|
Radiatsion usullarning kamchiliklariga quyidagilarni koʻrsatish mumkin
|
bet | 3/5 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #112185 |
Bog'liq I-bob. Mahsulot sifatini nazorat qilish usullari…Radiatsion usullarning kamchiliklariga quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
- tadqiqotning aniqligi elementlarning, ya‘ni nurlanish manbayi, detector (qabul qilgich), shuningdek nurlanish trubasining fokusini toʻgʻri tanlashga bog‘liqligi. Faqat mukammal geometrik parametrlar mavjud bo'lganda, tadqiqot aniq natijalarni beradi;
- sezgirlikning chaklanganligi. Hatto eng aniq nuqson defektoskoplarining ham imkoniyatlari cheklangandir va ular qurilmaning sezgirlik chegarasidan tashqari sohalardagi nuqsonlarni qayd eta olmaydilar;
- aniqlik yoritilganlikning yoʻnalishiga bogʻliq. Misol uchun, agar yoriqni namoyon boʻlish tekisligi yoritilish yoʻnalishiga to‘g‘ri kelmasa, bunday nuqsonni sezish muammoli bo‘lishi mumkin;
- koʻp sonli qismlar bir-birining ustiga qoʻyilganda, nuqsonlar koʻrinmay qolishii va oʻrganilayotgan obyekt ostida joylashgan qismlarning konturlaridan farq qilmasligi mumkin.
Defektoskopik axborotni olish uchun shu parametrlar o‘zgarishi optik nur va nazorat obyekti o‘zaro ta‘siri orqali ishlatilinadi. Bunda interfrensiya, difraksiya, qutblanish, sinish, qaytish, yutilish, tarqalish, yorug‘lik dispersiyasi va yorug‘lik ta‘sirida nazorat obyekti o‘z xarakteristikalarini o‘zgarish jarayonlari ishlatilinadi. Natijada fotoo‘tkazuvchanlik yuminisensiya va boshqa effekt sodir bo‘ladi.
Radiatsion nazoratning radiografik usuli deb, nurlanayotgan obyektni radiografik rasmini radiografik plenkaga proyeksiya qilish yoki fotografik rasmga oʻzgartirishga aytiladi.
Radiografik nazorat usuli - bu payvandlangan birikmalardagi yashirin nuqsonlarni ularga zarar bermasdan aniqlash imkonini beruvchi nazorat usulidir.
Usul rentgen nurlarining metalldan oʻtish qobiliyatiga asoslangan. Buyumlarning orqa qismidan chiqadigan nurlanishni oʻlchash mumkin va olingan natijalar asosida buyumning tuzilishi, tarkibi va qalinligi haqidagi ma‘lumotlarga ega bolamiz.
Radiografik nazorat usuli turli quvurlar, kema korpuslari, tayanchlarsiz qurilgan bino karkaslari, samolyotlar va raketalarning elementlari, qurol tizimlarini nazorat qilishda qoʻllaniladi.
Radiografik nazorat GOST 7512-82 boʻyicha tartibga solinadi. Usul mahsulotlarning cheklangan partiyasini nazorat qilish uchun ishlatiladi.
Radiografik usul, ultratovushli nazorat usulidan farqli oʻlaroq, qalinligi 40 mm dan kam boʻlgan obyektlar nazoratida samarali qoʻllaniladi.
|
| |