• AU (.au, .snd)
  • Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish




    Download 55 Kb.
    bet3/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi55 Kb.
    #247913
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Ovozli fayllar formati
    WAVE (.wav) MPEG-3 (.mp3)
    MPEG-4 (.mp) MIDI (.mid)
    AU (.au, .snd) MOD (.mod)
    IFF (.iff) AIFF (.aiff) .......
    WAVE (.wav) – juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo‘llaniladi. Uning asosida ma’lumotlarni strukturali ko‘rinishda saqlanishiga imkon beruvchi RIFF (Resource Interchange File Format) formati yotadi. Ovozli ma’lumotlar katta hajmga ega bo‘lganligi sababli ularni saqlashda turli xil siqish usullaridan foydalaniladi. Siqishning eng sodda usuli – impulsli-kodli modulyatsiya (Pulse Code Modulation, PCM), lekin u yetarlicha siqilishni ta’minlay olmaydi.
    AU (.au, .snd) – Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) qo‘llaniladigan ovozli fayllar formati. Internet tarmog‘ining dastlabki rivojlanish bosqichida ovozli ma’lumotlar uchun standart format rolini o‘ynagan.
    MPEG-3 (.mp3) MPEG-4 (.mp) – Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda qo‘llaniladi. Oldingi MP1 va MP2 format versiyalari davomchisi. Kodirovkada musiqadan inson eshitish organlari orqali yomon qabul qilinadigan tovushlarni o‘chiruvchi psixoakustik kompressiya qo‘llaniladi. Oldingi versiyalar sifatsizroq kompressiyaga ega bo‘lsada, biroq eshitish jarayonida kompyuter resurslariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lmaydi. Prossessor xarakteristikasi ovoz sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, prossessor qanchalik kuchsiz bo‘lsa, ovoz buzilishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
    MIDI (.mid) – Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. MIDI turli ishlab chiqaruvchilarning musiqali va ovozli sintezatorlari o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini aniqlaydi. MIDI interfeysi musiqa notalari va kuylarini uzatish protokoliga ega. Lekin MIDI ma’lumotlar raqamli ovoz emas – ular son formatidagi qisqartirilgan musiqa yozuvi shakli hisoblanadi. MIDI-fayl o‘zida harakatlar, masalan pianino tugmalarini bosish yoki regulyatorni aylantirish kabi komandalar ketma-ketligini ifodalaydi.
    MIDI-fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o‘lchami ovoz sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. MIDI-fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan joy egallashiga qarab o‘rtacha 200-1000 marta kichik bo‘ladi, markaziy prossessor resurslari ko‘p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto ovoz sifati ham boshqa audio fayllarga nisbatan yuqori bo‘ladi. MIDI-fayllarni ijro etuvchi qurilmalarga uzatiluvchi bu komandalar ovozni boshqaradi, kichik MIDI-xabar ovoz chiqishini yoki musiqa asboblari yoki sintezatordagi ovozlar ketma-ketligi ijro etilishini ta’minlashi mumkin, shu sabali MIDI-fayllar hajmi (bir sekundda ovoz chiqish birligi) boshqa ekvivalent raqamlangan ovozli fayllarga nisbatan juda kichik bo‘ladi.

    Download 55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish

    Download 55 Kb.