|
Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar
|
bet | 47/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlarYung metodi (1801-yil). Uning metodi 4.14-rasmda keltirilgan. Qu- yosh nuri qorong‘i xonaga kichik S tirqishdan kiradi. Bu nur ikkita S1 va S2 tirqishdan o‘tib, ikkita nurga ajraladi. Ular ekranda uchrashganda markaziy qismda oq polosani, chetki qismlarida rangli polosalarni hosil qiladi. Yung o‘z tajribalarida yorug‘lik to‘lqin uzunligini aniq topadi. Spektrning chetki bi- nafsha qismi uchun to‘lqin uzunligi 0,42 μm, qizil yorug‘lik uchun 0,7 μm ni oladi.
m
4.14-rasm.
Yupqa plyonkalardagi ranglar. Asfaltga to‘kilgan yog‘ va sovun pufagidagi ranglarga qaytaylik. Oq yorug‘lik yupqa plyonkaga tushayotgan bo‘lsin (4.15-rasm). Tushayotgan to‘lqinning bir qismi (1 to‘lqin) plyonkaning ustki qismidan qaytadi. Bir qismi plyonka ichiga o‘tib, uning pastki sirtidan qaytadi (2 to‘lqin).
Har ikkala qaytgan to‘lqinlar (1' va
4.15-rasm.
2') yurgan yo‘llari bilan farqlanadi. Ular ko‘zda uchrashganida interferensiya manzarasi ko‘rinadi. Oq yorug‘lik to‘lqin uzunligi 380 dan 760 nm oraliqda bo‘lgan to‘lqinlardan iborat bo‘lganligidan qabul qiluvchining turli nuqtalarida
bir-birini kuchaytiradi va rangli tasvir ko‘rinadi.
Nyuton halqalari. Yupqa plastina ustiga qavariq sirtga ega bo‘lgan linza qo‘yilgan bo‘lsin (4.16-rasm). Bunda yassi parallel plastina va unga O nuqtada tegadigan linza sirti oralig‘ida havo qatlami bo‘ladi. Linzaning yassi yuzasiga tushgan yorug‘lik havo qatlamining ustki va ostki sirtidan qaytadi. Bu nurlar uchrashganda interferension manzara ko‘rinadi.
Agar qurilma monoxromatik yorug‘lik bi- lan yoritilsa, interferension manzara yorug‘ va qorong‘i halqalar shaklida bo‘ladi. Agar qurilma oq yorug‘lik bilan yoritilsa, linzaning tekislikka tegish nuqtasidan qaytgan yorug‘likda qorong‘i dog‘ ko‘rinadi. Uning atrofida rangli halqalar joylashadi. Tegishli raqamdagi halqaning diamet- rini o‘lchab, yorug‘likning to‘lqin uzunligini yoki linzaning egrilik radiusini aniqlash mumkin:
M
R
4.16-rasm.
m = 0, 1, 2, 3 ...
rqor =
– qorong‘i halqalar radiusi.
|
| |