|
Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja
|
bet | 15/16 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 285,25 Kb. | | #134570 |
Bog'liq dissertatsiyaJarayonli bosqich. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad o‘quvchilarni axborotlashgan jamiyat talablari ko‘ra o‘zlashtirgan o‘quv axborotlarini hayotiy faoliyatlarida ongli ravishda qo‘llay olishiga tayyorlash. Ushbu bosqich o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasining bosqichlari asosida erishilgan barqaror natijalarni aks ettiradi. Texnologiya bosqichlarining belgilargan vazifalari amalga oshirilganligini xarakterlovchi ma’lumotlarni taqdim etadi.
O‘quvchilarning Algera darslarida o‘quv axborotlari bilan ishlashning jarayonli bosqichi natijalarida:
1. Axborotlarning imitatsiyalarini yarata olishi;
2. turli ko‘rinishda berilgan axborotlarni o‘zaro integratsiya qila olishi;
3. axborotlar bilan ishlash jarayonida ularni interpretatsiya qila olishi ko‘zda tutildi.
Shunday qilib, har bir bosqichda amalga oshiriladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib vazifalar belgilab olindi va har bir bosqichda qo‘llaniladigan mashq va topshiriqlar turlari ishlab chiqildi. Ushbu topshiriqlar 2.3-paragrafda to‘liq keltirilgan.
- Tashkiliy – texnologik komponent o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan didaktik shart – sharoitlar, o‘quv jarayoni elementlaridan iborat. Jarayonning samarali amalga oshirilishi didaktik shart-sharoitlar asosida ta’minlanadi. Didaktik shart-sharoitlar jarayonni loyihalash, tashkil etish usuli va jarayonda qo‘llaniladigan metodlar, taqdim etiladigan o‘quv axborotlari mazmuni, ishtirokchilar faoliyati, tashxislash va korreksiyalash kabi o‘quv jarayonining komponentlarini qamrab oladi. O‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini samarali ravishda rivojlantirish uchun yordam beradigan didaktik shart-sharoitlar:
1) o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarini rivojlantiruvchi ijodiy izlanishni rag‘batlantiruvchi va hayotiy faoliyat bilan bog‘liqlikni ta’minlovchi shaxsga yo‘naltirilgan axborot ta’lim muhitini yaratishi, o‘quvchilarning axborotlarni maqbul usul va shart-sharoitda o‘zlashtirishga imkon berishi;
2) o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantiruvchi zarur o‘quv axborotlarini tanlash va o‘quv materiali sifatida strukturalashtirish va tizimlashtirish, qayta ishlash asosida taqdim etilish imkoniyatlari mavjudligi;
3) ta’lim sifatini baholashning xalqaro dasturlari (Algera fanidan o‘zlashtirish darajasini baholash bo‘yicha TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) xalqaro baholash dasturi) ga uyg‘unlashtirish asosida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlanganlik darajasi dinamikasini tadqiq qilish va olingan natijalarga asoslangan holda o‘quv jarayoniga tuzatishlar kiritish imkoniyati bo‘lishi.
Modelda keyingi elementlar sifatida o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantiruvchi didaktik shart-sharoitlardan kelib chiqib o‘quv jarayonining komponentlari tanlab olindi. Algera darslarida o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish o‘quv jarayonini tashkil etish shakllarini tanlashda o‘quvchilarning axborotlar bilan samarali ishlay olishiga imkon yarata oluvchi muhitni yarata olishiga ahamiyat qaratildi. O‘quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida dars va darsdan tashqari shakllar tanlab olindi. Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasiga muvofiq boshlang‘ich sinflarda Algera fani bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan dars o‘quv soatlari 7 – 8 –9 -10-11-sinflarda haftasiga 5 soatdan jami 102 soatdan (yangi mavzularni o‘zlashtirish, mustahkamlash, bo‘limlar yuzasidan takrorlash, nazorat ishlari uchun ajratilgan soatlar bilan birgalikda) etib belgilangan. Demak «Algera» fani yuzasidan o‘quv axborotlarining katta qismini darslar jarayonida o‘zlashtiradilar, ya’ni ular haqida dastlabki tushunchalarga ega bo‘ladi, berilgan o‘quv axborotini o‘zlashtirish bo‘yicha tavsiya etilgan manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni o‘rganadilar. O‘z navbatida o‘qitishning boshqa shakllarida ushbu jarayon izchil davom ettiriladi.
Dars turlari o‘quv axborotining xarakteridan kelib chiqib belgilanadi. Masalan yangi o‘zlashtiriladigan o‘quv axborotlari uchun yangi bilim beruvchi dars turi tanlanadi. Xuddi shunday o‘zlashtirilgan o‘quv axborotlarini mustahkamlash uchun mustaqkamlash dars turi yoki, o‘quv axborotlarining o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun nazorat ishi darslari tanlanadi.
O‘quv jarayonini tashkil etishning darsdan tashqari shakllarida asosiy e’tibor darslarda o‘zlashtiriladigan o‘quv axborotlarini mazmun va hajmi jihatidan to‘ldirishga qaratiladi. O‘quv jarayonini tashkil etishning darsdan tashqari shakllarida o‘quv materialini tanlashda o‘quvchilarning qiziqishlari e’tiborga olinadi.
Ilmiy adabiyotlarda ta’limniig tashkiliy shakllari sifatida jamoa, guruxlar, yakka tartiblari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot ishida o‘quvchilarning o‘quv muhitida axborotlar ustida ishlash jarayonida individual yoki guruh bo‘lib faol ishtirok etishini ta’minlashga xizmat qilishiga ahamiyat qaratilib, frontal, guruh, individual va «Klaster» usullari tanlab olindi.
Ta’limning frontal, guruh va individual tashkiliy shakllari yuzasidan ko‘plab ilmiy adabiyotlarda pedagogik izlanishlar natijalari bayon etilgan. Biz ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil etishda klasterlarni o‘zaro bog‘langan guruhlar va jarayonda ma’lum ish faoliyatiga ixtisoslashgan tegishli tarmoqdagi guruhlar (dialel) sifatida o‘rgandik. Ta’lim jarayonini klaster usulida tashkil etishda klasterdan foydalanishning samarali metodik va axborot – maslahat bilan ta’minlanishi o‘qituvchi (kordinator, moderator, tarbiyachi va b.q. lar) tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonini klaster usulida tashkil etishda klasterning shakllanishi ko‘pincha barcha qolgan ishtirokchi (guruhlar) larni birlashtiruvchi integrator (o‘qituvchi, moderator, kordinator va h.k) atrofida yuz berishi tufayli samadorlikni baholash integratorning faoliyati doirasida bo‘ladi.
Klasterni shakllantirishda integratsiyalashayotgan guruhlarni birlashtirish guruhlar maqsadlarining kesishuvidan kelib chiqadi.
Ta’lim jarayonini klaster usulida tashkil etishda klasterning asosiy xususiyatlari:
butun tizimni bosh strategiyasini belgilab beruvchi boshqaruvchi (o‘qituvchi, moderator, kordinator va h.k) ning mavjudligi;
umumlashtiruvchi xususiyatlarning mavjudligi;
aloqalarning barqarorligi va ushbu aloqalarning aksariyat ishtirokchilar uchun katta ahamiyat kasb etishi;
ishtirokchilar o‘zaro hamkorligining uzoq muddatli muvofiqlashtirilganligi;
axborotlarni keng yoyish maqsadida klasterlar o‘rtasida guruhlarning shaxsiy harakatchanligi;
o‘zaro bog‘liq boshqa klaster tarmoqlarining maqsadga muvofiq hamkorligi ta’minlanganligi;
klasterda ishtirokchilarning o‘zaro (vertikal va gorizantal) aloqalarining maqsadga muvofiqligi va faolligi;
ishtirokchilar faoliyatining xususiyati bo‘yicha faoliyatlar tashkillashtirilganligi;
kommunikativ muhitning mavjudligi.
Ta’lim jarayonini klaster usulida tashkil etishda klasterlarni tuzishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Klasterni tashkil etish texnologiyasining mavjudligi:
klaster rivojlanishining shart-sharoitlari;
klaster ishtirokchilari bajaruvchi vazifalarining umumiy maqsadga qaratilganligi;
klasterda ishtirokchilarning o‘zaro umumiy maqsadlarga asoslangan aloqalarining kuchayishi;
klasterda kreativ jarayonlarni rag‘batlantirish;
ishtirokchilar muvaffaqiyatining bog‘liqligi;
klaster ishtirokchilarining mustaqilligi va jipsligi;
ishtirokchilar o‘rtasida muloqot va ishonch muhitining mavjudligi;
axborot va tajriba almashish imkoniyati;
ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tuzulmasining tarkib topganligi;
ishtirokchilar o‘rtasidagi majburiyatlarning bajarilishi.
2. O‘zaro hamkorlik muhitining mavjudligi:
o‘zaro munosabatlarni saqlash;
umumiy axborot resurslaridan foydalanish.
3. Qisman yetakchilik:
ishtirokchilar o‘rtasida liderlikning paydo bo‘lishi;
markaz faollligining namoyon bo‘lishi.
4. Moslashuvchanlik:
klasterning doimiy «harakati» – uzluksiz shakllanish va rivojlanish jarayonlari;
doimiy o‘zgarib turuvchi muhit va talablarga moslashib borish.
Ta’lim jarayonini klaster usulida tashkil etishda klasterning asosiy vazifalari:
klaster ishtirokchilarining o‘z o‘quv faoliyatini o‘zi tashkil etishiga imkoniyat berish;
klaster ishtirokchilarining maqsadga olib boruvchi umumiy vazifalarni amalga oshirib borishiga sharoit yaratish;
klasterda ishtirokchilarning o‘zaro aloqador faoliyatlarini kengaytirish va aloqalarini kuchaytirish;
klaster ishtirokchilari o‘rtasida sog‘lom raqobatga sharoit yaratish;
ishtirokchilarning faoliyatlarining kreativ darajasini oshirish va rag‘batlantirish;
ishtirokchilarning umumiy maqsadlariga asoslangan aloqalarini samarali yo‘lga qo‘yish;
klaster ishtirokchilarining mustaqilligi va jipsligini saqlash;
klaster ishtirokchilarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish: qarama qarshi fikrlarni rag‘batlantirish, tanlash huquqini ishtirokchilarda saqlab qolish, tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishga sharoit yaratish;
ishtirokchilar o‘rtasidagi muloqot madaniyatini, ishonch muhitining mavjudligini ta’minlash;
klaster ishtirokchilarining muntazam axborot, tajriba almashish va hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
umumiy axborot resurslarini yaratish va klaster ishtirokchilarining foydalanishini ta’minlash.
Klasterning doimiy «harakati» ni ta’minlash uning samaradorligini oshirib boradi. Bunda klasterni uzluksiz shakllantirish (klaster tarkibining uzluksiz yangilanib borishi: yangi ishtirokchilarning klaster tarkibiga kirishi), rivojlantirish (ishtirokchilarning o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi yangicha yondashuvlarni yuzaga kelishi, klasterni boshqaruvchi mexanizmlarni rivojlanishi) jarayonlari ishtirokchilarning umumiy maqsadalar uchun amalga oshiriladigan faoliyatlariga asoslangan muhit, doimiy o‘zgarib turuvchi muhit va talablarga moslashuvchanlik (adaptatsiyasi) asosida amalga oshiriladi .
Klasterlar zamonaviy nazariyasi asoschisi M.Porter klasterlarni muvofiqlashtirishning boshqa shakllaridan farqini ta’kidlaydi - bu ishonch va samarali kommunikatsiyalar o‘rnatilishini rag‘batlantiruvchi, ... doimiy ravishda takrorlanib turuvchi ko‘p sonli aloqalar[104; 4-b.].
Kommunikatsiya axborotlar almashinuvini amalga oshirishga xizmat qiladi. Axborotni uzatish va qabul qilish jarayonida o‘zaro muloqot yuzaga keladi. Klaster ta’lim jarayonida kommunikatsiya, axborot makoni, axborotlar tarqalishining maydonini shakllantirishini hisobga olsak, klaster ishtirokchilari o‘rtasida aloqa axborot almashinuvi doirasida o‘rnatiladi. Axborot manbai yetarli darajada rivojlantirilgan taqdirda mustaqil kuchga aylanib, keyinchalik uning o‘zi klasterni rivojlantiradi .
Klasterlar ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvining samarali yo‘lga qo‘yilishida ularning axborotlar to‘g‘risidagi bilimi va axborotlarni yetkazish va qabul qilish bo‘yicha umumiy ko‘nikmasi muhim ahamiyatga ega. Agar klasterlar ishtirokchilarining axborotlarni yetkazish va qabul qilish bo‘yicha umumiy ko‘nikmasi bo‘lmasa klaster ishtirokchilari o‘rtasida axborotlar to‘liq yetkazilmaydi, qabul qilinmaydi, xatto umuman amalga oshirilmasligi ham mumkin. Bundan tashqari ayrim axborotlarni yetkazish uchun qo‘shimcha axborotlar talab etiladi yoki axborotlarning ayrim ko‘rinishlari o‘zaro muloqotni tashkil etishga moslashmaganligi ularni boshqa ko‘rinishda ifodalashga sabab bo‘ladi.
Klaster ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvida asosan og‘zaki nutq va yozma nutqdan foydalaniladi. Didaktikada og‘zaki nutq va yozma nutqdan foydalanish imkoniyatlari ancha keng bo‘lib shu bilan birga o‘ziga xos kamchiliklarga ega. Didaktik muhitda axborotlarning og‘zaki “matn” ning andozasi va sistemasiga ta’lim beruvchi va oluvchi shaxs ehtiyojlarini ko‘zlab o‘zgartirishlar kiritish mumkin (masalan, o‘qituvchiga savol berib, bahs- munozaraga kirishishi). Bu o‘zgartirishlar ko‘p hollarda ta’lim beruvchi tomonidan o‘quvchining bilim darajasi va boshqa individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Eng muhimi, bu o‘zgartirishlari ta’lim oluvining didaktik matn (axborot) ni qabul qilishini osonlashtirish ... maqsadida amalga oshiriladi.
Didaktikada, axborot olish nuqtai nazaridan og‘zaki nutq tushunarli bo‘lmasa, tinglovchi so‘zlovchiga murojaat qilishi orqali (savol yoki bahs orqali) ma’lumotni tushunishga erishadi Axborotlarni ta’lim oluvchilarga uzatish nuqtai nazaridan «og‘zaki nutqning ...salbiy tomonlari ham mavjud: vaqtda va masofada cheklanganligi» .
Yozma nutq orqali uzatiladigan axborotlar ham o‘z imkoniyatlariga ega: uzoq masofalarga va ko‘p sonli o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish imkoniyati. Yozma nutqda aks ettirilgan axborotlarni saqlash va qayta foydalanish, bunday axborotlar foydalanish algoritmlarining mavjudligi (mundarijalar, foydalanish yo‘riqnomalari va h.k), bunday axborotlardan foydalanish jarayoni asosan mustaqillik xarakterida bo‘lishi kabi imkoniyatlar taqdim etadi. Ammo, ma’lum kamchiliklarga ham ega, masalan, yozma nutqda ifodalangan axborotlarni qabul qilish yoki uzatish jarayonida bu axborotlar egasining ishtirok etmasligi, emotsional holatlarning yuzaga kelmasligi, uni yaratish texnologiyasining murakkabligi va h.k .
Axborot texnologiyalari vositasida axborotlarni uzatish va qabul qilish bu kamchiliklarni ma’lum qismini bartaraf etadi. Ta’lim - tarbiya ishlari jarayoni yangi elektron resurslari – rasmiy veb-saytlar, elektron formatdagi adabiyotlar, audio va video materiallar, o‘rgatuvchi kompyuter dasturlarining rivojlanishi jarayoni bilan uyg‘unlashib bormoqda. Bu vaziyatda ta’lim-tarbiya jarayonlari ko‘proq o‘quvchining ichki imkoniyatlari, intellektual salohiyati, axborotni qabul qilish va o‘zlashtirish qobiliyatlariga bevosita bog‘liq bo‘lmoqda.
Tarmoqlardan axborotlarni topish uchun web-brauzerlar, ma’lumotlar bazasini ishlatish, axborot-izlanishli va axborot- ma’lumotnomali tizimlardan, avtomatlashtirilgan axborot resurs markazlardan, elektron jurnallardan foydalanish [121; 89-b.] o‘quvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
mustaqil ishlash: masalani qo‘yish, izlanish, tahlil, ma’lumotni qayta ishlash, vaqt limitini belgilash, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish
o‘qitish jarayonini individuallashtirish va darajalashtirish;
xatolarni o‘rganish vositasida nazoratni amalga oshirish;
o‘quvchilarning o‘quv faoliyati jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilishi va mavjud xatolarni tuzatishi;
ko‘p vaqt va mehnat talab etadigan, mayda hisoblash ishlarini kompyuterda bajarish hisobiga, o‘quv vaqtini uzaytirish;
o‘rganilayotgan jarayon yoki hodisalarni modellashtirish;
kompyuterda muayyan daraja yoki sinovlarni tashkil etish asosida labarotoriya ishlarini olib borish;
turli muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasini shakllantirish;
muayyan turdagi fikrlash qobiliyatini (masalan, ko‘rgazmali-obrazli va nazariy ) rivojlantirish
ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish (masalan, dasturga tasviriy vositalar yoki o‘yin vaziyatlarini kiritish yo‘li bilan .
O‘qitish shakllari mos ravishda jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi metodlar yordamida amalga oshiriladi. Metodlar o‘zaro muloqot, o‘quvchilarda mavjud bilimlarni faollashtirishga undash, mustaqil fikrlash, xulosalash va umumlashtirish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishga erishish, o‘tilgan mavzuni takrorlash, o‘zlashtirilgan bilimlarning hayotiy ahamiyatini ko‘rsatib berishi (amaliy metodlar) sifatida «Klaster» va «Case-study» metodlari qo‘llanildi. Zero, o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bevosita bir qancha ish turlarini bir vaqtning o‘zida amalga oshirishni, ta’lim oluvchilarning jarayondagi faol ishtiroki talab qiladi.
Tadqiqot davomida o‘quvchilarning axborotlarni almashish, uzatish va h.k jarayonlarida «Case-study» metodidan foydalanishning pedagogik va metodik imkoniyatlari o‘rganildi. Ushbu metodning pedagogik imkoniyatlari keng bo‘lib, ta’lim jarayonida o‘quvchining etarli darajadagi faolliligini ta’minlashga (domiy ravishda yechimlarni topish uchun zarur dalillar bilan ishlash, ishtirokchilarning o‘zaro hamkorligi kabilar asosida) xizmat qiladi. Axborot almashinish muhitida «Case-study» metodining kompetensiyaviy yondashuvida o‘quvchilarni muammo mohiyatini aniqlash, g‘oyalarini ilgari surish, topshiriqlar yechimini topish, ma’lumotlarni taqqoslash, muqobilini tanlash, tahlil qilishi orqali o‘quv axborotlari bilan ishlashga o‘rgatish maqsad qilib olindi.
«Case-study» metodining kompetensiyaviy yondashuvi orqali o‘quvchilar mustaqil ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materiallarini izlab topish, muqobilini tanlash, muammo mohiyatini anglash, g‘oyalarni ilgari surish, ma’lumotlarni taqqoslash, tahlili qilish va umumlashtirish malakasiga ega bo‘ladi .
Kompetensiyalar o‘quvchilarning o‘quv va hayotiy faoliyatlari davomida bilimlarini qo‘llay olish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatligi hisobga oladigan bo‘lsak, o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda amaliy yo‘naltirilgan metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja
|