• O‘quvchilarga savollar 1. Kompozitsiya so‘zining ma’nosi nima
  • 4. Kompozitsiyani qaysi san’at turlarida ko‘ramiz
  • Kompozitsiya so‘zi lotincha




    Download 0,61 Mb.
    bet3/4
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #248769
    1   2   3   4
    Bog'liq
    OMONOV ANVAR MAHORAT DARSI

    Kompozitsiya so‘zi lotincha “compozito” so‘zidan olingan bo‘lib tuzish, birlashtirish, bog‘lash, turli xil ramziy qism ifodalarini bir butun yaxlitlikka birlashtirish va biron-bir g‘oyani madh etish ma’nosini bildiradi.
    Badiiy ijod tajribasi shakllanish mobaynida, kompozitsiyaning asosiy izchil, mukammal qonun qoidalari va vositalari hamda ishlab chiqarish sharoit yaratib berish. Shu jumladan, olimlar tomonidan his qilishda zarur bo‘ladigan go‘zallikning prinsiplari ishlab chiqilgan. Ular odatda, san’at nazariyasida, badiiy va kompozitsion ifoda vositalari, xususan nur va soya, kontrast, simmetriya, nisbat, plastiklik, ritm, tonallik, dinamika, hajmlilik, arxitektonika, uyg‘unliklar deb yuritiladi. Kompozitsiyaning asosiy mazmun xususiyatlaridan biri mantiqlik, shakl va qismlarning o‘zaro mutanosibligidadir. Rassom o‘z asarining qay bir badiiy, ifodaviy, kompozitsion vosita asosida yaratilayotganligiga alohida e’tibor bermog‘i zarur.
    Kompozitsiya tasviriy san’atning asosiy shartlaridan bo‘lib yaratilayotgan asarning asosiy fikr va g‘oyasi, maqsadi hamda mazmunini tushunarli, yorqin ifodalash bilan uzviy bog‘liqligi e’tirof etiladi. Shuningdek turli shakllar, siymolar ko‘rinishlardan badiiy asar obrazlarini ishlash ijodkor oldiga asosiy vazifa qilib qo‘yiladi. Ishlanga asar biznimg yodimizda, tushunchamizda uzoq saqlanib qolish sabablaridan biri, kompozitsiya yechimida tanlangan mavzuning aniq, to‘liq, mazmunan mukammal, tushunarli ifoda etilganligidadir.
    O‘quvchilarga savollar
    1. Kompozitsiya so‘zining ma’nosi nima?
    Javob: Kompozitsiya so‘zi lotincha “compozito” so‘zidan olingan bo‘lib tuzish, birlashtirish, bog‘lash va biror bir g‘oyani madh etish ma’nosini bildiradi.
    2. Kompozitsiya qanday paydo bo‘ladi?
    Javob: Kuzatish va fikrlash orqali paydo bo‘ladi.
    3. Kompozitsiya qaysi sohalarni o‘z ichiga oladi?
    Javob: Dizayn, musiqa, adabiyot, arxitektura va hokazolar
    4. Kompozitsiyani qaysi san’at turlarida ko‘ramiz?
    Javob: Teatr, kino, musiqa, tasviriy san’at va hokazolar

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,61 Mb.