• IFF (.iff) – Interchange File Format
  • RealAudio (.ra, .ram)
  • Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish




    Download 55 Kb.
    bet4/9
    Sana21.05.2024
    Hajmi55 Kb.
    #247913
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    MOD (.mod) – alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo‘lgan raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. Bu formatdagi fayllar ovoz namunalari nabori bilan boshlanib, ulardan so‘ng notalar va davomiylik haqidagi ma’lumotlar saqlanadi. Har bir nota fayl boshida keltirilgan ovozli shablonlardan biri yordamida ijro etiladi. Bunday fayllar nisbatan katta bo‘lmaydi va notalarga asoslangan strukturaga ega bo‘ladi. Bu ularni an’anaviy musiqali yozuvlarni imitatsiyalovchi dasturlar yordamida tahrirlashni osonlashtiradi. Bunda fayllar MIDI-fayllardan farqli ravishda ixtiyoriy kompyuter platformasida isjro etilishiga imkon berib, to‘liq ovoz beradi.
    IFF (.iff) – Interchange File Format – dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan format. Hozirda CD-I shaklidagi kompakt-disklarda ham qo‘llanilmoqda. Uning tuzilishi RIFF formati tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.
    AIFF (.aiff) – Audio Interchange File Format – ovozli ma’lumotlar almashish uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo‘llaniladi. Ko‘p jihatdan WAVE formatini eslatadi, biroq undan farqli ravishda raqamlangan ovoz va shablonlardan foydalanish imkonini beradi. Ko‘pchilik dasturlar bu formatdagi fayllarni yuklay oladi.
    RealAudio (.ra, .ram) – Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. Sifat eng yaxshi holatda audiokasseta formatiga mos keladi, sifatli musiqa asarlarini saqlash uchun mp3 formatidan foydalanish afzalroq.
    MIDI va raqamli ovoz: qulayliklar va kamchiliklar
    WAVE formati ko‘p sonli formatlardan birini o‘zida aks ettirsada, lekin u raqamli ovozlarni saqlash uchun mo‘ljallangan yagona format emas.
    MIDI-ma’lumotlardan farqli, raqamli-ovoz ma’lumotlari kvantlar (samples) deb ataluvchi minglab birlik ko‘rinishida yozilgan ovozni o‘zida aks ettiradi. Raqamli ma’lumotlar diskret vaqt momentida ovoz amplitudasini ( balandligini) ifodalaydi. Raqamli ma’lumotlar ijrosi qurilmaga bog‘liq bo‘lmaydi va shu sababli ular doimo bir xil bo‘ladi. Lekin buning hisobiga bunday ovozli fayllar hajmi yetarlicha katta bo‘ladi.
    Vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan qanday qiyoslansa, MIDI- ma’lumotlarni ham raqamli ma’lumotlarga nisbatan xuddi shunday qiyoslash mumkin. Ya’ni vektorli grafik tasvirlar printer yoki monitorga bog‘liq bo‘lgani kabi MIDI-ma’lumotlar ovozni ijro etuvchi qurilmalarga bog‘liq bo‘ladi, raqamli ma’lumotlar esa bog‘liq bo‘lmaydi.
    MIDI standarti PostScript standartiga o‘xshash bo‘lib, qurilmalarni tushunarli tilda boshqarish imkoniyatini beradi. Raqamli ma’lumotlarga nisbatan MIDI quyidagi qulayliklarga ega:
    MIDI-fayllar kam xotira hajmini egallaydi, bu fayllar o‘lchami ovoz sifatiga ta’sir ko‘rsatmaydi. MIDI-fayllar raqamli fayllardan operativ va doimiy xotiradan joy egallashiga qarab o‘rtacha 200-1000 marta kichik bo‘ladi, markaziy prossessor resurslari ko‘p talab qilinmaydi. Ba’zi hollarda hatto ovoz sifati ham boshqa audio fayllarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bunday hollarda MIDI-fayllarni ijro etish manbalari yuqori sifatda bo‘lishi talab etiladi. Siz ovoz sifati va balandligini saqlagan holda ovoz tempini o‘zgartirish hisobiga MIDI-fayllar uzunligini o‘zgartirishingiz mumkin. MIDI-ma’lumotlarni alohida notalar darajasida tahrirlash ham oson. Siz MIDI-kompozitsiyalarni millisekundgacha aniqlikda tahrirlash imkoniyatiga egasiz.
    MIDI-fayllarning asosiy kamchiligi ovoz aniqligida. MIDI-faylni yaratishda qo‘llanilgan ijro etish qurilmasi haqiqiy musiqa asbobiga qanchalik o‘xshash bo‘lsa, ovoz aniqligi ham shunchalik o‘xshash bo‘ladi. Hatto faylni yaratishda qo‘llanilgan MIDI-qurilma ovozi General MIDI standartiga to‘liq mos kelganida ham ovoz sifati ijro etuvchi elektron qurilmaga bog‘liq. MIDI-ovozlar nutqli ma’lumotlarni ijro etish uchun qo‘llanilmaydi. Raqamli audioning MIDI-fayllardan asosiy ustunligi raqamli ovozlarning ijro etilish sifati doimiy bo‘ladi. Raqamli ovozlar bilan ishlash zaruratiga ikki sabab mavjud: raqamli ovozlar bilan ishlash uchun dasturlar va tizimlar tanlovi keng; raqamli ovoz elementlarini tayyorlash va yaratish uchun musiqa nazariyasini bilish shart emas.

    Download 55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish

    Download 55 Kb.