• Mavzu: O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini PISA va TIMSS topshiriqlari asosida baholash (stesting.uz) amaliyoti Maqsad va vazifalar
  • Reja: 1.
  • Maktabda tabiiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi




    Download 0.97 Mb.
    bet1/3
    Sana11.08.2023
    Hajmi0.97 Mb.
    #78358
      1   2   3
    Bog'liq
    rnz2YP50LGJEgYavH6WKjY3yu0d8xpWN9IMBquNn
    2-MA\'RUZA, Tijorat banklarining aktiv-passiv operatsiyalari axror, 20.-mavzu BOP, O’qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini shakllanti, BSn1aFBxRpReOhuwWp66qNf1x4D7zc3kYdulI0xo, 32 futbolllaaaaa, 6 ta tarqatma savol Sariyeva Ayjamol, sozdat, wepik-ensuring-sustainable-financial-stability-for-economic-entities-a-strategic-approach-20231221184332aPOI, 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar, Амалиёт дастури 4-курс2023-2024 (2), Turobov Sardor, ҚУРБОНОВ ЎКТАМЖОН 821-ГУРУХ.pptx, Tekshirdi jumayev z-fayllar.org



    MAKTABDA TABIIY FANLARNI
    O‘QITISH BO‘YICHA QISQA
    MUDDATLI O‘QUV KURSI


    O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini
    PISA va TIMSS topshiriqlari asosida
    baholash (stesting.uz) amaliyoti
    Mavzu: O‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini PISA va TIMSS topshiriqlari asosida baholash (stesting.uz) amaliyoti


    Maqsad va vazifalar:

    • Xalqaro baholash dasturlari yordamida ta’lim sifatini tadqiq qilish, maktablarda taʼlim sifatini yaxshilash va oʻquvchilarni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash darajasini yanada oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar asosida, ilgʻor xalqaro tajribalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish;

    • xalqaro baholash dasturlari natijalari asosida umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholash milliy tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish



    Reja:
    1. “STesting”- o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash elektron platformasi
    2. Stesting elektron platformasining imkoniyatlari
    3. Xalqaro baholash dasturlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlar.

    “STesting”- bu o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan elektron tizim va videolarni o‘z ichiga olgan innovatsion platforma.


    STesting elektron platformasi orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar xalqaro baholash dasturlarining topshiriqlarini o‘zida mujassam etgan elektron test tizimida o‘z bilimlarini sinashi, shuningdek, ota-onalar o‘zlariga mo‘ljallangan video mahsulotlar bilan tanishishlari orqali xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
    “STesting” elektron platformasi – o‘quvchilarni ilm-fan yutuqlaridan boxabar bo‘lishlari, atrof-muhit va inson salomatligi bilan bog‘liq muammolarni hal etuvchi qarorlarni mustaqil qabul qila olishlari, tabiiy boyliklarni asrash, egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish, tabiat va jamiyat hodisalariga nisbatan munosabat bildira olish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni hayotga tayyorlash va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
    Platforma o‘quvchilardagi funksional savodxonlikni baholash orqali o‘quvchilarning bilimini va mamlakatdagi ta'lim sifatini aniqlash, yosh avlodning o‘z bilimlarini sinab ko‘rish, videolar bilan tanishib chiqish, bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, tahlil va talqin qila olish, mulohaza qilish ilm-fan yutuqlaridan boxabar bo‘lish, tabiat va jamiyatga nisbatan munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
    E lektron platforma orqali o‘quvchilar:

    • Topshiriqlarini yechish orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari;

    • xalqaro tadqiqotlarga oid videolar bilan tanishib chiqishlari;

    • egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish, tahlil va talqin qila olish hamda mulohaza yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;

    • elektron platforma materiallarini bepul yuklab olishlari;

    • XXI asr ko‘nikmalari bo‘yicha metodik yordam olishlari mumkin.


    PISA funksional savodxonlikni baholashga qaratilgan eng nufuzli tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Shu kunga qadar PISA tadqiqoti natijalari asosida ishtirokchi mamlakatlar o‘zlarining ta’lim tizimida turli o‘zgarishlar, yangi yondashuvlarni amalga oshirib kelmoqda. Aksariyat hollarda bu islohotlar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. PISA tadqiqoti ta’lim tizimining haqiqiy holatini aniqlab, u haqda obyektiv xulosa beradi. Ta’limimizning “qaysi nuqtada turganligini” va “qayerga qarab yurishi” kerakligini ko‘rsatadi. Bu orqali ta’limni rivojlantirishni strategik rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Download 0.97 Mb.
      1   2   3




    Download 0.97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabda tabiiy fanlarni o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi

    Download 0.97 Mb.