-rasm. Ta’lim jarayonida hayotiy faoliyatga jarayoni kabi axborotlar bilan ishlash




Download 285,25 Kb.
bet10/16
Sana11.01.2024
Hajmi285,25 Kb.
#134570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
dissertatsiya

2.1-rasm. Ta’lim jarayonida hayotiy faoliyatga jarayoni kabi axborotlar bilan ishlash
Axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishda ta’limni hayotiy faoliyatlar bilan uyg‘unlikda olib borishda: o‘quv axboroti→ muhim axborotlar→ muhim savollar (o‘quvchilarni qiziqishini faollashtirish va kuchaytirish)→mezonlar→ tahlil qilish→ sintez qilish→ baho berish → eslab qolish→axborotning ahamiyatini tushunish→ tushuncha (kerakli axborotlar zahiralarini to‘plash)→ qo‘llash (faollashish, jalb qilish) ketma-ketligida o‘quv faoliyati amalga oshiriladi.
Axborotlar bilan ishlashda o‘quvchilar mustaqil hayotiy faoliyatlari kabi dastlab axborotlarni tahlil qilish, ularni sintez qilish, axborotlarga baho berish asosida zarur axborotlarni eslab qolish, axborotlarni ahamiyatini tushunish va axborotlarini qo‘llash orqali axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish va yakuniy xulosani sintezlash mumkin. Faqat shundagina bilim asosli bo‘ladi. Bu yondashuv asosida o‘quvchilar xuddi fayotiy faoliyatlar kabi. gipotezalar yaratishadi, tajribalar o‘tkazishadi, ulardan xulosa chiqarishadi va kerak bo‘lsa xulosalarni qayta ko‘rib chiqishadi.
Ta’lim jarayonida hayotiy faoliyatlar jarayoni kabi axborotlar bilan ishlashga o‘rgatishda muhim jihat bu o‘quvchilarning fundamental axborotlar zaxirasini yaratish. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishiga yordam beruvchi muhim jihatlardan biri o‘quvchining fundamental bilimlar bilan qurollanganligidir. Ularning fundamental axborotlar zaxirasini yaratish ta’lim jarayonini doimiy yangi axborotlar bilan ta’minlash va o‘quvchilar tomonidan mustaqil axborot zaxiralarini yaratish asosida amalga oshiriladi.
1) Doimiy yangi axborotlar bilan ta’minlash. Agar o‘quv jarayoni tadqiqot shaklida bo‘lsa o‘qituvchilar o‘quvchilar izlayotgan tushunchaga yo‘l ko‘rsatish uchun qo‘shimcha axborotlar bilan ta’minlanishlari lozim. Faollashtiruvchi axborotlar muammo yechimining yangi yo‘llarini ochib beradi va yangi g‘oyalar yaratilishiga zamin bo‘ladi.
2). O‘quvchilar tomonidan mustaqil axborot zaxiralarini yaratish. O‘quvchilar mustaqil qatnashadigan darslar o‘zlashtirilgan axborotlarni tahlil qilish, ularni sintez qilish, axborotlarga baho berish, eslab qolish, tushunish va qo‘llashga yordam berib, axborotlar ma’nosini tadqiqot o‘tkazish, kashf qilish asosida anglash axborotlarni interpretatsiya qilishga o‘rgatadi.
Tadqiqot davomida ilmiy manbalarning tahlili, axborotlardan samarali foydalanishning asosini axborotlarning mazmun – mohiyati va funksiyasini tushunish tashkil etishi aniqlandi. Demak, o‘quvchilarning axborotlar mazmuni va funksiyasini ongli ravishda o‘zlashtirib borishi, axborotlarni hayotiy faoliyat davomida o‘rinli qo‘llay olishlariga imkoniyat yaratadi. Ushbu omillarni hisobga olib, o‘quv faoliyatlari davomida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash bosqichlari aniqlandi (2.2-rasm).


Download 285,25 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 285,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ta’lim jarayonida hayotiy faoliyatga jarayoni kabi axborotlar bilan ishlash

Download 285,25 Kb.