|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 53/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarPolosali spektr. Ayrim bir-biri bilan bog‘lanmagan yoki kuchsiz bog‘langan molekulalar chiqargan yorug‘lik polosa ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Polosalar bir-biridan qorong‘i yo‘lkalar bilan ajralgan bo‘ladi.
Chiziqli spektrlar. Bunday spektrda bittagina chiziq bo‘ladi. Bunday spektrni bir-biri bilan bog‘lanmagan atomlar chiqaradi. Bir-biridan ajralgan atomlar bitta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurni chiqaradi.
Yutilish spektrlari. Lampochkadan chiqayotgan yorug‘lik yo‘liga qizil shisha qo‘yilsa, undan faqat qizil yorug‘lik o‘tadi va qolgan nurlar yutilib qoladi. Agar oq nurni nurlanmayotgan gaz orqali o‘tkazilsa, manbaning uzluksiz spektri fonida qora chiziqlar paydo bo‘ladi. Bunga sabab, gaz ma’lum bir chastotali nurlarni yutib qolishidir. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, gaz qizigan paytida qanday chastotali nurlarni chiqarsa, shunday chastotali nurlarni yutar ekan.
Istalgan kimyoviy element o‘ziga xos spektrga ega bo‘ladi. Har bir odamning barmoq izlari faqat o‘ziga xos bo‘lganidek, bir element spektri boshqasinikiga o‘xshamaydi.
Mana shu xususiyatga ko‘ra, moddaning kimyoviy tarkibini aniqlashga spektral analiz deyiladi. Bu juda sezgir usul bo‘lib, tekshirish uchun zarur bo‘lgan modda massasi 10–10 g dan ortmaydi.
Bunday analiz ko‘proq sifat xarakteriga ega bo‘ladi, ya’ni moddada qaysi element borligini aniq aytib berish mumkin. Lekin, uning qancha miqdorda bo‘lishini aniqlash qiyin. Chunki, modda temperaturasi past bo‘lganda ko‘pgina spektral chiziqlar namoyon bo‘lmaydi.
Hozirgi davrda barcha atomlarning spektri aniqlangan bo‘lib, jadvali tuzib qo‘yilgan (4.23-rasm). Spektral analiz usuli bilan rubidiy, seziy va boshqa ko‘pgina elementlar ochilgan. Seziy so‘zi “samoviy-havorang” degan ma’noni bildiradi.
Stronsiy elementining spektri
Rux elementining spektri
Co H Ca H Fe Fe H Fe Mg Fe Na O2 H O2
nm
4.23-rasm.
Aynan spektral analiz yordamida Quyosh va yulduzlarning kimyoviy tarkibini aniqlash mumkin bo‘ldi. Boshqa usullar bilan ularni aniqlab bo‘lmaydi. Aytish joizki, geliy elementi dastlab Quyoshda, keyinchalik Yer atmosferasida topilgan. Elementning nomi geliy “quyoshli” degan ma’noni bildiradi. Spektral analizni faqat nur chiqarish spektri orqali emas, balki yutilish spektri yordamida o‘tkaziladi.
|
| |