• Qo‘shilgan qiymat
  • YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash.
  • Ishlab chiqarish usulida hisoblangan




    Download 88,29 Kb.
    bet2/9
    Sana13.05.2024
    Hajmi88,29 Kb.
    #228055
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    «makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org

    Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bo‘lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya’ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
    Ishlab chiqarish hajmini to‘g‘ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Ko‘pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini o‘taydi. Shu sababli YaIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan ko‘p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard
    mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste’mol, jamg‘arish yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‘shilmaydi.
    Qo‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar o‘rtasidagi farq ko‘rinishida aniqlanadi.
    Qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi ko‘rinishida hisoblangan YaIM tarkibiga sof bilvosita soliqlar, ya’ni davlat budjetiga tushgan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i va bojxona boji to‘lovlari bilvosita soliqlar bilan davlat budjetidan ishlab chiqaruvchilarga berilgan subsidiyalar o‘rtasidagi farq ham qo‘shiladi.
    YaIMni xarajatlar bo‘yicha hisoblash. Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o‘zaro qo‘shib chiqiladi.
    YaIMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
    YaIM = C + I + G + Xn

    Download 88,29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 88,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish usulida hisoblangan

    Download 88,29 Kb.