|
Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish
|
bet | 1/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 55 Kb. | | #247913 |
TA’LIM RESURSLARINI ISHLAB CHIQISHDA AUDIO VA VIDEO MATERIALLARGA ISHLOV BERISH.
Reja:
Ta’lim resurslari. Audio(ovozli) kurs va materiallar.
Audio(ovozli) multimediali ta’lim resurslariga ishlov berish
Tayanch tushunchalar: Audio materiallar, Ovozli fayllar bilan ishlash, Audio materiallarga ishlov berish.
Tovush to‘lqinlari (Mexanikaviy) – anologli signal. Tovushlar dunyosi insoniyatni doimiy o‘rab turuvchi muhitlardan biri. Biz turli xil darajadagi tovushlarni, masalan, barglar shitirlashi, sharshara tovushi, qushlar xonishi, hayvonlar qichqirig‘i, inson tovushi kabi tabiiy ovozlar bilan bir qatorda insoniyat tomonidan yaratiluvchi musiqa ovozini ham hayotiy faoliyatimiz davomida doimiy eshitib turamiz.
Raqamlashtirilgan tovushlar olami – axborot dunyosining navbatdagi elementidir. Bu element tarixi ham juda uzoq yillarga borib taqaladi. Dastlab insoniyat shunday qurilmalarni ishlab chiqqanki, ular yordamida tabiiy ovozlarni chiqarishga harakat qilishgan, masalan, ov uchun turli jonjotlarni chorlash maqsadidagi harakatlarni bunga misol qilish mumkin. Yillar davomida insoniyat xotirasida saqlanib borgan ovozlar ketma-ketligini turli musiqa asboblarida ijro etishga o‘rgandi. Sekin-asta musiqaning ham o‘z “alifbosi” paydo bo‘ldi, birinchi marta bunday “musiqa alibosi” Qadimgi Misr va Messopotamiyada qo‘llanilgan. XVII asrga kelib tartiblangan musiqa notalari paydo bo‘ldi. Asrlar davomida musiqani matematika bilan bog‘lashga uringan insoniyat hisoblash texnikasining rivojlanishi bilan, nafaqat musiqani, balki atrofimizni o‘rab turgan ixtiyoriy ovozni kompyuterlar xotirasida saqlash, tahrirlash va ijro etishni o‘rgandi. Sekin-asta tovushlar dunyosi raqamli dunyo bilan bog‘landi.
Mutaxassislar ta’kidlashganidek, ovoz multimedianing eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ovoz ham kundalik hayotimizda duch keladigan boshqa fizik hodisalar kabi to‘lqin tabiatiga ega. Ovoz to‘lqinlari ixtiyoriy muhitda – gaz, suyuqlik, qattiq jismlar muhitida ham tarqalish xususiyatiga ega. Amaliyotda ko‘proq atmosfera muhitida tarqaluvchi ovoz to‘lqinlaridan foydalaniladi. Shu sababli ham ovoz to‘lqinlari – bu atmosferadagi tarqalishiga nisbatan o‘rganiladigan jarayon bo‘lib, uning muhim parametri tovush chastotasi – tebranish davriga teskari kattalik hisoblanadi. Tovush chastotatalari gerslar (Gs) da yoki kilogers
(1 KGs=1000 Gs)larda o‘lchanadi. Masalan, tovush chastotasi 20 Gs bo‘lsa, bu 1 s davomida 20 ta to‘liq tebranish sodir bo‘lganini bildiradi. Tovush chastotasi bilan to‘lqin uzunligi – bir tebranish davrida tovush to‘lqini bosib o‘tishga ulguradigan masofa (to‘lqin uzunligi = tovush tezligi/tebranish davri) uzviy bog‘langan. Demak, chastotaning oshishi bilan, tovush to‘lqini uzunligi qisqaradi, ya’ni tebranish davri qancha qisqa bo‘lsa, to‘lqin ham shuncha qisqa masofani bosib o‘tadi.
Ko‘p yillik tadqiqotlar eshitish sezgirligimiz tovush chastotasiga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Eshitishimiz mumkin bo‘lgan tovushlar chastotasi diapazoni quyidagicha: minimal chastota 16...20 Gs, maksimal 18...20 KGs. Bu diapazondan past chastotadagi tovushlar infratovushlar, yuqorisi esa ultratovushlar deb yuritiladi. Infratovushlarni ham, ultratovushlarni ham insoniyat eshitish organlari qabul qilmaydi.
|
| |