|
bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar
|
bet | 81/113 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #119326 |
Bog'liq Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar
Vin siljish qonuni
|
Jism nurlanishning maksimumiga to‘g‘ri keluvchi to‘lqin
uzunligi, λm absolut temperaturaga teskari proporsionaldir:
λ = b , b = 2,898 · 10–3 m · K – Vin doimiysi.
m T
|
Kvant
|
Bu jismning yutish yoki nurlanish energiyasining minimal qismi.
|
Kvant energiyasi
|
Kvant energiyasi yorug‘lik chastotasiga to‘g‘ri proporsional:
E = hv, h = 6,626 · 10–34 J · s.
|
Tashqi fotoeffekt
|
Bu moddadan yorug‘lik ta’sirida elektronlarning chiqishi.
|
Yopuvchi kuchlanish
|
Bu fotonlar boshlang‘ich tezliklari bilan anodga yetib bora olmaydigan tormozlovchi manfiy kuchlanish.
|
Fotoeffekt qonunlari
|
Fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi yorug‘- lik oqimi (intensivligi)ga bog‘liq emas va tushuvchi nurning chastotasi v ga chiziqli bog‘liq.
Har bir modda uchun fotoeffekt ro‘y beradigan minimal chastota vmin mavjud va bu fotoeffektning qizil chegarasi deyiladi.
Katoddan vaqt birligida chiqayotgan fotoelektronlar soni katodga tushayotgan yorug‘lik oqimi (intensivligi)ga to‘g‘ri proporsional, chastotasiga bog‘liq emas.
|
Elektronlarning maksimal kinetik
energiyasi
|
E = mυ2 eU
k max 2 = yop .
|
Fotoeffekt uchun
Eynshteyn formulasi
|
hv A mυ2
= + 2 .
|
Fotoeffektning
qizil chegarasi
|
Fotoeffektning qizil chegarasi hv =A yoki hc = A . Bu
min λ0
yerda: vmin yoki λ0 – fotoeffektning qizil chegarasiga to‘g‘ri kelgan chastota va to‘lqin uzunligi.
|
Ichki fotoeffekt
|
Yorug‘lik ta’sirida yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad
tashuvchilarning konsentratsiyasi ortishi.
|
Foton
|
Yorug‘lik kvanti yoki zarrasi. Uning tinch holatdagi
massasi m0 = 0.
|
Fotonning energiyasi
|
Fotonning energiyasi E = hv, harakat tezligi c, impulsi
p = hv , massasi m = hv .
c c2
|
Yorug‘lik bosimi
|
p = I , bu yerda: I – yorug‘lik intensivligi.
c
|
Fotoqarshilik-
fotorezistor
|
Yorug‘lik ta’sirida qarshiligi kamayuvchi rezistor.
|
Quyosh batareyalari
|
Ichki fotoeffektga asoslangan p-n o‘tishli yarimo‘tkazgichli
fotoelementlar bo‘lib, yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi.
|
Barcha moddalar ko‘p sonli bo‘linmas zarralardan (atomlardan) tashkil topgan, degan fikr juda qadim zamonlarda yunon olimlari Demokrit, Epikur va Lukretsiylar tomonidan bildirilgan (atom so‘zi yunoncha «atomos» – bo‘linmas degan ma’noni anglatadi). Lekin bu fikrga turli sabablarga ko‘ra uzoq vaqtlargacha jiddiy e’tibor berilmagan. Ammo o‘n sakkizinchi asrda
A. Lavuazye (fransuz) (1743–1794), J. Dalton (ingliz) (1766–1844), A. Avogadro (italyan) (1776–1856), M. Lomonosov (rus) (1711–1765), Y. Berselius (shved) (1779–1848) kabi olimlarning sa’y-harakatlari natijasida atomlarning mavjudligiga shubha qolmadi. D. I. Mendeleyev 1869-yilda elementlar davriy sistemasini yaratib, barcha moddalarning atomlari bir-birlariga o‘xshash tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga, yigirmanchi asrning boshlariga kelib, bo‘linmas hisoblanuvchi atomning ichiga nigoh tashlash, ya’ni uning tuzilishini o‘rganish muammosi vujudga keldi. Ingliz fizigi J. J. Tomson 1903-yilda atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Boshqa ingliz fizigi D. Rezerford o‘z tajribalariga asosan Tomson modelini inkor etib, atomning planetar modelini taklif qildi. Ushbu modelga muvofiq, atom yadrodan (o‘zakdan) va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil topgan. Keyinchalik esa atom yadrosi – musbat zaryadlangan proton va elektr jihatdan neytral neytronlar majmuasidan iboratligi aniqlandi.
|
| |