Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja




Download 285,25 Kb.
bet2/16
Sana11.01.2024
Hajmi285,25 Kb.
#134570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
dissertatsiya

UMUMIY XULOSALAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

ILOVALAR



KIRISH
Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi.
Respublikamizda xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi, umumiy o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari hamda fan o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, ta’lim sifatini baholash bo‘yichaxalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishning me’yoriy asoslari yaratildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishida «umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, ... Algera, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish» vazifalari belgilib berilgan. Bu ta’lim jarayonini zarur axborotlar bilan ta’minlash, ularni o‘zlashtirib borishning maqbul yechimlarini topish va joriy qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son, 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son va 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmonlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» gi 187-sonli va 2018 yil 8 dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari to‘g‘risida»gi 997-son qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur tadqiqot ishi ma’lum darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot ishi respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. «Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish,innovasion iqtisodiyotni shakllantirish» ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.

Download 285,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 285,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktab algebra kursida o’quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish reja

Download 285,25 Kb.