• Kognitiv bosqich.
  • Kreativ bosqich.
  • Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja




    Download 285,25 Kb.
    bet14/16
    Sana11.01.2024
    Hajmi285,25 Kb.
    #134570
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    dissertatsiya

    Motivatsion bosqich. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishning motivatsion bosqichining maqsadi o‘quv faoliyati davomida axborotni tahlil etishga qiziqish va extiyojni rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni xal etishni talab etadi:
    - o‘quvchilarning o‘quv materiallari sifatida axborotlarni o‘zlashtirishning o‘quv faoliyati va hayotiy faoliyatlarda ahamiyatini anglashi asosida amaliyotga aloqadorligini ko‘rsatib berish.
    - o‘quv materiallari sifatida taqdim etiladigan axborotlar mazmunini ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlar natijalari asosida takomillashtirish va metodik ta’minotini ishlab chiqish.
    Kognitiv bosqich. Ushbu bosqichda o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligining doimiy zamon talablari darajasi bilan hamohangligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar tomonidan axborotlashgan jamiyatda faoliyat ko‘rsatish va o‘z faoliyatini zamonaviylik bilan bog‘liqlikda o‘z-o‘zini boshqarishning to‘liq anglab olinishini taqozo etadi.
    O‘quvchilarning Algera darslarida o‘quv axborotlarini o‘zlashtirishlari uchun nazariy bilimlar va zarur tayanch tushunchalarning mazmun – mohiyatini anglashlariga erishish, o‘quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini faollashtirish va ularning axborotlashgan jamiyatda muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlash nuqtai nazaridan kelib chiqib o‘quv materiallari tanlanishi asosida bosqichda belgilangan vazifalar amalga oshiriladi.
    Kreativ bosqich. O‘zlashtirilgan axborotlarni tegishli fan sohalarida qo‘llay olish, muammolarni hal qilish, vaziyatlarni baholay olish va kerakli farazlarni ilgari surish ta’lim oluvchilardan ijodkorlikni talab qiladi. O‘quvchilarning axborot bilan ishlash jarayonida ijodiy yondashuvini yuzaga keltiruvchi omillar:
    1. Shaxsning individul xususiyatlari: noodatiy (nostandart) va noaniq vaziyatlarni baholay olishi, moslasha olishi va o‘ziga maqul variantlarni tanlay olishi; muammolarga noodatiy yoki g‘ayrioddiy yechim topa olishi; bildirayotgan fikrlarining turli variantliligi; tez-tez yoki vaqti-vaqti bilan «o‘z qobig‘ini» yorib chiqa olishi.
    2. Ijodkorlik muhiti: ijodiy yondashuvga sharoit yaratuvchi doimiy muhit va bu muhitni yaratishga xizmat qiluvchi turli omillar; “portlash” effektini hosil qiladigan vaziyatlarni yuzaga keltiruvchi ta’sirlar (stimul). Bunday muhit o‘quvchilarga uzatilayotgan axborotlarni tahlil qilish va ularga ijodiy yondshishga sharoit yaratadi .
    Ushbu bosqichda amalga oshiriladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib quyidagicha mashq va topshiriqlardan foydalanildi:
    1. a) Sondan yig‘indini, ayirmani, ko‘paytmani, bo‘linmani ayirishga doir 4 ta harfli ifoda tuzing;
    b) Yig‘indidan, ayirmadan, ko‘paytmadan, bo‘linmadan sonni ayirishga doir 4 ta harfli ifoda tuzing;
    2. Ikkita D va E nuqta belgilang. Ular orqali ikkita har xil egri chiziq o‘tkazing. Yana nechta egri chiziq o‘tkazish mumkin?
    3. Uchburchak chizib, uning burchaklarini o‘lchang. Uchta burchak yig‘indisini toping. Xulosa chiqing.
    4. a) Teng tomonli uchburchak chizing. Uning simmetriya o‘qini toping.
    b) Teng yonli uchburchak chizing. Unga nechta simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkin?
    d) Turli tomonli uchburchak chizing. Unga simmetriya o‘qi o‘tkazish mumkinmi?
    5. Simmetriya o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan ikkita uchburchak chizing. Uchburchaklarning o‘zaro simmetrik bo‘lgan burchaklarini kesmalar yordamida tutashtiring.
    6. Yil davomida fasllarning taqsimlanishini doiraviy diagrammada tasvirlang. Har bir fasl rangini alohida ranglarda ko‘rsating.
    7. Aylana chizing. Aylana markazidan diametr o‘tkazing. Aylana diametri uning simmetriya o‘qi bo‘lishini tushuntiring.

    Download 285,25 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 285,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja

    Download 285,25 Kb.