• Hamkorlik qilish
  • Tayanch kompetensiyalarning Rossiya varianti
  • Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja




    Download 285,25 Kb.
    bet6/16
    Sana11.01.2024
    Hajmi285,25 Kb.
    #134570
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    dissertatsiya

    O’ylash:
    – o’tgan va hozirgi voqealar orasidagi o’zaro bog’liqlikni topmoq;
    – jamiyat rivojlanishining u yoki bu aspektiga tanqidiy yondoshmoq;
    – murakkablik va o’ziga bo’lgan ishonch yo’qolishiga qarshi turmoq;
    – bahslashuvlarda o’z pozitsiyasini egallash va shaxsiy nuqtayi nazariga
    ega bo’lmoq;
    – salomatlik, iste’mol qilish, hamda tasviriy san’at va adabiy asarlarini
    baholay bilish.
    Hamkorlik qilish:
    – guruhda ishlash va hamkorlik qila olish;
    – qarorlar qabul qilish anglashilmovchilik va janjallarni bartaraf etish;
    – kelisha olish;
    – shartnomalarni ishlab chiqish va bajarish.
    Ishga kirishish:
    – loyihada qatnashish;
    – javobgarlikni olish;
    – guruhga yoki jamoaga kirish hamda o’z hissasini qo’shish;
    – hamkor ekanligini isbotlash;
    – o’z ishini tashkil qila bilish;
    – hisoblash va modellashtirish asboblaridan foydalana bilish, ko’nikish;
    – yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
    – tez o’zgarishlar oldida moslashuvchanligini isbotlash;
    – yangi yechimlarni to’la bilish.
    Tayanch kompetensiyalarning Rossiya varianti:
    – Qadr-qimmat, e’tiqod kompetensiyasi.
    – Umummadaniy kompetensiyalar.
    – O’quv-o’rganish kompetensiyasi
    – Axborot kompetensiyasi.
    – Kommunikativ kompetensiya.
    – Ijtimoiy-mehnat kompetensiyasi
    – Shaxsni takomillashtirish kompetensiyasi.
    Kompetentlik, kompetensiyalarni qo’llay olishda ega bo’lishi kerak
    bo’lgan minimal tajribasi bo’lishni taqozo etadi. Bu haqda o’quvchining
    tayyorgarligiga qo’yiladigan talablarni shakllantirishda hamda o’quv jarayoni va
    darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak.
    O’qitishda ularning roli va o’rnini analiz qilish asosida ajratib olingan
    kompetensiyalarning asosiy funksiyalarini sanab o’tamiz:
    – kundalik hayotda yashash uchun tayyor bo’ladigan yosh fuqarolarga
    qo’yiladigan ijtimoiy talabning aks etishi;
    – bilim, ko’nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks
    holda maqsadli qo’llashi uchun atrof muhitdan real obyektlarni ko’rsatishi;
    – turli o’quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi
    bo’lishi;
    – konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda
    foydalanish bilan bog’lashi.
    Kompetensiyalar qanday ketma-ketlikda bo’lishi kerak?
    Ma’lumki, ba’zi kompetensiyalar, boshqalariga nisbatan umumiy yoki
    ahamiyatliroq bo’ladi. Shunga ko’ra ularni uchta darajaga bo’lish mumkin:
    1) tayanch kompetensiyalar – ta’lim mazmunining umumiy
    (metapredmet) qismiga tegishli;
    2) umumpredmet kompetensiyalari – ma’lum doiraga kiruvchi o’quv
    predmetlari va ta’lim sohalariga tegishli;
    3) predmetga oid kompetensiyalar – oldingi ikkitaga nisbatan xususiy
    hisoblanib o’quv predmeti doirasida shakllantiriladi.
    Tayanch kompetensiyalar har safar ta’limning ma’lum bir bosqichi va
    belgilangan o’quv predmeti uchun konkretlashtiriladi. Masalan, predmet
    kompetensiyasi hisoblangan tarix fani bo’yicha, har qanday tarixiy voqeada turli
    tomonlarning manfaatlari kurashini ajratib olish qobiliyati yotadi.
    Keltirilgan to’plam me’yoriy xujjatlar, o’quv va metodik adabiyotlar,
    Shuningdek, o’quvchilarning umumtayyorgarligini o’lchash, shu bilan birga
    ularning kreativ tayyorgarligi darajasini o’lchaydigan xujjatlarni loyihalash va
    yoritish uchun xarakterlovchi to’plamni belgilaydi.
    Didaktika va metodikalarda tayanch, umumpredmet va predmet kompetensiyalari mazmunini aks ettirish uchun ularni maxsus texnologiya asosida konstruktsiyani tuzish kerak. O’quv predmetining tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qo’shishi mumkin bo’lgan hissasi aniqlanadi. So’ngra predmet kompetensiyalarini tuzish uchun o’quv predmetining tizimlashtirilgan komponentining minimal ro’yxati tuziladi:
    1) Obyektiv borliq obyektlari (tabiiy, madaniy, ijtimoiy hodisalar, texnik
    qurilmalar, manba-asarlar va h.k.). Fan yoki faoliyat sohalaridan o’quv predmeti
    uchun real predmet va hodisalarni ajratib olinadi. Masalan, bular sifatida - ona
    tilida, tovush, so’z va h.k. dan tuzilgan og’zaki nutqni real jarayon deb,
    asarlardagi matnni moddiy obyektlar deb olish mumkin. Fizikada asosiy fizik
    hodisalar, moddaning turli holatlari, fundamental maydonlar va o’zaro ta’sirlar,
    elementar zarralar; kimyoda – modda va ularning aylanishi; tarixda – tarixiy
    ahamiyatga ega bo’lgan predmetlar, voqealar va h.k.
    2) O’rganilayotgan borliq haqidagi umummadaniy bilimlar: Insoniyat
    tomonidan tegishli obyektga nisbatan ishlab chiqilgan qoidalar, qonunlar,
    nazariyalar, tushunchalar, qarama-qarshiliklar, madaniy ahamiyatga ega faktlar,
    g’oyalar, gipotezalar, muammolar, texnologiyalar, alternativ yondoshuvlar va
    boshqa bilimlar.
    3) Umumiy va umumo’quv ko’nikmalar, malakalar, faoliyat turlari.
    O’quv predmetiga tegishli va umumpredmet ahamiyatiga ega bo’lgan konkret
    ko’nikmalar, malakalar, faoliyat turlarining guruhlar bo’yicha tizimlashtirilgan
    ro’yxati keltiriladi.
    Bolalarda predmetlararo kompetensiyalarni ta’lim bosqichlarida shakllantirish uchun tegishli predmet kompetensiyasining o’sish dinamikasi yozib chiqiladi.
    Kompetensiyalarni shakllantirishni dars jarayoniga kiritish uchun ularni
    faoliyat shaklida berish kerak. Umumta’lim muassasalarida o’quvchilarning bilim samaradorligini oshirish, dars va ta’lim jarayonini yanada sifatli tashkil etish. Birinchidan, tizimda yuqori malakali pedagoglar kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini uzluksiz va sifatli ravishda oshirib borishga;
    Ikkinchidan, ta’lim muassasalarida o’qituvchilar kasbiy qiyinchiliklari va
    ehtiyojlariga asoslangan uzluksiz sifatli metodik xizmatni tashkil etishga;
    Uchinchidan, mavjud fan xonalari, o’quv laboratoriya asbob-uskunalar,
    jihozlar va kompyuter texnikasidan, umuman olganda, barcha shartsharoitlardan samarali foydalanishga;
    To’rtinchidan, sifatli ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda, oliy ta’lim
    muassasalari, malaka oshirish institutlari va umumta’lim maktablari
    hamkorligida ilg’or ish tajribalarini amaliyotga joriy etishga; Eng asosiysi, xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va mahoratiga bevosita bog’liqdir.
    Zamonaviy o’qituvchi o’zining bilim, ko’nikma va malakalarini amaliyotda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda samarali qo’llay olishi- kasbiy kompetentligining eng asosiy komponentidir. Jumladan, Dunyo va mamlakatda ta’lim taraqqiyoti bosqichlarini bilishi, xalq ta’limi tizimida o’quv-tarbiya jarayoni mazmunini ta’minlashga, uzviylik va uzluksizligiga amal qilish;
    – Kompyuter, axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish va
    pedagogik faoliyatida qo’llay olish ko’nikmalariga ega bo’lish.
    – O’quvchilarning ruhiy, jismoniy rivojlanishi va yosh xususiyatlari
    qonuniyatlarini bilishi, ta’lim-tarbiyada pedagogik-psixologik yondashuvga
    asoslanish.
    – O’quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda darsning aniq bosqichi
    uchun samarali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda
    metodlarni to’g’ri tanlash va qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lish.
    – O’quv-tarbiya va darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida bolalar
    hayoti va sog’ligi, texnik hamda axborot havfsizligini ta’minlashga tayyor
    bo’lish.
    – Dars jarayonida mediaresurslar va elektron tarmoq imkoniyatlaridan
    samarali foydalanish hamda mediaxavfsizlik me’yorlariga amal qilish.
    O’qituvchilar umumta’lim fanlarini o’qitishda darsning mazmuniga
    mediamadaniyat va mediaxavfsizlik tushunchalarini singdirib borishi, ularga
    axborot texnologiyalarining cheksiz ijobiy imkoniyalari, afzalliklari bilan bir
    qatorda salbiy ta’siri va oqibatlaridan o’zini himoyalash yo’llarini ham o’rgatish
    lozim. Bunda o’quvchilarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini
    quyidagilarni inobatga olgan holda rivojlantirish maqsadga muvofiq;
    – O’quvchilarda axborot texnologiyalarining hayot va jamiyatdagi roli,
    imkoniyatlari va qo’llash doirasi, Shuningdek, uning salbiy oqibatlari va ulardan
    himoyalanish haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
    – Ta’lim olish va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida elektron resurslar,
    o’quv dasturlari va boshqa o’quv-metodik maxsulotlarning afzalliklarini anglash
    va qo’llashni o’rgatish;
    – Masofadan ma’lumot almashish lokal va global tarmoqda ma’lumot
    qidirishni va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xavf-xatardan
    saqlanish hamda mediamadaniyat qoidalariga rioya qilish. Yoshlarimizda yangi
    zamonga mos hayotiy mo’ljallarini belgilashda chalg’imaslik, axborot makonida
    o’zlariga kerakli manzilni aql-idrok, halollik va mexnatsevarlik bilan topish,
    vatan taraqqiyoti va yurt faravonligiga o’z hissasini qo’shish kabi fazilatlarni
    tarbiyalash biz pedagoglarning burchimizdir.
    Ta’lim insonning(ta’lim oluvchining) hayotiy tajribalarini boyitish orqali
    rivojlantirish bo’lib, u jarayon yoki oqibat natija sifatida namoyon bo’ladi. Shu
    nuqtai nazardan pedagogika ta’lim to’g’risidagi fan inson hayotiy tajribalarini
    boyitish orqali rivojlantirishdir.
    Kompetensiya – nafaqat olingan nazariy bilim, ko’nikma va
    malakalarning majmuasi, balki olingan nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va
    malakalarning majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo’llay olish
    darajasidir.
    Kompetensiya – ma’lum bir faoliyatni muvafaqqiyatli omilkorlik,
    mohirlik bilan eplay olishlik, qila olishlik qobiliyatlari bo’lib, u egallangan
    nazariy va amaliy bilimlar, malakalar va ko’nikmalar asosida namoyon bo’ladi.
    Kompetensiya shaxsning murakab ta’limiy strukturasi bo’lib, u o’zida
    shaxsning sensor, subsensor va ekstrasensor, sensomotor, ideo dinamik
    (ideomotor, ideosensor, ideoemotiv, ideokognitiv) inttellektual, irodaviy,
    kreativ, emotsional sifatlarini o’zida jamlaganki, ular faoliyatdan ko’zlangan
    maqsadga uning o’zgarib boruvchi sharoitida amalga oshuvini ta’minlaydi.
    Shunday qilib kompetensiya shaxsning yuksak sifatiy xislati bo’lib, uning
    shakllanishi ta’limning hal qiluvchi oqibat, natijasi hisoblanadi.
    Yuqoridagilarga asoslanib, kompetensiyani quyidagicha sxematik ifoda
    etish mumkin bo’ladi:

    O’qituvchi kompetensiyasi uning nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va
    malakasi, dunyoqarashi, e’tiqodi va barcha shaxsiy individual ijtimoiy
    psixologik sifatlarining namoyon bo’lishidir.
    Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri,
    bu – o’qituvchining o’z fani bo’yicha kompetensiyaga ega bo’lishidir. U
    pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo’ladi.
    Bular:
    – ilmiy bilish;
    gnoseologik bilish;
    pedagogik faoliyatni epchillik, omilkorlik, mohirlik bilan bajara olish;
    har qanday muammoli vaziyatlarning samarali yechimini topishga
    ijodiy kreativ yondashish;
    ta’limiy, tarbiyaviy ta’sir jarayonida yuksak ijtimoiy psixologik
    xususiyatlarni namoyon etish;
    o’zining intellektual, kognitiv, emotiv, axloqiy salohiyatini, o’rganish
    va ichki psixologik zahirasidan samarali foydalanish orqali o’zini muttasil
    rivojlantirish.
    – jamiyat va insonlarga, tabiatga borliqqa ijobiy emotsional munosabatda
    bo’lish ijobiy pozitiv fikrlashga o’tish tajribasidan iborat.

    Download 285,25 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 285,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja

    Download 285,25 Kb.