|
Mukammal va nomukammal raqobat
|
bet | 4/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 2,18 Mb. | | #246544 |
Bog'liq innovatsion iqtisodiyot kurs ishi1.3 Mukammal va nomukammal raqobat
01
02
Nomukammal raqobat – bu monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma-xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir.
Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun-qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatdir
2-BOB RAQOBAT VA UNING POYDEVORI ASOSIDA MUKAMMAL TARRAQIYOTGA QARATILGAN BOZOR IQTISODIYOTINI QURISH
2.1 Raqobatning - bozor iqtisodiyotiga o’tish jaroyonida asosiy omil sifatida tadbiq etilishi
2.2 O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik.
2.3 O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni hamda uning ijro etilishi
– Raqobat boʻlmasa, sifat boʻlmaydi, narx tushmaydi. Zamon oʻzgaryapti, lekin monopol korxonalar oʻzgara olmayapti. Qatʼiy choralar koʻrish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib boʻlsa, ishlaydi, boʻlmasa – ketadi, – dedi Prezident. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oliy majlis bilan o’tgazilgan yig’ilishda yigʻilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash boʻyicha yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, monopol tovarlar roʻyxatini keskin qisqartirishga qaratilgan "yoʻl xaritasi" tasdiqlash vazifasi belgilandi
2.1 Raqobatning - bozor iqtisodiyotiga o’tish jaroyonida asosiy omil sifatida tadbiq etilishi
«... kuchli talab va raqobat iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ob’ektiv shart qilib qo‘ymoqda. Bu borada ham juda ko‘p echilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz kechish, davlatning iqtisodiyotga aralaShuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, to‘laqonli bozor infratuzilmasini shakllantirish yo‘lidagi mavjud g‘ov-to‘siqlarni bartaraf etishimiz zarur».
2.2 O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga etkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan.
2.3 O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni hamda uning ijro etilishi
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 14 noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 5 dekabrda ma’qullangan bo‘lib 2012 yil 6 yanvardan boshlab kuchga kirdi.
Ushbu qonun 7 bob 40 moddadan iborat bo’lib,O’zbekiston Respublikasida raqobat muhitini yaratish va monopolyaga qarshi kurshashda,samarali usullar foydalanish hamda firmalarning huquq va burchlari keltirib o’tilgan
Bu qonunda raqobat quyidagicha ta’riflangan. Raqobat – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
2022-yilda “Raqobat to‘g‘risida»gi va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlar «Raqobat to‘g‘risida»gi qonunga birlashtirilib. Qonun loyihasi Oliy majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi,
Qonun loyihasi 9 ta bob, 52 ta moddadan iborat bo‘ldi
THANK YOU
Xulosa
Xulosa qilib aytganda shuni ma’lum qilish mumkinki raqobat zamonaviy bozor iqtisodiyoti biznesning keng huquqiy normalari tizimining fonida o'zaro ta’sir qiluvchi va yagona kontseptsiya - bozor bilan birlashtirilgan turli xil ishlab chiqarish, savdo, moliyaviy va axborot tuzilmalaridan tashkil topgan eng murakkab tizimdir.
|
| |