|
II.Bob.Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish
|
bet | 5/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 62,94 Kb. | | #230251 |
Bog'liq Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish II.Bob.Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish 2.1.Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari
Sinf rahbari o'quv-tarbiyaviy jarayonning tashkilotchisi, pedagogik mahoratning yuksak namunalarini o‘rnak qilib ko'rsatuvchi ustoz demakdir. Shunday ekan, sinf rahbarining muhim fazilatlaridan biri uning yaxshi o‘qituvchi bo'lishidadir. Sinf rahbari dars olib borishi, o‘quv-tarbiya va xo‘jalik ishlarini yurituvchi, taiabchan bo‘lishi hamda o'quvchilarning dilkash murabbiysi bo'lishi kerak. Rahbarlik iste’dod va fazilati hayotning o'zida, maktabdagi ish amaliyotida shakllanib, kishidan keng ko‘lamdagi bilim va tajribani, muallimlikka xos fidokorlikni, tanlangan ishga cheksiz sodiqlikni talab qiladi.
Hozirgi sharoitda sinf rahbarining fazilati qanday bo'lishi kerak? Bizningcha, hozirgi sinf rahbari dadil, tashabbuskor, bilimdon, madamyatli, halol va va’dasiga vafodor bo'lishi kerak. Bunday oqil rahbir har qariday vaziyat va sharoitga to'g'ri yondosha oladi, voqealarga va turmush hodisalariga dadil, odil baho bera oladi, haqiqiy talab va adolatli ish uslubini vijudga keltira oladi, mehribon inson sifatida katta mavqega ega bo'ladi. Obro'-e’tibor inson xususiyatining ichki belgilariga bog'liq bo'ladi. Tashqi vaziyatlar uning rivojlanishiga ko’maklashishi va uni rag'bai lantirishi mumkin. Agar rahbarning amalfy va siyosiy xususiyatlari o‘zi egallab turgan lavozimga mos kelrnasa, natijada o'ziga topshirilgan ish sohasini uzoq vaqt, malakali va samarali idora qila olmaydi. Har bir kishi o'z obro'-e’tiborini o'z mehnati bilan yaratadi.
Sinf rahbari esa, o'z obro'-e’tiborining birinchi va asosiy ijodkoridir. Sinf rahbari mavqeyini uning egallab turgan lavozimi va boshliqlarning qo'llab-quvvatlashi emas. Balki uning o'z ishiga munosabati, bo'ysinuvchilar va mehnatkashlarning unga munosabati belgilaydi. Obro'-e’tiborli rahbar sinfning g'oyat hurmatli rahbari, ustozi va murabbiysidir. Jamiyatdagi boshqaruv tizimini ma’lum boshqarish vazifalari asosida tashkil qilish muhim ahamiyat каsb etadi. Shunga ko'ra uni alohida ko‘rsatib o'tish maqsadga muvofiqdir:
o'quv jarayonini umumiy tashkil qilish vazifasini bajaradi;
mustaqil davlatimizga munosib o'quvchilar tayyorlashda asosiy javobgarlardan biri va undagi o'z o'rnini aniqlab olishi;
o'z faoliyati rejalarini aniq, o'z vaqtida va izchillik bilan bajarishga erishish;
vazrfaning o'ta mas’uliyatli bo'lishini sezish bilan birga unga mos ilmli, madaniyatli, oqil, adolatli, tadbirkor, tashabbuskor bo’lishga doimo harakatda bo'lish;
o'z ishini bilishi, mas’uliyatni va javobgarlikni his qilishi lozim;
yoshlarni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashga muntazam ravishda e’tibor berish;
o'zi ishlayotgan sinf va maktab nufuzini oshirishga doimo e’tiborda bo'lish;
sinf rahbari o‘quvchilar bilan ishlashda o‘ta sinchkov, uddaburon bo‘lmog‘i va tadbirkorlik bilan ish yuritmog‘i lozim va u har bir vazifani bajarishda o‘quvchilar bilan muloqotda bo‘lishi hamda ulardan kelib chiqadigan munosabat natijalariga befarq bo’lmasligi kerak;
sinf rahbari ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib turishi lozim va bu orqali har bir o‘quvchining xulq- atvorini o‘rganish, uning uyidagi va maktabdagi faoliyatini bilishi hamda o'quvchining o'qish va xulq-atvoridan ota- onani xabardor qilish, ya’ni ikki tomonlama tarbiyaning bir maqsadga — yetuk mutaxassis va barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga doimo e’tibor berish;
o‘quv jarayoniga mas’ul;
o‘quv jarayonining samarali bo‘lishi o‘z zimmasida ekanligini doimo his etish;
jamiyat taraqqiyotiga mos mas'uliyat negizida javobgarlik doirasi kengayib borishini doimo his qilish;
sinf rahbari tashabbuskor bo‘lishi kerak va u ish yuritishda fidoyi bo‘lmog‘i lozim;
ilmga intiluvchi yoshlarga rahbar va ularni mazkur yo‘nalish bo‘yicha yetaklovchi ekanligini doimo his qilish;
sinf rahbari o‘quvchi: yosh yigit va qizni o‘z farzandi, o‘sib kelayotgan avlod, g‘uborsiz, sofdil, yangilikka intiluvchan qalb egasi va nihoyat ota-ona, murabbiylar ko‘rsatgan yo‘lidan borishga astoydil bel bog‘langan farzand ekanligini doimo esda tutishi kerak;
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishiga sharoit yaratish va bunda faol o‘quvchilardari foydalanish;
o‘quvchilarni kasbga tayyorlashda o‘sha sohaning mashhur kishilari bilan uchrashuvlar o’tkazish sinf rahbarining asosiy burchlaridan biriga kiradi.
O‘qituvchi tarbiya jarayonida rag‘batlantirish va jazolash usullarining psixologik-pedagogik asoslarini bilishi shart. Bunda pedagogik bilim eng muhim usul bo‘lib hisoblanadi. Talab — bu tarbiyalanuvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatining bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida namoyon bo‘lishi; turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi; u yoki bu xarakterda rag‘batlantiruvchi yoki uni to‘xtatuvchi bo’lishi; oqilona xarakterlarga undovchi bo’1ishi mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga solish va ijtimoiy ta lablarga moslashtirish maqsadi da rag‘batlantirish va jazolashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
|
| |