Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi




Download 2.46 Mb.
bet31/33
Sana01.07.2021
Hajmi2.46 Mb.
#15324
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Yangi mavzu bayoni

Reja:

  1. Rangli metallarning ishlatilishi.

  2. Rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari.

Mashinasozlikda ko’pgina detallar, jumladan, podshipniklar, tishli g’ildiraklar, nasos korpuslari, armaturalar va boshqalar ish sharoitidagi o’ziga xos talablarga, chunonchi, aktiv muhitlarda kam eyilishi, puxtaligi, engilligi va boshqalarga ko’ra, turli rangdor metallarning qotishmalaridan, ayniqsa, mis, alyuminiy va magniy qotishmalaridan tayyorlanadi. Mis qotishmalarining hammasi ikkita katta gruppaga: bronzalar gruppasi bilan latunlar gruppasiga bo’linadi.

Latunlar. Mashinasozlik sanoatida foydalaniladigan latunlarni ham ikki gruppaga: oddiy latunlar gruppasi bilan mahsus latunlar gruppasiga bo’lish mumkin. Oddiy latunlar mis bilan rux qotishmasi bo’lib, ular quymalar olishda kam ishlatiladi, chunki ularning mexanik xossalari ancha past bo’ladi. Quymakorlikda quymalar olishda, asosan, maxsus latunlardan foydalaniladi. Mahsus latunlar olishda oddiy latunlarga qalay, alyuminiy, nikel, marganes, temir, qo’rg’oshin kabi boshqa elementlar ma’lum miqdorda qo’shiladi.

Latunlarga qo’shiluvchi elementlarning turi va miqdori qotishmadan kutilgan xossalarga ko’ra belgilanadi. Shuni aytish kerakki, mahsus latunlarning xossalari – puxtaligi, qattiqligi kesib ishlanuvchanligi va quyilish xossalari oddiy latunnikidan birmuncha yuqoridir. jadvalda quymalar olishda ishlatiladigan mahsus latunlarning markalari, mexanik xossalari va ba’zi ishlatilish soxalari keltirilgan.

Rangli metallarni qotishmalaridan mashinasozlik, samalyotsozlik, radiotexnika va elektrotexnika sanoatida hamda boshqa sohalarda keng ko`lamda foydalaniladi, ishlatish joyiga qarab har xil rangli metall qotishmalarini olish mumkin.

Rangli metallarga mis, alyuminiy, rux, qalay, oltin, ni­kel va boshqalar kiradi. List metallar 0,5 dan 2 mm gacha qalinlikdagi yupqa me­tallardan iboratdir. Metall listlari oq va qora bo’lib, buning sababi ularning sirtida yupqa qalay qoplami bo’lishi va bo’lmasligidir. Qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi, yupqa oq metallar esa ko’proq uy-ro’zg’or buyumlari uchun ishlatiladi.

Rangli metallurgiya ─ og’ir sanoat sohalaridan biri. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaxo metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Rangli metallurgiya sanoatida prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, kimyoviy moddalar, elektrod buyumlar va hokazo tayyorlanadi. Rangli metallurgiya sanoati mahsulotlarn xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llaniladi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo`rg’oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob kabi) konlari topildi; jumladan Qoramozor mis qo`rg’oshin-rux koni (1926 yil), Obirahmat, Burchmulla, Oq tuz boyitish korxonalari (1942 yil), To’ytepa kon boyitish fabrikasi (1949 yil), Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar R. m. konlari (1941 - 45 yillar). Ingichka, Qo’ytosh, Ugom, Qalmoqqir, Navoiy, Angren (ko’mir) konlarida volfram, molibden va qalay aralash holda uchraydi.

Yurtimiz xalq hunarmandchiligining barcha turlari bo’yicha dunyo miqyosida o’ziga xos o’rin egallagan. Bu o’rinda rangli metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari ko’plab tarqalganligi ko’zga yaqqol tashlanadi.

Xalq hunarmandchiligi asosida metallarga ishlov berishning usullari:



  1. mexanik usul – o’ymakorlik, zarb qilish.

  2. himoyalovchi bezak qatlami bilan qoplash usuli – sirlash, kumush bilan hallash.

O’ymakorlik orqali ishlov berishda muayyan shakllar va naqshlar zagatovkaga o’yib tushiriladi. Zarb qilish – buyumga sovuqlayin ishlov berish, ya’ni shtamp yoki o’yma tasvirga bolg’a bilan zarb berish yo’li bilan bo’rtma tasvir hosil qilish jarayoni. Zarb qilinadigan material sifatida odatda, kumush, oltin, mis, aluminiy kabi metallardan foydalaniladi.

Sirlash juda qadimdan qo’llanilib kelingan bezash elementi bo’lib, u metal yuzasiga tez eruvchan, murakkab tarkibli shishani qoplash yo’li bilan amalga oshiriladi. Sirlashda qo’llaniladigan emallar issiq va sovuq, shaffof va rangli bo’lishi mumkin.

Bu kabi ishlov berish jarayonlarida, ya’ni rangli metallarga ishlov berishda turli asboblardan foydalaniladi [4], [8].

Rangli metallarga ishlov berish bilan shug’ullanuvchi hunarlarning turlari juda ham ko’p bo’lib, bularga: degrezchilik, taqachilik, pichoqchilik, chilangarlik, mixgarlik, misgarlik, kandakorlik va boshqalar.



Degrezlik – omoch tishi, ketmon, belkurak, obdasta yasash, shuningdek, qozon quyish ishi kabilar bilan shug’ullanish jarayoni. Bu ishlar degrez (bosh usta,xomashyoni tayyorlovchi va tayyor mahsulotni sotuvchi), xalpa (yordamchi usta), damgar (cho’yanni eritish vaqtida damni bosib, unga shamol haydab beruvchi ishchi) va quyuvchi (erigan cho’yanlarni maxsus qoliplarga etma-ketlikda quyuvchi usta) tomonidan bajarilgan.





Download 2.46 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 2.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi

Download 2.46 Mb.