Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari ishini takomillashtirish




Download 62,94 Kb.
bet4/8
Sana13.05.2024
Hajmi62,94 Kb.
#230251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish

1.2. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari ishini takomillashtirish.


Sinfda asosiy ishlarni yo’lga qo’yadigan, o’quvchilarning birinchi tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab rah­bari tajribali va obro’li o’qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish, jamoani uyushtirish va uni tarbiyalash mas’uliyati, sinfda o’quv-tarbiya ishlariga javobgarlik yuklanadi. Tarbiyachi sifatida o’quvchilarni har tomonlama kamol topishi to’g’risida, ularni mehnatsevarlik, ruhida tarbiyalash, o’quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni mustahkamlash to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Sinf rah­bari bu ishlarning hammasini havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy mas’ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab rahbarlari oldi­da, xalq maorifi tashkilotlari oldida o’ziga topshirilgan sinfda g’oyaviy-siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi uchun javobgardir. Sinf rahbarining asosiy vazifasi o’quvchilarga tarbiya berish va ularni do’stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. U o’z sinfida dars berayotgan o’qituvchilar olib borayotgan o’quv tarbiya ishlarining xususiyatlarini, ularning o’quvchilarga qo’yadigan talablari hamda o’quvchilar bilan o’zaro aloqalarini o’rganadi, ayrim o’quvchi­lar xulq-atvori haqida ularga ta’sir ko’rsatish metodlari haqida o’qituvchilar bilan fikrlashib turadi.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o’rganadigan har bir o’quvchi, avvalo, quyidagilarni yaxshi o’rgangan va har jihatdan puxta o’zlashtirgan bo’lmog’i lozim. Ya’ni tarbi­yaviy ishlar uslubida umuminsoniy g’oyalarni, ma’lum maqsad­ga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiya­lashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo’yiladigan talablar va uni hurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o’quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo’lishini o’z ichiga oladi. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlanmasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun e’tiborni o’quvchi shaxsiga, uni har tornonlama ka­mol toptirishga qaratmog’i lozim.
Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi qismlarga bo’linadi:

  1. O’quvchilarni o’rganish, sinfga rahbarlik qilish, sinfning har qaysi o’quvchisini o’rganishdan boshlanadi. Buning natijasida o’quvchilarga individual yondashishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan sharoit yuzaga keladi.

  2. Sinf o’quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlari dars biridir. Sinf rahbari o’quvchilarni inoq va ma’lum maqsadni ko’zlavchi jamoaga jipslashtirar ekan, o’quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun zamin yaratadi.

Sinf birdaniga jamoa bo’lib shakllanib qo’ya qolmaydi. Sinf rahbari bilan birgalikda faoliyat ko’rsatish tajribasi to’plangan taqdirda, faol, ijobiy an’analar barpo etilgan taqdirda, o’rtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamoa bilan to’g’ri munosabatlar o’rnatilgan taqdirdagina sinf jamoa bo’lib shakllanadi.

  1. O’quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlash. Bilimlarning yuksak darajada bo’lishi va ongli intizom sinfda ta’lim-tarbiya ishini to’g’ri yo’lga qo’yishning eng muhim ko’rsatkichlaridandir. O’quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni demokratik jamiyat, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o’rgatish sinf rahbari faoliyatida katta o’rin tutadi.

  2. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ular­ni o’tkazish.

  3. Bolalar va o’smirlar uyushmasi tashkilotlariga yordam ko’rsatish, ular bilan yaqindan aloqada bo’lish.

  4. O’quvchilar ota-onalari bilan ish olib borish.

Maktab tajribasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning turli usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo’llanib kelinmoqda. O’quvchilar bilan yalpisiga, yakka-yakka va guruhlarga bo’lib ham ish olib boriladi. Faol o’quvchilar bilan ish olib borish, o’z sinfida dars o’tayotgan o’qituvchilar bilan, o’quvchilarning ota-onalari bilan va korxonalar bilan aloqa bog’lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish faoliyatida katta o’rin tutadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sinf rahbarining olib boradigan ishlarini quyidagicha belgilash mumkin: sinf bilan yalpisiga ish olib borish. Uning o’ziga xos xususiyati – sinfdagi hamma o’quvchilarni bir vaqtning o’zida tarbiyaviy tadbirlarga jalb etishdan iboratdir. Sinf bilan yalpisiga ish olib boriladigan tadbirlar odatda oyiga ikki-uch marta, ba’zan esa, har haftada bir marta o’tkaziladi.
Sinf rahbari faoliyatida sinf burchagi. Maktabda o’quvchi­larning o’qish va o’qishdan tashqari ish faoliyatlari o’tadigan asosiy joy shu sinfga biriktirilgan sinf xonasidir. Bu sinf xonasidagi sinf burchagini sinf rahbari sinf faollari bilan birgalikda tuzadi. Unda sinf jamoasining asosiy hujjatlari va ishini aks ettiruvchi materiallar qo’yiladi. Sinf burchagi sinfning hayoti va faoliyatini, uning yutuq va kamchiliklarini aks ettiruvchi ko’zgudir.
Sinf rahbari malakasini oshirish. Endi ish boshlagan sinf rahbarlarigina emas, balki maktabda ko’p yillardan buyon fao­liyat ko’rsatib kelayotgan tajribali sinf rahbarlari ham o’z mala­kalarini oshirishga muhtojdirlar. Sinf rahbari pedagogika va psixologiya asoslari nazariyasini yaxshi o’rganishi va o’zlashtirishi, hozirgi pedagogik texnolgiyalarni va metodlarni, kompyuter texnologiyasini mukammal bilmog’i zarur. Tarbiya masalalariga oid adabiyotlarni muntazam o’qib borishi kerak.
3. Yoshlar ishlari agentligining maqsadi va vazifalari.
2020-yil 30-iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4768-son qarori qabul qilindi.
Agentlik yoshlar yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi nodavlat-notijorat tashkilotlariga o’z faoliyatini yo’lga qo’yish, amalga oshirish va rivojlantirishda har tomonlama tashkiliy va amaliy yordam ko’rsatadi. Agentlik yoshlarga oid davlat siyosatini ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi, shuningdek, yoshlarning intellektual, ijodiy va boshqa yo’nalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi. Agentlikning o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari yoshlarga oid davlat siyosatini ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchun majburiydir. Davlat va davlat ulushi mavjud bo’lgan oliy ta’lim muassasasining yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori (filial direktori o’rinbosari) lavozimiga nomzod Agentlik bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Agentlik bilan majburiy ravishda kelishiladi. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari har chorakda tegishli xalq deputatlari Kengashlari yig’ilishlarida yoshlar faoliyati bilan bog’liq sohalarda uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo’yicha axborot beradi.Agentlik va uning hududiy boshqarmalari davlat organlari va tashkilotlariga yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlarning ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish talabi bilan so’rov yuborish huquqiga ega. Agentlik yoshlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlarga har tomonlama ko’maklashish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirishga mas’ul hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.


Download 62,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 62,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbari ishini takomillashtirish

Download 62,94 Kb.