Beshik tayyorlash texnologiyasi




Download 2.46 Mb.
bet21/33
Sana01.07.2021
Hajmi2.46 Mb.
#15324
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Beshik tayyorlash texnologiyasi

Beshikchilik san’ati deganda, biz beshik yasash kasbini tushunamiz. Beshikchilik qadimdan buyon qo’llanilayotgan bo’lib, beshik ─ chaqaloqni belab va tebratib uxlatish uchun moʻljallangan yoʻrgʻa oyoqli maxsus moslama. Asosan tut, tol va boshqa yogʻochdan yasaladi. Uzunligi 1 ─ 1,05 m, balandligi 50 sm dan 60 sm gacha. Beshikning tuzilishi: toʻrttadan sakkizta ustbozi (pombozi) va takbozi (girdbozi) bilan oʻralgan; bola yotishi uchun takbozilar ustiga yupqa taxtachalar oʻrnatiladi (unda tuvak uchun maxsus joy ajratiladi). Beshikning ikki tomonidagi yarim doira shaklidagi yoʻrgʻa (oyoq)lariga uzunligi 1,2 m, eni 8 ─ 10 sm boʻlgan egmoch (qosqon) oʻrnatiladi, egmochga dasta biriktiriladi. Dastaning ikkala tomoniga qubbalar yasaladi. Bolaning bosh va oyoqlarini muhofaza qilish uchun egmochlarning ichiga boshlogʻi va bagʻalak choʻplar oʻrnatiladi. Beshik naqshlar bilan bezatiladi yoki rang-barang boʻyoqlar bilan boʻyaladi, soʻng baʼzan lok surtiladi.







Download 2.46 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Download 2.46 Mb.