|
Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish
|
bet | 5/9 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 55 Kb. | | #247913 |
Mikrofon yordamida ovoz yozish
Multimedia haqidagi har qanday qo‘llanma, albatta, mikrofon yordamida ovoz yozishga bag‘ishlangan bo‘limga ega bo‘ladi. Mikrofon yordamida ovoz yozishda odatda Windowsning standart dasturlari qatoriga kiruvchi Sound Recorder (Пуск/Программы/стандартные/Звукозапись) qo‘llaniladi. Bu dastur bilan ishlash haqidagi batafsil ma’lumotlarni dasturda berilgan ma’lumotnomadan olishingiz mumkin. Quyidagi rasmda Windows 7 operatsion tizimidagi Sound Recorder dasturi ma’lumotnomasidan foydalanish jarayoni keltirilgan.
Bu dastur bilan ishlash yetarlicha sodda bo‘lganligi uchun biz unga batafsil to‘xtalib o‘tirmaymiz. Mikrofonlar ikki xil tipda bo‘ladi – kondensatorli va dinamik. Kondensatorli mikrofonlar qimmatroq bo‘lib, yuqori sifatli ovoz bera oladi, lekin ularni kompyuterga ulash uchun ovoz kartasi ham uning talablariga javob bera olishi kerak. Ko‘pchilik ovoz kartalari esa dinamik mikrofonlarga moslangan bo‘ladi.
Mikrofonning boshqa muhim xususiyati – uning yo‘nalganlik (directivity) darajasida. Mikrofonlar umumyo‘nalgan (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ovoz sezgirligi bir xil), biryo‘nalishli (oldindan keladigan yo‘nalishdagi ovozlarga sezgirroq) va ikkiyo‘nalishli (oldindan va orqadan keladigan yo‘nalishdagi ovozlarga sezgirroq) bo‘ladi. Fondagi shovqinlar kam bo‘lishi hisobiga ko‘pincha bir yo‘nalishli mikrofonlar tanlanadi. Lekin ular umumyo‘nalgan mikrofonlarga nisbatan qimmatroq va ovoz sezgirligi ham ancha yuqori bo‘ladi. Mikrofon tanlashda albatta mikrofonning to‘liq qarshiligiga (impedance) e’tibor qarating. To‘liq qarshilikning optimal qiymati 600 Om ga teng. Umumyo‘nalgan 600 Om impedancega ega mikrofon tanlash tavsiya etiladi.
Dasturiy ta’minot. Dastlab miksher-dasturini sozlab olish zarur bo‘ladi. Miksher-dasturning ko‘rinishlaridan biri "Регулятор уровня" nomi ostida Siz uni Windowsning standart dasturlari orasidan topishingiz mumkin. Lekin bu dastur bilan ishlash biroz noqulay bo‘lishi mumkin. Sizning ovoz kartangiz dasturiy ta’minotida bu funksiyani bajaruvchi dastur ham bo‘lishi mumkin, shu sababli aynan o‘sha dasturdan foydalanish tavsiya etiladi, chunki dastur mualliflari ovoz kartasining muhim jihatlarini hisobga olgan holda mazkur dasturni yaratishadi. Miksher-dasturda ovoz yozish jarayonida ishtirok etmayotgan boshqa barcha kirish regulyatorlarini eng pas holatga o‘tkazib qo‘yish yoki butunlay o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Mikrofondan ovoz yozishda mikrofonli yoki chiziqli kirishdan foydalanish mumkin. Ovoz yozish jarayonida kiruvchi balandlik regulirovkasini taxminan 75 % li holatga o‘tkazib qo‘ying.
|
| |