion panjarani uzun chizg‘ich bo‘ylab surib, birinchi tartibdagi qizil nur shkaladagi butun son ro‘parasiga keltiriladi. Tirqishdan tanlangan nurgacha bo‘lgan masofa
y ni aniqlab olina- di (4.19-rasm). So‘ngra difraksion panjaradan tirqishli chizg‘ichgacha bo‘lgan masofa
x ni o‘lchab olinadi. Bunda
y << x ekanligidan sinφ ≈ tgφ deb olinadi.
n n n ⋅
x
bunda: λ – yorug‘lik nuri to‘lqin
uzunligi,
d – panjara doimiysi.
Tajribani ikkinchi va uchinchi tartibdagi qizil nur uchun o‘tkaziladi. Shunga o‘xshash tajribalarni chap tomonda joylashgan spektrlar uchun baja- riladi.
O‘lchash va hisoblash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi.
Olingan natijalarning o‘rtacha qiymati, absolut va nisbiy xatoliklar
hisoblanadi.
Natijalarni o‘ng va chap tomonlar uchun solishtiriladi.
-
Tajribalarning aniqligi spektrning tartib raqami ortib borishi bilan qanday o‘zgaradi?
-
Difraksion panjara davrining ortib borishi o‘lchashlar aniqligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
-
Tajribani monoxromatik nur (lazer nuri) bilan o‘tkazilsa, qanday manzara ko‘rinadi?
-
Oq nur bilan tajriba o‘tkazilsa, difraksion manzara markazida nima sababdan oq polosa hosil bo‘ladi?