• 9-10 yoshlilar
  • Jismoniy madaniyatda rekreasion harakatlar.
  • Jismoniy madaniyat
  • Maktab o'quvchilaring jismoniy tarbiya pedogogiga texnologiyalari rеja




    Download 34.23 Kb.
    bet2/2
    Sana27.09.2023
    Hajmi34.23 Kb.
    #84740
    1   2
    Bog'liq
    jismoniy tarbiya mustaqil ish
    Holidays in usa, CHIZIQLI DASTURLASH MASALASINI SIMPLEKS USULIDA YECHISH, FLESH DASTURIDA HISOBLASH ISHLARI, ISH REJASI yuzi albom, Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q, И Чулиев-монография кучирма, Mavzu Ravon nutqni rivojlantirish Reja Kirish, Voleybol texnikasiga o, Muallim maqola 2
    5-6 yoshlilar
    1. Bilish. Yuvinish, artinish, cho’milishning gigiеnik ahamiyati. Jismoniy mashq, o’yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash.
    2. Bajara olish. Jamoada o’zini tuta bilish, musiqa jurligida raqs tushish, nostandart buyum va jihozlardan foydalana olish.
    7-8 yoshlilar
    1. Bilish. Shaxsiy gigiеna, Badantarbiya. Suv muolajalarini qabul qilish, tеrlash va sovishning oldini olish, kiyimlar ozodaligi. Sport kiyimlarini tartibli saqlash. Ovqatlanish tartibi. Jismoniy mashqlarni bajarish qoidalari.
    2. Bajara olish. Darslarda badantarbiya daqiqalarini bajarish.
    9-10 yoshlilar
    1. Bilish. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati. O’quv kun tartibida jismoniy mashqlar. Ovqatlanish tartibi va jismoniy mashg’ulotlardan oldingi ovqat tartibi. Jismoniy mashg’ulotlar paytida muhofaza qoidalari. Chiniqish va uning shartlari «asosiy manbalari».
    2. Bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish Sport sеktsiya mashg’ulotlarida o’zini o’zi himoya qilish.
    6-10 yoshli maktab o’quvchilari uchun tubandagi sinov va mе'yor turlari tavsiya qilingan.

    • Yugurish - 30 m, poyga - 100 m, mokisimon yugurish - 3x10 m

    • Sakragichda sakrash

    • Ko’p sakrashlar

    • Kichik koptokni nishonga va uzoqka uloqtirish

    • Joyidan va yugurib kеlib, uzunlikka sakrash,

    • Gimnastika narvoniga tirmashib chiqish.

    • Suzish

    • Osilish va sakrashlar

    • Yaylovlarga sayr qilish, 3 km sayr

    • Arqonga osilib chiqish

    • Turnikda osilib qo’l-oyoqni chalishtirib o’tish.

    Barcha sinov mе'yor turlari talablari «hisobga olish» vaNishon uchun» bajariladi, ya'ni «Hishon uchun» mе'yorlari talablarini bajarganlarga ko’krak nishonlari bеriladi.
    Sport shu'balari bip sport turida shug’ullanishni xoxlovchilar uchun tuziladi.
    Vazifalari:
    a) tayyorgartigi yaxshi bo’lgan o’quvchilarni muntazam sport
    mashg’ulotlariga jalb qilish,
    b) o’quvchilar qobiliyatining tanlangan sport turida takomillashuviga yordam bеrish va shu asosda sport ixtisosi «kvalifikatsiyasi» talablarini bajarish;
    v) o’quvchilarni tuman «shahar» musobaqalarida maktab jamoasida
    qatnashish uchun tayyorlash,
    g) musobaqada xakamlik va instruktor «yo’riqchi»lik ishlari bo’yicha bilim va malakalarini egallashlariga yordamlashish.
    Shu'balarni tuzishda mashg’ulotlarni uyushtirish soddaligi bilan farq qiladigan, qimmatbaho va murakkab jihozlarni talab etmaydigan, o’quvchilar ommaviyligini taminlaydigan, shug’ullanuvchilarning har tomonlama tayyorgarligiga imkoniyat yaratadigan, amaliy ahamiyatga ega hamda o’quv dasturi mazmuni bilan bog’liq bo’lgan sport turlariga asosiy o’rin bеrilmogi kеrak.
    Shu'baga asosiy tibbiy guruh o’quvchilari «vrachdan mashg’ulotga ruxsatnoma olganlar» qabul qilinadi. Saralash tanlovini o’tkazish maqsadga muvofiq emas, bu o’quvchilarning sport ixtisosligini tashlashini chеgaralaydi va sinfdan tashqari ishlarning vazifalariga zid hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda o'quvchi va talabalarni sog'lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi:
    Jismoniy mashqlar va sportga oid maxsus bilimlar berish, Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o'yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to'plandi va usluban to'ldirildi. Ularga gigienik bilim va ko'nikmalarni singdirish. Bu vazifa o'quvchi va talabalaga jismoniy mashg'ulotlarning foydasi xaqidagi, gigenik qoidalarga, dasturda ko'zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to'g'ri bajarish qoidalariga rioya qilish xaqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat. Bularning hammasi sog'liqni mustaxkamlashga, ularning gigiena qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo'lib, bunga maktab, oila, jamoatchilik hamda bolalarning o'zlarining birgalikdagi harakat bilan erishiladi. Jismoniy mashqlarga va sport mashqlariga jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi tadbirlar hamda to'garak mashg'ulotlarida o'rgatiladi. Uning natijasida jismoniy rivojlanish ta'minlanadi. Shuningdek, o'quvchi va talabalarda sportga qiziqishlar shakllantirilib, sport turlariga jalb etiladi.
    Sog'liqnimustaxkamlash, o'quvchilarni to'g'ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. Tabiat omillari suv, quyosh, havo ta'sirida o'quvchilarni sog'ligini mustaxkamlash, chiniqtirish hamda organizmni kasalliklarga chidamliligini orttirish. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini imkoni boricha toza xavoda o'tkazish yoki sport zallarini toza havo bilan ta'minlanishini tashkil etish. O'quvchi va talabalarni suv muolajalari, suzish va cho'milish mashg'ulotlarini olib borish hamda quyoshga toblanish tadbirlarini boshqarish. Bu tadbirlarni sayrlar, ekskurstiyalar va turizm mashg'ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifa ta'lim muassasasidagi barcha jismoniy madaniyat va sport ishlarining eng muhimi xisoblanadi. U xar bir o'qituvchining, pedagoglar jamoasining diqqat markazida bo'lish kerak. Shuning uchun o'quvchi va talabalarning jismoniy jixatdan normal rivojlanishi kerak.
    Harakat, malakalari va ko'nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o'rgatish. O'quvchi va talabalarning jis moniy madaniyat dasturi mazmuni shunday tuzilganki, o'quvchilar jismoniy madaniyat darslarida, uyda, jismoniy madaniyat to'garaklarida va sport to'garaklarida muntazam shug'ullanib, yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashish, muvozanat saqlash kabi hayotiy zarur harakat ko'nikmalarini sistemali tarzda egallay boradilar. Sanab o'tilgan barcha tadbirlar xar tomonlama jismoniy rivojlanishiga, ularni mexnatga tayyorlashga yordam beradi. O'quvchi va talabalarda harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantiri shda ularni jinsi, yoshi va jismoniy tayyorgarligi hamda shaxsiy qobiliyatiga qarab yondashish zarur. Jismoniy fazilatlarni takomillashtirish. Tezkorlik, kuch, epchillik va chidamlilik hamda egiluvchanlik xar bir kishi uchun zarur bo'lgan si fatlardir. Ular o'quvchi va talabalarda harakat
    ko'nikmalarining shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir. Jismoniy mashqlarni qisqa yoki uzoq vaqt davomida turli sur'atda, turli
    murakkabliklar bilan o'tkazish yuqoridagi sifatlaming rivojlanishiga yordam beradi. Jismoniy fazilatlarni bir—biriga muvofiq holda rivojlantirish. Mashg'ulotlarni shug'ullanuvchilar shaxsiy qobiliyatlariga muvofiq tashkil etish hamda o'quvchilarni sport turlariga jalb etish.
    Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash. Botirlik, qat'iylik, intizomlilik, jamoatchilik, do'stlik va o'rtoqlik xissini, madaniy xulq ko'nikmalarini, mehnatiga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ko'pchilik jismoniy mashqlar, o'yin harakatlari dovyuraklik va do'stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muxabbat, vatanparvarlik, xis—tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalash. To'g'ri qomatni shakllantirish. To'rganda va yurganda qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalarini shakllantirish. Qomatni to'g'ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun , tik to'rganda, yurganda qomatini to'g'ri tutishi masadga muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo'llash kerak; jismoniy madaniyat darslari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg'ulotlargacha bo'lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish, o'quvchi va talabalarga o'zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy mashg'ulotlar bilan ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan vazifalarni o'z vaqtida tekshirish hamda amaliyotda sinab ko'rish shu asosida natijalarga erishish ko'zda tutiladi. O'quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash muxim vazifalardan biridir chunki o'quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida bo'ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo'naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish mumkin.
    Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarga jalb etish. O'quvchi va talabalarni ta'lim muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali ravishda bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o'quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg'ulotlarni jonli, o'rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish, mashg'ulot rahbarining samimiy muomalasi ostida o'tkazish, shug'ullanuvchilar o'zaro do'stona xamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O'quvchi va talabalarni shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko'ra ularni sport turlari bilan shug'ullanishga jalb etish. Shuningdek, yashash joylarida, sport to'garaklarga umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport mashg'ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O'quvchi va talabalarda tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash. Ta'lim muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda mashg'ulotlarni to'laqonli o'tkazishda o'quvchi va talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o'qituvchiga doimiy yordami zarur. O'quvchi va talabalar orasida jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport
    to'garaklarida jamoa sardorlari, gurux boshliqlari saylanadi. Ular faol ishtirokchi ichidan tanlanadi. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda
    jismoniy madaniyat jamoasiga yaqindan yordam beradilar. Shuningdek, o'quvchi va talabalarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini orttirishda axamiyati kattadir.Jismoniy rivojlanish-tarbiyaning ta'sirida organizmda biologik shakllar va funkstiyalarning vujudga kelishi, o'zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muxiti tuzilishi, o'zgarishi, miqdor va sifat qonuniyatlariga bo'ysunadi. Inson organizmini jismoniy jixatdan baquvvat qilish albatta organizmga berilayotgan jismoniy yuklamalarni meyorida hamda mashg'ulotlarni to'g'ri olib borish natijasida yuzaga keladi.
    Jismoniy harakatlarga o'rgatish jarayoni. Buning vazifasi-xaraktani bajarish va uni takomillashtirishdan to ko'nikmani vujudga kelishini ta'minlashdan iboratdir. Bu etapning to'laligicha ko'p marotabalab takrorlash jarayoni yotadi. Xar bir takrorlash tashqi tomondan bir xilday ko'rinsada xar safargisining mazmuni o'z ichiga yangi. Oldingisidan o'zgacharoq nimanidir olgan bo'ladi. Obrazli qilib aytganda, "takrorlash -takrorlashsiz", "mashq qilish-mashq qilishsiz" takrorlangandek bo'ladi. Aynan shundagina yangi harakat faoliyatining shakillanishi mezoni, poydevori yashiringandir. Shug'ullanuvchilarning ma'naviy xislatlarini tarkib toptirish va uni hayot, jamiyat, ehtiyoji bilan mexnat faoliyati bilan bog'lab olib borish zarur, jismoniy tarbiya jarayoni shug'ullanuvchilarni yangi jamiyat qurish uchun kurashda faol ishtirok etishga ruxlantirish lozim. Shug'ullanuvchilarni milliy istiqlol g'oyasi ruxida tarbiyalash uchun qanday yashayotgani,, nima xaqida o'ylashi, kimlar bilan do'stligi ishlab chiqarishda qanday ishlashi, o'quv yurtida qanday o'qishi, oilada, jamoat joylarda o'zini tutishi bo'sh vaqtini qanday o'tkazishi va boshqalarni jismoniy t arbiya mutaxassislari to'liq bilishi kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassislari shug'ullanuvchilarni jismoniy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini, aql, idrok, xissiyot irodalarini axloqiy sifatlari va statik extiyojlardagi individual farqlarni o'rganish zarur. Mustaqil mashg'ulotlar jarayonlarida o'quvchi va talabalarda jismoniy tarbiya va sportga munosabati shakllanadi, jismoniy mashqlar, harakatlar va sport turlari bilan mustaqil shug'ullanish ko'nikmalari ortadi. Mustaqil mashg'ulotlarda hayotiy zarur harakatlar o'rgatilish bilan birga, jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, tezkorlik, chaqqonlik sifatlari takomllishtirib boriladi. Xar bir jismoniy sifatlarni rivojlantirish natijasida organizda o'zgarishlar sodir bo'ladi. Inson tanasi azolari chiniqadi va qon aylanish doirasi yaxshilanish natijasida rivojlanadi. Jismoni mashqlar bilan shug`ullanishning fiziologik asoslari yoki sport fiziologiyasi odam fiziologiyasining tarkibiy qismi bo`lib, u faol harakat qilish, jismoniy ish, jismoniy mashqlar, alohida sport turlari bilan shug`ullanishning tana a`zolari, tizimlari va bir butun organizmga ta`sirini o`rganadi. Jismoniy hatti-harakatlar bilan shug`ullanish kishining yoshiga, jinsiga, shug`ullanuvchining funktsional holati, ya`ni jismoniy tayyorgarlik darajasiga, ob-havo sharoitlariga va boshqa bir qator tabiiy omillarga yaqindan bog`liq bo`lib, ularga amal qilishning maqsadga muvofiq bo`lishi va samaradorligini kafolotlaydi. Inson organizmdek murakkab va mukammal tuzilgan tizim bo`lmaganidek, uning hayotiy faoliyati, jumladan, jismoniy qobiliyati, imkoniyatlari ham juda keng serqirralidir. Bulardan o`rganishda qanchalik ko`p muvaffaqiyatlar qo`lga kiritilmasin, odam tanasining jismoniy nuqtai nazardan noma`lum sirlari hali juda ko`p, ularni ochishda mashq turlarini fiziologik jihatdan mukammal klassifikatsiyalashni, kuch, tezlik, chaqqonlik hamda epchillikning funktsional harakteristikasini, mashq qilishning fiziologik xususiyatlarini, ko`p mashq qilganlikning salbiy oqibatlari, belgilari va boshqa shunga o`xshash holatlarni to`liqroq tasavvur qilish muhim ahamiyatga ega.
    Inson organizmida ya`ni inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, jismoniy ish muhim o`rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, turmush tarzi bevosita faol harakatni taqozo qiladi. Bunday bog`lanish inson paydo bo`lganidan beri hayot kechirishning ajralmas qismi bo`lib, evolYutsion yo`l bilan mustahkamlangan. Shu sababli harakat faqat yashash uchun kerak bo`lib qolmay (ovqat topib eyish, dushmandan o`zini himoya qilish, noqulay omillardan muxofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki a`zolarning me`yoriy ishlashi uchun zaruratga aylangan. Xozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning bevosita toboro keng ko`lamda qo`llanishi insonning harakat qilishining cheklanganligini kuzatish mumkin. Faol harakat qilishni cheklashi bilan organizmdagi barcha a`zolarning me`yoriy ishlashi buziladi, chunki ular asosan serharakat sharoitda o`z funktsiyalarini to`liq bajaradilar. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish kundalik turmushning ajralmas qismiga aylanishi taqozo qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday turmush tarzi jarayonida inson tanasidagi barcha a`zolar va tizimlarning harakatga nisbatan bo`lgan tabiiy talabi qo`shimcha ravishda Yuzaga keladigan serharakatchanlik bilan yoki jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish orqali qoplanishi kerak. Faol harakat qilib yashash inson organizmining kasalliklarga kam chalinishini, xastalangandan keyin esa oson va tez tuzalib ketishini tegishli ravishda ta`minlaydi. Hayotda bunga ko`pgina jonli misollar keltirish mumkin. Ma`lumki, ota-bobolarimizning turmush tarzi doimiy jismoniy ish qilish bilan bog`liq bo`lgan. Ko`pgina manbaalarda ko`rsatishicha, bunday serharakatli bo`lish kishi sihat salomatligi uchun juda foydali hisoblanadi. Shu boisdan ham ular hozirgi paytda tez-tez uchrab turadigan ayrim surunkali kasalliklar bilan (qonda holesterin moddasining oshib ketishi va bu bilan bog`liq xastaliklar: semizlik, qantli diabed, Yurakning ishemik kasalligi va boshqalar) kam og`riganlar. Hozirgi paytda shu narsa ilmiy ravishda asoslanganki, arterial qon bosimining Yuqori bo`lishi (gipertoniya), miokar infarkti, asab tizimining qator hastaliklari (nevroz, nevrasteniya, depressiya va boshqalar) o`t va siydik yo`llarida tosh paydo bo`lishi kabi «zamon kasallliklari» ko`pincha jismimizning harakatga to`ymasligidan kelib chiqadi. Aytib o`tilganidek Yuqoridagi barcha kasalliklar bilan og`rigan bemorlarning aksariyat qismi o`tirib bajariladigan ish bilan (idora xodimlar, ilmiy xodimlar, pul’t boshqaruv tizimida navbatchilik qiluvchilar, rahbarlar va boshqalar) shug`ullanishi aniqlangan. Yuqorida qayd qilingan kasb egalarining doimiy ravishda ish joyida badantarbiya, ishlab chiqarish gimnastikasi bilan yoki maxsus sport sektsiyalarida shug`ullanishi eslatib o`tiladi. Chunki Yuqorida aytib o`tilganlarni bajarilganda xastaliklar chekinishi va salomatlik mustahkamlanishi mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan muntazam ravishda shug`ullanishi ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining Yuqori bo`lishiga olib keladi. Bu fikrni hali ko`pgina misollar bilan tasdiqlash mumkin. Nafaqat jismoniy ish bajaradiganlar, balki aqliy mehnat qiluvchilar ham muayan vaqt o`tishi bilan maxsus jismoniy mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak inson organizmiga uning faol va sog`lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir qatorda etarli darajada jismoniy harakatlar qilib turish ham zarur ekanligi shubhasiz.
    Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari odam fiziologiyasi kursining tarkibiy qismi bo`lib, keyingi yillargacha ular birgalikda o`qitib kelindi. Uning kelib chiqishi, rivojlanishi, o`rganish xususiyatlari shuning uchun ham odam fiziologiyasi faning yo`nalishlari bilan uyg`unlashib ketgan va mavjud darsliklarda umumiy tarzda berilgan. Jismoniy tarbiya va sport kundan-kunga kishilar hayotiga singib ketmoqda, ular bilan shug`ullanuvchilar tobora ko`paymoqda. Shu sababli jismoniy mashqlar va muskul faoliyatinig organizm tizim va a`zolari faoliyatiga ta`sir qilish sirlarini o`rganish bu sohadagi har bir o`qituvchi-murabbiyning burchidir. Bu narsalarni o`rganish jismoniy mashqlar fiziologiyasining mazmunini tashkil qiladi. Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslarini o`rganish usullari haqida gapirganda shu narsani aytish lozimki, odam fiziologiyasini o`rganishdagi asbob-uskunalar, apparatlar, jihozlarning ko`pchiligi muskul faoliyatining organizmga ta`sirini qayd qilishda ham qo`llaniladi. Bularga asosiy stefonendoskop, sfigmomonometrlar yordamida Yurak urishi va qon bosimini o`lchash, spirometr va spirograf orqali nafas olishni qayd qilish, Goryaev usulida qon shaklli elementlarini sanash, Sonli usuli bilan qonda gemoglabinni xisoblash va boshqalar. Keyingi yillarda fotometrik, telemetrik, rentgenoskopik usullar sport fiziologiyasida keng qo`llanilmoqda. Jismoniy ish, har xil jismoniy mashqlar va badantarbiyaning odam organizmiga ta`sir qilish haqidagi ma`suliyatlar dastlab Aristotel asarlarida uchraydi. U nihoyatda og`ir yoki juda engil gimnastika mashqlari bilan shug`ullanish jismu-jasadning kuchsizlanishiga olib keladi, deb yozib qoldirgan. BuYuk mutafakkir va qomusshunos olim Abu Ali Ibn Sino o`zining ko`p tomlik «Tib qonunlari» va boshqa asarlarida, kichik-kichik risolalarida «Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish-salomatlikni saqlash va mustahkamlashda ulug` ishdir» deb qayta-qayta ta`kidlagan. BuYuk bobokalonimiz «Tib qonunlari»da jismoniy mashqlarda bola organizmiga ta`sir qilishi juda sezilarli ekanligi, mashq qilishda bolaning yoshi, jismoniy va ruhiy holatlarini xisobga olish kerak, degan dono fikrni birinchi bo`lib aytgan Abu Ali Ibn Sino jismoniy mashqlarni odam orgnaizmi funktsional xususiyatlariga ta`sir qilishiga ko`ra oltita guruhga bo`lib chiqqan:
    Tez bajariladigan harakatlar, bularga: tez Yurish, bir oyoqda sakrab harakat qilish, qilichbozlik, nayza irg`itish, kamonda o`q otish va mushtlashishlar kiradi.
    O`rtacha tezlikda bajariladigan harakatlar bularga kurash tushish, og`irlik ko`tarish, chavgon o`ynash kabi jismoniy mashqlar kiradi.
    Engil va nafis harakatlar, bularga qayiqda, kemada sayr qilish va tebranishlar kiradi.
    Juda sekin harakatlar: ot, tuya va aravada sayr qilish kiradi.
    Harakatning maxsus turlari: qo`l va oyoq bilan har xil harakatlar qilish, nafas olish a`zolari, butun tana a`zolarini harakatga keltirish.
    Tog`larga sayr qilish, o`zga mamlakatlarga safarga chiqish va boshqalar.
    Yuqoridan kelib chiqib shunday hulosalarga kelishimiz mumkin. Demak jismoniy tarbiya va sport juda uzoq tarixga ega va uning rivojlanib takomillashishida bobolarimiz ham ulkan xissa qo`shganlar. Jismoniy madaniyatda rekreasion harakatlar.
    Rekreasiya – qayta tiklash, sog’lomlashtirish, xordiq chiqarish ma’nolarini bildiradi. Jismoniy madaniyatning taraqqiyotida Rekreasion harakat muhim o’rin tutadi. Chunki u faol dam olishning mujassamlashgan vosita usullaridan hisoblanadi.
    Rekreasion jismoniy madaniyat harakatining rivojlanishiga ob’yektiv sabablar ko’p. Ya’ni zavod-fabrikalar, maktablar va boshqa joylarni qurish uchun joylarni band qilish, shaharlarning kengayishi, ekologiyaning buzilishi, ishchi va mehnatkashlar ish vaqtining ko’payishi, dam olish hamda hordiq chiqarishga imkoniyatlarning kamayishidir. Yoshlar o’rtasida ichish, chekish, bezorilik va tartibsizlikning o’sishi ham ularga qarshi tadbirlar olib borishni taqozo etdi. Yana bir tomoni shundaki, fan-texnika taraqqiyoti va ba’zi kishilarning turmush sharoiti faol harakat qilishdan orqada qolib ketdi. Natijada, gipodinamiya hollari rivojlana boshladi. Bularning barcha salomatlikning susayishi va kasalliklarning ko’payishiga olib keldi. Ana shu illatlarning saqlanish yo’lida jismoniy tarbiyadan foydalanish ishlari shakllandi. Bu yo’lda birinchilardan bo’lib Angliya XIX asrning 70-yillarida harakat qildi va Londonda o’yinlar uchun maydonlar tashkil qilindi, istirohat bog’lari barpo etildi «Sotsialniy kvartal» (ijtimoiy xudud) harakatining faollari sayrlar, o’smirlar va katta yoshdagilar bilan o’yinlar o’tkazishdi. XX asrning 80-90-yillarida shunga o’xshash istirohat va ko’ngil ochish bog’lari AQSh, Germaniya, Polshada (Iordan bog’i) Kanada, Fransiya, Avstraliya, Urugvay va boqsha mamlakatlarda ham bunyod etildi. Jismoniy madaniyat - umum insoniy madaniyatning bir qismi, inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyat sohasi. Jamiyatdagi J. m. holatining asosiy koʻrsatkichlari: odamlarning sogʻlomligi va jismonan chiniqqanligi, J. m.ning tarbiya va taʼlim sohasida, i. ch.da, turmushda qay darajada tatbiq qilinayotganligi, sportdagi yutuqlar va h. k. J. m. xalq oʻyinlari, jismoniy mashqlar, sportni va turizmning faol harakat talab qiladigan koʻrinishlarini oʻz ichiga oladi. J. m. tibbiyot, ekologiya, ped., psixologiya kabi fanlar bilan bogʻliq holda shakllangan va rivojlangan. U jamiyat taraqqiyoti, odamlarning samarali mehnat qilishi, aqliy imkoniyatlarning ravnaq topishi, axloqiy poklanish, kelajak nasllarning jismoniy ahvoliga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir oʻtkazadi. Rimda jismoniy tarbiya tizimi kuldorlar armiyasi qudratini mustaxkamlash vazifasiga muvofiq ravishda karor topdi. Rimda respublika davlatlari qaror topgan xarbiy-siyosiy tuzumda, ijtimoiy xokimiyat xarbiy xizmatni o`tashga majbur bo`lgan fuqarolar kulida bo`lgan bir sharoitiga tayyorlashi kerak edi. Bu masalalarning xal etilishini uchun maxsus tarbiya muassasalari tashkil etilgan. Qadimgi Gretsiyadan farqli ravishda Rimda tarbiya ishi uyda beriladigan tarbiya tavsifiga ega bo`lgan. Rimlik yigitlar armiya safiga kirguncha oilada o`z tengdoshlari orasida bo`lardi. Ko`p sonli qadimiy xalq o`yinlari va mashqlari ularni jismoniy jixatdan tarbiyalash vositalari edi.
    Katta yoshdagi o`g`il bolalar asosan yugurish, irgitish, kurash, qilichbozlikdan mashq qilganlar. Patritsiylar oilasidan chiqqan bolalar otda yurishni mashq qilishga ko`p vaqt ajratganlar.
    Rimlik yigitlar oilasida dastlabki jismoniy tayyorgarlikni yetarli darajada olganlaridan keyin 16-17 yoshlarida armiya safiga kabul qilingan. Armiya safida ular uzoq yillar davomida qatiy poxol-lagerlar sharoitida uyushtirilgan va maxsus maqsadga yo`naltirilgan xarbiy va jismoniy maktabni utaganlar.
    Jangchini urgatish ishi juda mashakkatli bo`lib, bu ish imkoni bo`lgan barcha usullar bilan jangda jismoniy kuchni kamol toptirish uchun mo`ljallangan edi. Doimiy suratda kurol ishlatishni va turli xarakatlar kilishni urgatish bilan birga, amalda yugurish, sakrash, langar cho`p bilan sakrash, qoyaga chikish, kurashish, suvda suzish-avval, kiyim-boshsiz suzish, so`ngra esa butun kiyim-bosh va kurollari bilan suzish mashqlari keng qo`llangan. Xar bir jangchi o`z yelkasida 40 funtdan 60 funtgacha kurol aslaxa ko`tarib, tula poxod anjomlari bilan o`tkaziladigan davomli safarlarda soatiga 5 mil yo`l bosgan. Yangi askarlargina emas, balki, tajribali keksa legion soldatlari xam jismoniy tetiklik va epchilligini sakrash, tinkani kuritadigan mashg`ulotlar va kiyinchiliklarga odatlanish uchun bu mashqlarning barchasini bajarishlari lozim.
    Bunday tarbiya tizimi Rimda eramizdan avvalgi 11 asrgacha Mariya isloxoti bilan professional armiyaga asos solingan davrgacha saqlanib qoldi.
    Jismoniy mashqlar, o`yinlar, musobaqalar qadimgi rimliklarning butun xayotiga singib ketgan edi. To`p bilan o`ynaladigan turli o`yinlar g`oyat darajada ommalashgan edi. Bunday o`yinlar xam patritsion-aslzodalar orasida xam plesblar orasida tarkalgan edi.
    Rimliklar xayotida rim tarixining mashxur sanalariga va turli diniy bayramlarga moslab o`tkaziladigan ko`p sonli jamoat o`yinlari katta o`rin tutardi. Rimda jamoat o`yinlarini o`tkazish uchun eramizdan avvalgi VI-asrdayoq podsho Tarkviniy Prisk tomonidan katta sirk kurilgan edi. Keyinroq, eramizdan avvalgi III-asrda ikkinchi sirk-Flaminiylar sirki qurilgan edi.
    Rim o`yinlari-patritsian aslzodalarning bayrami xisoblangan eng qadimgi o`yinlar, eng ommalashgan sirk o`yinlari qatoriga kirardi. Eramizdan avvalgi VI-asrdan boshlab respublika o`rnatilgandan keyin plebey o`yinlari keng tarqalgan. Eramizdan avvalgi V-asrdan boshlab uch kecha-yu, uch kunduz davom etadigan yuz yillik o`yinlar zur dabdaba bilan utkazila boshlandi. Bu o`yinlarni konsul Valeriy Noplikoloyu yaratgan bo`lib, yuz yilda bir marta uyushtirilgan.
    Bu o`yinlar dasturiga musobaqalarning ko`pgina turlari kiritilgan. Otliklar musobaqalari va kush gildirakli aravada chopish eng sevimli o`yinlardan bo`lgan. Ko`pincha o`yinlar dasturiga yuguruvchilar, kurashuvchilar, mushtlashuvchilarning musobakalari xam kiritilgan.
    Tomoshalarni tashkil etuvchilar, tomoshalarni uyushtirish vaktida an`anali kadimgi rim o`yinlari dasturi bilangina cheklanib qolmasdan tomoshalarning yangi, ancha o`tkir elementlarini , bebosh olomonning diqqatini jalb etadigan elementlarini topishga xarakat qilganlar. Eramizdan avvalgi II- asrda vujudga kelgan ancha yakkol yangi o`yinlardan biri gladiatorlar jangchi bo`lib, keyinchalik u Rim tomoshalarning asosiy elementlaridan biriga aylanib qoldi. Dastlabki vaqtlarda bayram kunlari ayrim gladiatorlar sirk maydonlarida chikar edi, so`ngra ularning musobaqalari ommaviy xarakter kasb etdi. Agar qadimgi Rim sirk o`yinlarida-otliklarning musobaqalarida, kush gildirakli aravalarda, yugurishlarda va xokazolarda kuldorlarning o`zlari qatnashgan bo`lsa, qonli gladiatorlik janglarida esa o`yinlarni tashkil etuvchilar qilichbozlik san`atini yaxshi egallagan kunlardan foydalanganlar. Eramizdan avvalgi! Asrda Rimda gladiatorlarni tayyorlash uchun maxsus maktablar tashkil etila boshlandi. Bu maktablar xam xususiy shaxslar, xam davlat tomonidan tashkil kilinar edi. Bu maktablarga odatda biror gunoxi uchun xukm qilingan qullar tanlab olinardi. Ushbu maktablarda kullar tajribali yo`rikchilar raxbarligida kurollarning turli shakllarida qilichbozlik qilishga o`rgatilgan. Epchillikning o`sishiga va chiroyli xarakatlarning shakllanishiga katta e`tibor qaratilgan, Zarurligiga qarab, tomoshalarning tashkilotchilari maktab egalaridan ma`lum tulov badaliga gladiatorlarni olar edilar. Sirk maydonida yoki amfiteatrdagi olishuvda omon qolgan gladiatorlar yana maktab egalari ixtiyoriga qaytib borardi.
    Gladiatorlarning maktablarida kullarni ekspluatatsiya qilishning g`oyat darajada qattiq formalari mavjud bo`lgan, lekin bu maktablarda kullarni birlashtirish uchun eng yaxshi sharoit xam mavjud edi. Shuning uchun gladiatorlarning maktablari ko`pincha kullar qo`zg`olonning uchog`i xisoblanar edi. Rim tarixidagi kullarning gladiator SPARTAK boshchiligida ko`tarilgan eng yirik qo`zg`olon KAPUYE shaxridagi maktab gladiatorlarning qo`zg`oloni bilan (eramizdan avvalgi 73 yilda) boshlangan edi. Bu qo`zg`olon juda yirik kullar ommasini xarakatga keltirdi. Rim kuldorlik davlati kullarga karshi kurashish uchun o`zining barcha kuchlarini safarbar etishga majbur bo`ldi. Qo`zg`olon shafqatsizlik bilan bostirildi, lekin u quldorlik tuzumi asoslarini larzaga keltirishga imkon bergan kullar revolyutsiyasining boshlanishga sabab bo`ldi.

    Adabiyotlar:


    1. A.D.Novikov, A.P.Matvееv Jismoniy tarbiya nazariyasi va mеtodikasi. Topshеnt «O’qituvchi» 1982 yil. 1 tom.
    2. V.M.Kachashkin. Jismoniy tarbiya mеtodikasi. Toshkеnt
    «O’qituvchi» 1982 yil.

    3. Jismoniy madaniyat dasturi. Toshkеnt 1998 yil
    4. I.A.Karimov. Buyuk maqsad yo’lidan og’ishmaylik. Toshkеnt
    «O’zbеkiston» 1993 yil.

    5. I.Karimov. Halollik va fidoyilik - faoliyatimizning asosiy
    mе'zoni bo’lsin. Toshkеnt «O’zbеkiston»1994 yil.

    Download 34.23 Kb.
    1   2




    Download 34.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab o'quvchilaring jismoniy tarbiya pedogogiga texnologiyalari rеja

    Download 34.23 Kb.