Mis buyumlarni yasashning texnik usuli
Mis buyumlari uch xil mutaxassisning qo`lidan o`tgan. Sariq, qizil mis idishlarning ichki va tashqi sirlarini qalaylash ishlarini misgar, ayrim detallarini masalan, dastasi, qopqog`i, qubbasining uchi, tumshug`i va boshqa qismlarini rixtagar, chiroyli nafis naqshlar bilan bezash ishlarini kandakor bajargan. Hayotda ishlanadigan buyumlar “ikki yo`l bilan”, ya`ni qolipi va kandakori hamda simkori kabi murakkab usulda naqshlanadi.
Qolipi - idishlarga qolip asosida naqsh yaratiladi. Po`latdan yoki brijidan yasalgan qolip (o`yib yoki quyib ishlanadi) ustiga mis parchasini yoki yupqa qo`rg`oshin plastinkasini qo`yib asta bolg`a bilan uriladi. Natijada mis parchalaridan naqshlar paydo bo`ladi. Naqshinkor mis parchalari mis buyumlarini xoxlagan joyiga yopishtiriladi.
Simkori - metall ustiga mis, kumush, tilla, simlarini chandiqlab nozik naqshlar yaratish uslubi. Bu uslub temuriylar davrida juda keng qo`llanilgan.
|