|
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 62,94 Kb. | | #230251 |
Bog'liq Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish
Mundarija:
Kirish 2
I.Bob.Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimi 4
1.1. Sinf o‘quvchilar tarbiyachisi.. 4
1.2. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari ishini takomillashtirish. 11
II.Bob.Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish 15
2.1.Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari 15
2.2.Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi 20
Xulosa 31
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 33
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Tarbiya - aniq maqsad va tarixiy tajriba asosida yosh avlod ongini har tomonlama o’stirish va ularning dunyoqarashini kamol toptirish jarayonidir. Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulhiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo’lib qoladi. Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Tarbiyachi bola shaxsining o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
|
| |