Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 2.46 Mb.
bet22/33
Sana01.07.2021
Hajmi2.46 Mb.
#15324
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
1.3 – rasm. Beshik

Kerakli asbob va materiallar: Arra, bolg’a, randa, go’niya, qalam, chizg’ich, jilvir qog’oz, duradgorlik yoki kazein yelim, cho’tka, har xil bo’yoqlar va xom ashyolar: taxta, faner, mixlar.

Ishni bajarish jarayoni:

1. Xom ashyoni tanlash.

2. Xom ashyoni randalash, ko’rsatilgan o’lcham bo’yicha arralash.

3. STD - 120 markali stanokda xom ashyoni silindrsimon shaklga keltirish.

4. Fanerni o’lcham bo’yicha arralash.

5. Tayyorlangan detallarni bir - biriga biriktirib qurish.

6. Buyumlarni pardozlash: rang berish va laklash.

Texnologik xarita asosida beshik yasashda Mehnat xavfsizligiga rioya qilish

1. Soz asboblar bilan ishlash.

2. Dastgoh va moslamalarning holatini tekshirish.

3. Xom ashyoni dastgohga mahkam o’rnatish.

4. Dastgoh ishlab turgan paytda qo’l bilan ishlash mumkin emas.

5. Kesuvchi asboblarda ikkala qo’l bilan ishlash.

6. Ishlayotgan dastgohni nazoratsiz qoldirmang.

7. Ish yakunida asboblarni joy - joyiga qo’yish.

8. Dastgohning ustidagi qirindilarni cho’tka bilan tozalash va hokazo.



Beshik mahsulotini tayyorlash yuqoridagi texnologik jarayon orqali amalga oshiriladi. Beshikning shunday qismlari borki, qo’l asboblari yordamida qo’lda ham bajarish mumkin. Mana masalan, beshikning ostki, katta va kichik boshloq qismlari, takbozi qismini qo’lda rejalab, tayyorlash ham mumkin va uni texnologik xaritada quyidagicha ifodalash mumkin. Chunki har qanday qo’lda yoki ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotning dastlab, texnologik xaritasi tayyorlanishi lozm [9],[23].
Xalq hunarmandchiligi beshik yasash texnologiyasi. ( 1.3 – jadval )



T/r


Ishning mazmuni

Eskiz

Ishning mazmuni

Eskiz

Mehnat qurollari

Asboblar

Nomi

1

a) Beshikning takbozi qismi uchun mos yog’och tanlash.




b) Tanlangan xom ashyoni rejalash, arralash, 2 dona.






Qalam, chizg’ich, arra, go’niya





Texnologik jarayonda ko’rinib turganidek, beshikning takbozi qismini rejalashda qalam, chizg’ich va arradan foydalanib ham tayyorlash mumkin. Biroq, beshikning ayrim qismlari borki, ularni ishlab chiqarish korxonalaridagi zarur dastgoh va moslamarsiz tayyorlashning iloji yoq. Jumladan, beshikning gardish, ustbozi, bag’alak va qubba qismlarini tayyorlashda STD –

1

a) Gardish uchun mos yog’och tanlash va rejalash.



b) Beshikning gardish qismini STD – 120 stanogida yo’nish.





Qalam, chizg’ich




  1. stanogidan foydalaniladi. Xalq hunarmandchiligi beshikning gardish qismi. (1.4 - jadval )

1

a)Buyumning bag’alak qismi uchun mos yog’och tanlash




b) Xom ashyoni rejalash, STD – 120 stanogida yo’nish





Qalam, chizg’ich,arra, go’niya



Xalq hunarmandchiligi. Beshikning bag’alak qismi tayyorlanishi. ( 1.5 - jadval ).

Buyumning muayyan qismlarini tayyorlash ana shu tariqa ishlab chiqarish korxonalari bilan o’zaro bog’liqlikda, uzviylikda olib borilganida, ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulotning sifati va samaradorligi talab darajasidabo’lgan, o’quvchi-yoshlar ham zamonaviy ruhda yangicha buyumlar tayyorlash bo’yicha zarur bilim, ko’nikmalarga egan bo’lgan bo’lar edilar [9].

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bo’limini ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlashda shu bilan birga mazkur bo’limdagi yuqorida aytib o’tilgan metall materiallardan tayyorlanadigan uy-ro’zg’or va turmushda qo’llaniladigan buyumlar bilan bir qatorda yog’och va metallga ishlov berishni uyg’unlashtiruvchi xalq hunarmandchiligi turlari bo’yicha ish olib boradigan usta-hunarmandlarning va zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bevosita ish jarayonlarini kuzatish orqali o’quvchilarda zamon andazalariga mos ko’rinishdagi buyumlar tasviri shakllanib borgan bo’lar edi. Kelajakda jahon andazalari va milliy andazalarning o’zaro uyg’unlikdagi zamonaviy ko’rinishlari ham mana shuning asosidagi ishlar natijasida kelib chiqadi.

Umuman olganda bozor munosabatlari zamonaviy ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:



  • mehnat ta’limida bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash, kerakli uy-ro’zg’or buyumlarini tayyorlash va yetkazib berish orqali insonlarning turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi;

  • mehnat ta’limi mashg’ulotlarida buyum tayyorlash, ya’ni tovar ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiymatni shakllantiradi. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, stol, stul, chekich, o’qlov ) bo’ladi, bozorda sotilgach, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni qiymat pul shakliga o’tadi;

  • mehnat ta’limi mashg’ulotlarida tayyorlangan buyumlarni bozorda sotish orqali iqtisodiy hamkorlik ta’minlanadi va bozor talablariga  asosan buyumlar ishlab chiqariladi. Bu nafaqat iqtisodiy hamkorlikni, balki o’quvchi yoshlarda metall va yog’och materiallardan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi buyumlariga nisbatan hurmat hissini yanada shakllantirishga xizmat qiladi. Bu kabi buyumlarning zamon talabiga, inson ehtiyojiga munosib holda tayyorlanishi yangicha ko’rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishiga ham turtki bo’ladi. Bozor hamma vaqt iqtisodiy hamkorlikning kengayib borishini talab qiladi.

  • ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishini ta’minlash, tayyorlanayotgan buyumning zamonaviyligi, tannarxining arzonligi, bozor talablariga to’la javob berishi va har tomonlama raqobatlasha olishi bilan belgilanadi.

Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligining munosib o’z o’rni bor. Bozor iqtisodiyoti sharoitida nima ishlab chiqarish kerak, kim uchun ishlab chiqarish kerak degan savollarga bozor javob beradi. Shu uchun ham bu tizim bozor iqtisodiyoti deyiladi.  Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlaridan biri xususiy mulkchilik va unga asoslangan erkin iqtisodiy faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil mulk shakllari, xususiy jamoa davlat mulklari mavjud bo’lib, ular teng huquqli hisoblanadi.

Zamonaviy ishlab chiqarish bilan oldingi zamon ishlab chiqarishni taqqoslasak anchagina o’zgarishlar namoyon.  Hozirgi zamon talabiga binoan barcha ishlar takomillashib ketgan ularni misol tariqasida olsak masalan oldingi zamonlarda tez yurar mashinalar bo’lmagan. Poytun aravalardan foydalanilgan. Hozirgi vaqtda uning o’rnini har xil avtomashinalar  bunyod etilmoqda. Shu o’rinda oldingi zamonda yerni omoch bilan haydashgan bo’lsalar hozirgi kunda yerni traktorlar orqali haydashadi [10], [9].




Download 2.46 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Download 2.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 2.46 Mb.