|
Muammoning o‘rganilganlik darajasi
|
bet | 3/16 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 285,25 Kb. | | #134570 |
Bog'liq dissertatsiyaMuammoning o‘rganilganlik darajasi. Algera kursining mazmuni va o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha B.Abdullayeva,S.Alixonov, M.Barakayev, M.Tojiyev, D.Yunusova kabi olimlar tadqiqotlar olib borgan. Ta’lim jarayonlarini axborotlashtirish, axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron muhitda axborot almashishning nazariy va metodik acoclari A.Abduqodirov,U.Begimqulov, G.Ergasheva kabilarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning mohiyati F.M.Zakirova, R.G.Isyanov, N.A.Muslimov, A.K.Raximov ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. Kompetensiyalarning shakllanganligini tashxislash va korreksiyalash, kompetensiyalarni samarali rivojlantirishga oid yondashuvlar, axborot kompetentligini rivojlantirishning ahamiyati bo‘yicha Yu.Asadov, M.M.Vahobov, A.M.Magrupov va boshqa tadqiqotlar olib borgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi tahlili shuni ko‘rsatdiki, turli davlatlarda ta’lim jarayoniga kompetensiyaviy yondashuv tatbiq etilgan,xususan, O‘zbekistonda ham kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va joriy qilingan, darslik, o‘quv-metodik majmualar yaratilgan, ammo boshlang‘ich sinf Algera darslarida o‘zlashtiriladigan o‘quv axborotlari asosida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari alohida tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganilmagan. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Fan va madaniyatning rivojlanishi esa ta’lim-tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, yoshlarning zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Fan-texnika taraqqiy etgan, axborot almashinuvi kuchaygan tezkor
zamonda mamlakatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham
qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Fan-texnika asri va jadal taraqqiy
etayotgan hayot o’quvchilarda o’quv predmetlari bo’yicha faqatgina bilim,
ko’nikma va malakalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emasligini ko’rsatmoqda.
Ta’lim jarayoniga o’quvchilar egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini
bevosita kundalik hayotida qo’llashga o’rgatadigan kopmetensiyaviy
yondoshuvga asoslangan DTSlarni yaratish va ta’lim jarayoniga qo’llash
zaruriyati yuzaga keldi.
“Competence” so’zi “to compete” so’zidan kelib chiqqan bo’lib,
“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi.
So’zma-so’z tarjima qilinsa, “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi.
Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kopmetensiya,
kompetentlilik o’ta murakkab, ko’p qismli, ko’pgina fanlar uchun mushtarak
bo’lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham
tarkibiga ko’ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman.
Atamaning mohiyati shuningdek, "samaradorlik", "moslashuvchanlik",
“yutuqlilik", muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", “natijalilik", "uquvlilik”,
"xossa", xususiyat”, “sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflandi
va umumiy holatda quyidagi tayanch kopmetensiyalar ishlab chiqilib tasdiqlandi:
a) o’zini-o’zi rivojlantirish kopmetensiyasi;
b) axborot bilan ishlash kopmetensiyasi;
c) ijtimoiy faol fuqarolik kopmetensiyasi;
d) milliy va umummadaniy kopmetensiya;
e) matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
Ma’lumki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishdan maqsad, ularda tez
o’zgarayotgan dunyoda o’z o’rnini topish, jamiyatda qiynalmasdan yashashi
uchun zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim berish jarayonida har bir pedagog qanday qilib, qanday usullar
bilan dars jarayonida o’quvchilarni faollashtirish mumkin degan haqli savol
tug’iladi. Davlat ta’lim standartlari talablariga asoslangan holda mustaqil
O’zbekistonning yosh avlodiga ta’lim-tarbiya berish o’qituvchilarga ma’suliyatli
vazifalarni yuklaydi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar oldida fan asoslarini
o’qitishning ilmiy-nazariy saviyasini ko’tarish, o’qitish usullarini
takomillashtirish natijasida dars samaradorligini oshirish va sifatini
yaxshilashdek ishlar turibdi va bu vazifalarni bajarishda yangi pedagogik
izlanish natijalarini amaliyotda joriy qilish dolzarb muammolardan biridir.
|
| |