• Xulosa
  • Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi




    Download 62,94 Kb.
    bet7/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi62,94 Kb.
    #230251
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining kasbiy kompetentligini oshirish

    2.2.Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi


    Sinf ota-onalar majlisini yilda to‘rt marta, har bir choragida o‘tkazib turish lozim. Bundan tashqari, birinchi va ikkinchi sinflarda o‘quv yili boshlanishi oldidan ham ota-onalar majlisi o‘tkazilishi kerak. Bu majlislarda sinf rahbari ota- onalarni sinfdagi ta’lim-tarbiya ishlarining ahvoli bilan, bola­larning yoshi oshgan sari tarbiya sohasida tug‘iladigan yangi vazifalar bilan tanishtiradi. Sinf rahbari, ba’zan, ayrim o'quv­chliar yordamida ota-onalarini sinf hayotidan olingan amaliy misollarda pedagogikaning asoslari bilan tanishtiradi. Ba’zi ota-onalarni boshqa kishilar oldida hadeb uyaltiraverishi va kamsitaverishdan saqlanish kerak. Sinf rahbari ota-onalar majlisidan keviri har bir ota yoki ona bilan yakka-yakka suhbat qilmog‘i lozim Ota-onalarga o'quvchilarning daftarlarini va boshqa shu kabi ishlarini ko‘rsatishi zarur. Ota-onalar yig‘ilishida o'quvchilar o‘z ishlaridan vaqt-vaqti bilan hisob beradi. Lekin bunday hisobot uzoq cho‘zilmasligi, o‘z ishini ko‘pchilik oldida chiqib ko‘rsat ishga tayyorlangan bolalarni uzoq kuttirib qo‘ymasligi kerak. Sinf rahbari ota-onalar faolligini aniqlashi va o‘z atrofiga to'plashi lozim. Bu faol o'quvchilarning maktab va oilada belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilishlarini, darslarni o'zlashtirishlarini nazorat qilib borishda sinf rahbariga yordam beradi. Darslarini o‘zlashtirmay qolgan o‘quvchilarga ayrim hollarda sinf rahbari yordam beradi. O‘quvchilarning uyiga borib ularning ahvoli bilan tanishadi. O‘quvchilarning darslarini o'zlashtirmaslik, darsga kelmay qolishlik yoki darsga kechikib kelish sabablarini aniqlashida sinf rahbariga yordam beradi, muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish choralarini ko‘radi. Sayohatlar o‘tkazishda, sinfdan tash­qari ishlar olib borishda, o'quvchilarning dam olishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo'yishda yordam beradi.


    Sinf rahbari olib boradigan tarbiyaviy ishlarning muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan uning aniq reja bilan ishlashiga va ishlarini yaxshi hisobga olishga bog'liqdir. Sinf rahbarining umummaktab rejasi asosida tuzgan ish rejasi sinfdagi 0‘quvchilar jamoasining hayotini ma’lum bir yo‘lga solishi va o'quv­chilar bilan ota-onalarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan tarbiya­viy ta’sirida birlik bo’lishini ta’minlashi lozim. Sinf rahbarining ish rejasi tarbiyaning umumiy vazifalariga, sinfning xususiyati talab qiladigan aniq vazifalarga va maktab oldida turgan navbatdagi vazifalarga muvofiqlashtirib tuzilishi kerak. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlarining choraklik rejasini tuzib, maktab rahbarining tasdig’iga topshiradi. Sinf rahbariga, ayniqsa, birinchi marta ish boshlagan sinf rahbariga yangi sinf topshirilganda maktab ma’muriyati sinfdagi o'quv­chilar bilan tanishib chiqishi uchun ma’lum muhlat berishi lozim, busiz tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib bo’lmaydi. Sinf rah­bari o‘quvchilar o‘rtasidagi tarbiyaviy ishlar rejasini tuzib chi­qishi oldidan shu sinf haqidagi hamda ayrim o‘quvchilar haqi­dagi tavsifnomani e’tibor bilan o'qib chiqadi.
    Pedagoglar kengashida reja to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalarni ham nazarda tutish lozim. Mana shularning hammasi sinf bilan olib boriladigan barcha ishlarni yaxshi o‘ylab olishga irnkon beradi. Sinf rahbari o‘quvchilar bilan olib boradigan individual ishlarini turli vaqtda o‘tkazadi. Sinf rahbarining rejasida sinfdagi hamma o‘quvchilar bilan oyda ikki-uch marta darsdan bo‘sh soatda uchrashuv ko‘zda tutiladi. Darsdan bo‘sh soatlarida o‘quvchilar majlisi o‘tkazish ekskursiyaga borish va sayr qilish, badiiy havaskorlik to‘garaklarining o‘yin-kulgi ko‘rsatishiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari rejaiashtirilishi mumkin. Bunday soatlarda sinf rahbarining o'zigina so'zlab, o'quvchilarning ba’zi na­sihatinigina eshitib o’tiradigan “suhbatlar o‘tkazishga yo’l qo‘yish yaramaydi. Sinf rahbarining chorak uchun tuzgan rejasida o'quvchilar va ota-onalar bilan o‘tkaziladigan majlislarning muhlati ko‘rsatilishi ham kerak.
    Sinf rahbari sinf hujjatlarining, birinchi navbatda, sinf jurnalining yaxshi yuritilishini doimo tekshirib boradi. U sinfdagi hamma o'qituvchilarning o‘quvchilar bilimiga qo‘ygan baholarini sinf jurnaliga o‘z vaqtiga yozib borishlarini, darsda nimalar o‘tilayotgani va shu dars yuzasidan o‘quvchilarga uyda ishlashga beriladigan topshiriqlarning yozib borilishini kuzatib boradi. Sinf rahbari har kuni ayrim o‘quvchilarning qancha darsda bo‘lmaganini yozib boradi va har bir chorak uchun hisobot tuzib chiqadi. Sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlarini yuritadi va bu hujjatlarni maktab idorasida saqlaydi. Yuqorida aytilganidek, o‘quvchining shaxsiy hujjatida bolani maktabga qabul qilish to‘g‘risida ota-onalarning bergan arizasi, bola­ning yoshi to‘g‘risidagi hujjat, shifokor ko‘rigidan o‘tganligi to‘g‘risidagi murajotnoma, darslarni o'zlashtirishi to‘g‘risidagi tabeli va har yili berilgan tavsifnomalar saqlanadi. Sinf rahbari sinf to‘g’risida yillik hisobot yozib, uni maktab ma’muriyatiga topshirishi kerak. Sinf rahbari sinfda tarbiya ishlarining qanday ahvolda ekanligi to‘g‘risida har bir chorak oxirida og‘zaki axborot beradi. Sinf rahbarining ishi murakkab va xilma xildir. Bu ish uchun ancha ma’lumotli bo‘lish talab qilinadi. Maktabda, rahbarning rahbarligi ostida, sinf rahbarlarining bilimi va pedagoglik malakasini oshirish, amaliy ishlarga doir muhim masalalarni muhokama qilish uchun sinf rahbarlari seminar tashkil qilishi zarur.
    So’nggi yillarda o’quvchilarning extiyoji va o’quvchilar doirasi beqiyos darajada o’sib, o’zgaradi. Fan-texnika yangiliklari, ilmiy ommabop kitoblar, yoshlarning texnik va badiiy jurnallari, kino va o’quvchilarni boy manbaalar bilan tanishtirmoqda. Agar sinf rahbarining sinfdagi ishlari o’quvchilarning ana shu axborotlardan kelib chiqayotgan extiyojlari darajasiga loyiq bo’lmas ekan, unda ishlashda ko’chirmachilik, shaklbozlik vujudga keladi va sinf rahbari tashkil etayotgan ish o’quvchilardan o’sishdan orqada qolganligi uchun unga qiziqish susayadi. SHuning uchun sinf rahbari o’z ishini rejalashtirishda, o’quvchilarning rivojlanish darajasini, extiyojlarini, jamoa taraqqiyoti bosqichlari, kamolot tashkiloti faolligini va imkoniyatlarini xisobga olishi kerak. Buning uchun sinf rahbarining rejasi:
    Birinchidan, o’z mazmuniga ko’ra g’oyaviy-siyosiy, ijtimoiy foydali yo’nalishga qaratilgan bo’lishi, ya’ni jamiyatning va boshqalarning foydasiga qaratilgan ishlarga aloxida e’tibor berish;
    Ikkinchidan, tarbiyaning yo’nalishini, o’quvchilarga ta’sir etish vositalarini maqsadga muvofiq tanlash, ya’ni reja mo’ljallanayotgan ishlar nimaga va kimga qaratilganligini aniqlash;
    Uchinchidan, rejadagi ishlar aniq - umumiy maqsadga bo’ysuntirilgan, bajaruvchilari, vaqti, ish shakli ko’rsatilgan bo’lishi;
    To’rtinchidan, rejadagi ishlar o’quvchilar kuchiga va yoshiga mos kelishi; Beshinchidan, o’quvchilar qiziqishiga asoslanishi va extiyojlaridan kelib chiqishi; Oltinchidan, mo’ljaldagi ishlarni bajarishda butun jamoaning va yakka shaxslarning ishtirokini xisobga olish;
    Yettinchidan, bajarilishi lozim bo’lgan barcha ishlar oldindan xammaga ma’lum qilinishi kabi talablarga javob berishi lozim.
    Tajribada sinf rahbarining uch xil rejasi o’zini oqladi:
    1. Istiqbolli rejalar (uzoq muddatli mo’ljallab tuziladi va u ayni paytda sinf, undagi har bir shaxsni tarbiyalashning umumiy dasturi ham bo’lib xizmat qiladi),
    2. Taqvim reja (odatda bir oy uchun tuzilib, shu oyning xar bir kuni uchun mo’ljallanadigan aniq ishlarni o’zida aks ettiradi),
    3. Aloxida tarbiyaviy tadbir uchun tuziladigan reja konspekt (ba’zan u tarbiyaviy tadbirning senariysi deb xam yuritiladi).
    Reja qanday bo’lishdan qat’iy nazar tarbiyaviy faoliyat mazmunini, sinf o’quvchilari jamoasining rivojlanish istiqbolini aks ettirish kerak. Eng yaxshi sinf rahbarlarning ilg’or tajribasi asosida o’zida quyidagi bo’limlarni aks ettiruvchi taxminiy reja chizmasini tavsiya qilamiz:
    1. Sinf rahbarining sinf bilan olib boradigan ishlarning asosiy yo’nalishlari bo’limi. Bu bo’lim: «Sinfni tashkil etish», «G’oyaviy axloqiy tabiya», «Mexnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llash», «Oila va jamoatchilik bilan hamkorlik» kabi moslamalarni o’z ichiga oladi. Endi shu masalalarning xar birining mazmunini ko’rib chiqaylik. Sinfni tashkil etish-bunda o’quvchilarning o’zini-o’zi boshqarish organlari ishiga pedagogik rahbarlikning ta’minlanishi ko’zda tutiladi. SHu maqsadda sinf majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko’zda tutiladi. SHu maqsadda sinf majlislarining kun tartibi, ularni tayyorlash va o’tkazish ishlari, faollar bilan ishlash ko’zda tutiladi. Mexnat tarbiyasi va kasb tanlashga yo’llashda o’quvchilar uchun o’qish va o’quv ishini oqilona tashkil etish, shuningdek o’ziga-o’zi xizmat, ijtimoiy foydali mexnat, texnik ixtirochilik, kasb tanlash ishlarini tashkil etish bilan bog’liq tadbirlar ko’rsatiladi.
    Kechalar, ertaliklar, kitobxonlar anjumani, suxbatlar o’tkazish, ko’rilgan kinofilm va spektaklni muxokama qilish, xavaskorlar to’garagi qo’shiq va badiiy o’qish tanlovi, rasmlar ko’rigi, muzey va ko’rgazmalarga borish, «O’quvchilar va yoshlar musiqasi» haftaligi, kino, teatrlarga borish—bularning xammasi estetik tarbiya masalasining mazmunini tashkil etadi.
    2. Pedagogik jamoa bilan aloqa bo’limida sinfda dars berayotgan o’qituvchilarni sinf tarbiyaviy ishlariga jalb qilish yo’llari o’quvchilar uchun qo’shimcha mashg’ulotlar, fan va ijodiy to’garaklar, munozaralar, ilmiy anjumanlar, qiziqarli uchrashuvlar, fan haftaliklari bilan bog’liq ishlar yoritiladi.
    Rejalashtirishda xar bir bo’limda ko’plab tadbirlarni ko’rsatish shart emas. CHunki xar bir tadbir xamisha bir necha tarbiyaviy vazifani xal qiladi. Ishning muvaffaqiyatini tadbirlarning miqdori emas balki o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning darajasi sifati va tizimini belgilashni xayotiy tajribalar xam ko’rsatmoqda. Reja bir oylik, choraklik, yarim yillik qilib tuzilishi mumkin. Sinf rahbari uchun esa qaysi bir qulay bo’lsa, u shunisini qo’llashi foydalidir. Sinf rahbari rejasi bir nusxada qilib direktor tasdig’idan o’tgach uning (sinf rahbarining) o’zida saqlanadi. Reja xarakat dasturi bo’lib, amalga oshirilishini ta’minlash uchun taqvim reja tuziladi. Taqvim bir chorakka, ko’pincha bir oyga mo’ljallanadi. Uning aniq bo’lishi va rejalarning amalga oshirilishini ta’minlanishi uchun sinf rahbari shu muddat ichida o’quv yurti miqyosida o’tishi mumkin bo’lgan an’anaviy ishlarni to’la xisobga olish kerak. Masalan, sentyabrda o’quv yilining boshlanishi bilan bog’liq «Bilimlar kuni, so’nggi qo’ng’iroq kuni», «O’quvchi yoshlar kuni», «O’qituvchilar kuni» an’anaviy ishlardir. SHuningdek, o’quv yurtida xar oyning oxirgi juma kuni «Ma’naviyat va Ma’rifat kuni» deb e’lon qilingan va u an’anaga aylangan. SHu kuni sinflar o’rtasida suxbatlar, bellashuvlar, qo’shiq—she’riyat kechalari, uchrashuvlar va boshqalar o’tkaziladi. Bunda aloxida xafta yoki o’n kunliklar ma’lum bir soxaga bag’ishlanadi, chunonchi saxnat xaftasi, texnik ijod va fan xaftaligi, mexnat xaftaligi, sport o’n kunligi va xakazolar.
    Xafta kunlarini xam psixologik imkoniyatga qarab band qilish yaxshi va foydali bo’ladi, masalan, dushanba ancha qiyin o’tadi, shu kunga yorqin, emotsional ta’siri kuchli ishlarni(bayram uchrashuvlari, tanlov natijalarini chiqarish va boshqalar), shanba ancha lanj o’tadi, chunki xafta oxirlab qolganligi tufayli toliqish kuchayadi, shu boisdan xam bunga tetiklik, quvnoqlik baxsh etadigan ishlarni yakshanbaga esa xordiq chiqarib, kuch to’plashga ta’sir etadigan ishlarni mo’ljallash foydali bo’ladi. Taqvim rejaga mavsum xam ta’sir etadi: iliq kuz, quyoshli baxor kunlari ochiq xavoda o’yin, mexnat bilan bog’liq ishlarni tashkil etish; yomg’irli va ayozli kunlarda og’zaki ish shakllaridan ko’proq foydalanish (ular bino ichida o’tadi) maqsadga muvofiqdir.
    To’garak ishlari, yig’in va majlislar, suxbat va ma’ruzalar munozara va siyosiy o’qish – axborot kabi ish shakllaridan xaftaning o’rta kunlarida foydalanish ayni muddaodir. Taqvim rejada an’ana bo’lib qolgan ishlarga keng o’rin beriladi. Odatda esa ularning xamisha bir xilda o’taverishi xollariga duch kelamiz. Bu tadbirlar shu darajada ommalashib ketganki, ular ko’pincha bolalarda xafsalasizlik kayfiyatini uyg’otadi va qiziqishlarni sovitadi. Masalan, «Mustaqillik kuni» bayram qilinishi, «Bilimlar kuni» o’tkazilishi bularning barchasi tantanali, badiiy va ommaviy qismdan tashkil topadi. Ammo bu ishlarni uyushtirish shakli bir xilligi tufayli xam uning ta’siri kam bo’lib qoladi va ko’zlangan maqsadga erishilmaydi. SHuning uchun sinf rahbari, aytaylik, armiya kuni uchun o’tadigan ishlarni xar yili yangi mazmunda uyushtirsa va yildan, yilga o’zgartirib borsa, u xolda o’quvchilarning faolligi ortadi, ulardan tashabbus ko’rsatish, manfaatdorlik o’sadi. Masalan, aytaylik, birinchi yili «Vatan ximoyachilar kuni»ga atab bayram kechasi, ikkinchi yili «Motamsaro ona» xaykaliga gulchambar qo’yish, keyingi yili otish, mo’ljalga olish, to’siqni yongish bo’yicha musobaqa uyushtirish rejaga kiritilsa va o’tkazilsa bu mazmuniy jixatidan rang-barang bo’ladi. Bu ishlarga tayyorgarlik davrida armiyamiz tarixiga oid badiiy va ommabop kinofilmlarni tomosha qilish va muxokama etish, mo’yqalam ixlosmandlari tanlovini e’lon qilish kabilar xam rejadan o’rin olish kerak. Agar xar yili ana shu ishlardan biri tanlanib taqvim rejaga kiritilsa, natija yaxshi bo’ladi. Sinf rahbarining rejasidagi sinfning faoliyatiga oid ishlar bir necha parallel sinf qatnashuvida kuchlarning birlashtirib o’tkazilishi vaqtni va kuchni tejaydi. Sinf rahbari tanlaydigan sinf faoliyati ma’lum bir aniq maqsadga bo’ysindirilsa, samarali bo’ladi. Masalan, «Kamolot» tashkilotining tashkil topishi sinf rahbarining yangi a’zolarining yetakchilik, tashkilotchilik imkoniyatini ta’minlashga, umumjamoa tashkilotida yoshlarning biror ishni bajarish va boshqalarga erishishni uyushtirishga xamda ularni sinfning an’analarini yaratishga g’amxo’rlik qilish maxoratiga bog’liq. Rejada ana shu maqsadga xizmat etadigan aniq ish shakllari aks ettirilishi zarur.
    Sinf rahbarining taqvim rejasi quyidagi chizmada bo’lishi mumkin. Biz keltirgan bu ish ta’miniydir. Ammo xar bir sinf rahbariga o’z sinf sharoiti va imkoniyatiga qarab ishini rejalashtirish va tahlil qilishda u namuna bo’la oladi. Sinf rahbari o’zi uchun bir xaftaga mo’ljallab reja tuzib olsa yaxshi bo’ladi. Bunga kundalik ish mazmuni, bajaruvchilar ko’rsatiladi, xaftalik reja qisqa vaqtga mo’ljallanganligi uchun xam u sinf xayotida, o’quv yurtida, ijtimoiy xayotda ro’y beradigan voqea va xodisalarga tasodifiy vujudga kelgan extiyoj va zaruriyatlarga muvofiq ishlarni belgilash va tegishli o’zgartirishlar kiritish uchun qulaylik tug’diradi
    Bu rejani quyidagi chizmada tuzish mumkin.
    1-jadval

    Hafta kunining yo’nalishi va sanasi

    Tadbir va uni bajaruvchilar

    Tadbirning ta’hili va pedagogik xulosa.



















    Bu yerda xafta kuning yo’nalishlari deganda xaftaning har bir kunini ma’lum faoliyatga ajratish ko’zda tutiladi. Masalan, dushanbani siyosiy maorif uchun; seshanbani matbuot, sanoat saroylari ishi uchun, chorshanbani mexanik kuni, yig’ilishlar uchun payshanbani sa’nat bayramlari va tadbirlari, nazorat ishlari o’tkazish uchun, jumani to’garaklar va turli mashg’ulotlar uchun, shanbani sinf soati, ota-onalar yig’ilishlari, sayoxat, uchrashuv, bellashuvlar o’tkazish uchun, yakshanbani esa dam olish kuni, quvnoqlar starti, sport musobaqalari o’tkazish bilan bog’liq faoliyatga ajratish ancha maqsadga muvofiq bo’ladi. Bulardan ba’zolari sinfda, ba’zilari o’quv yurti miqyosida o’tadi. Sinf rahbari o’z o’quvchilari bilan o’tkaziladigan har bir tadbiri uchun aloxida reja tuzish xam tavsiya etiladi. Qat’iy dastur va darsliklari bo’lgan har bir minutlik dars o’zining barcha bo’limlari va minutlarigacha xisobga olinib dasturlashtiriladi-yu, lekin negadir tarbiyaviy ishlar tajribasida ma’lum mavzudagi tarbiyaviy soat, bahslar, majlis, siyosiy axborot kabilar ko’pincha hech qanday dastursiz, rejasiz o’tkaziladi va bunday hollarni har qadamda uchratishimiz mumkin. Aslida esa tarbiyaviy tadbirning rejasini ishlab chiqish dars rejasidan ham ko’ra murakkabroqdir. Bu xildagi reja uchun qo’yiladigan talablar oldindan betafsil aniqlanib, uning reja uchun qo’yiladigan talablar oldindan batafsil aniqlanib, uning mazmuni o’ylab chiqilsagina samarador tarbiyaviy tomoni yuqori bo’ladi. Bu reja va konspektda quyidagi bo’limlar bo’lishi va har bir bo’limlar yuzasidan tegishli tayyorgarlik ishlari olib borilishi kerak.


    1. Ishning shakli va mazmuni.
    2. Tarbiyaviy maqsad, shu ishda xal qilinadigan vazifa.
    3. O’tkazish vaqti-kuni, soati.
    4. Tanlab olingan tadbir shakli o’tadigan joyi.
    5. Tadbirning dasturi.
    6. Tayyorgarlik davrida qilinadigan ishlarning turi, yo’nalishi.
    7. Kerak bo’ladigan jixozlarni, bezaklarni tayyorlash.
    8. Sinf rahbarining ushbu ishdagi ishtiroki va mavqei.
    9. Ishning natijasini ta’lil qilib, kamchiliklarni belgilash.
    2-jadval

    O’quv haftasi

    Tarbiyaviy ishning asosiy mazmuni

    Kundalik ishlar

    Ish natijasi va kuzatishlar ta’lili

    1-21 mart

    SHanbalikda qatnashish va chorak yakunlariga bagishlangan majlisda ishtirok etish

    6.III.o’z-o’ziga xizmat etishni tekshirish 7.SH. siyosiy axborotlar bilan uchrashuv. 9.SH siyosiy axborotda qatnashish. 10.SH sinf yig’ilida qatnashish 11.SH sinf bilan xaqida maslaxatlashish.

    Axbort sust, siyosiy axborotchilar faktlarni sharxlashga qiynalishdi. Majlis faol va jonli o’tdi, faollarda ma’suliyat xissi ortib boryapti.



    Tarbiyaviy ishlarning ta’miniy rejasi quyidagi bob va qismlardan iboratdir:


    Sinf tavsiyanomasi. Rejaning bu qismida sinf to’g’risida ma’lumot, o’quvchining kimligi, harakteri, savodxonligi, tarbiyalanganligi butun sinfni oldinga qarab yuksalib borishi, yordamga muhtoj o’quvchilar, to’garaklar fakulg’tativ mashg’ulotlar, darsdan tashqari tashkilotlarda qatnashish, jamoada qizlar bilan o’g’il bolalar, faollar o’rtasidagi munosabat, tarbiyasi qiyin o’quvchilar, yangi jamoat topshiriqlari, yozgi oromgohlarda qatnashish haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.
    Tarbiyaviy masalalar. Rejaning bu qismida ta’lim va tarbiyaning eng dolzarb masalalari, tarbiyaviy ishlarning strategiya va taktikasi, sinfda tarbiyaning qaysi turiga ko’proq ehtiyoj borligi, sinf bilan birgalikda o’quvchilarning yoshi, maktab muhiti haqidagi fikrlar joy oladi. Reja tuzishda tarbiyaviy masalalarni tanlash, tarbiyaviy choratadbirlarni belgilashda maktabning muammolari, albatta, hisobga olinishi lozim.
    Sinfning faoliyati turlari va asosiy vazifalari. Dunyoqarash asoslarini shakllantirib tarbiyalash. Rejaning bu qismida o’quvchilarga dunyoqarash asoslarini shakllantirishga oid ishlar siyosatni tushuntirish, olamning bir butun materiya ekanligi, tabiat qonunlari va hodisalarni sharhlash, tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish va ularni asrash asosiy o’rin egallaydi.
    Siyosiy sezgirlik tarbiyasi va jamoat faoliyatining taraqqiyoti. Ish rejasining bu qismida g’oyaviy, siyosiy, vatanparvarlik, vatan,do’stlik, baynalmilliy tarbiyaga o’rin beriladi. Tarbiyaviy ish rejasining bu qismini tartibga keltirishda sinf rahbari o’quvchilarning fidokorlik hissini takomillashtirish, jamoat 75 faoliyatini va uning jamiyatdagi mavqei, Vatan madhiyasi. Gerbi, Konstitutsiya va bayrog’imiz, millatlararo do’stlik, turistik ishlar. O’lkashunoslik, iqtisodiy, ekologik, siyosiy-maxorif ishlarini rejalashtirishni lozim.
    Pedagogik, ma’ruza — pedagogik bilim berishning eng mashxur shakllaridan biri. Keyingi paytlarda ota-onalarga pedagogik bilim berish keng mikyos kasb etib, korxonalardagi, klublar, madaniyat uylari xuzuridagi, turar joylardagi va xokazolardagi ota-onalar pedagogika universitetlari va lektoriylari orkali turli shakllarda amalga oshirilmoqda.

    Xulosa

    Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi.


    Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Tarbiyaning asosiy vazifasi esa shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlashi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
    Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o’quvchi shaxsining o’zi tomonidan faollik ko’rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o’ynaydi. U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo’lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakl, metod, vositalarini to’g’ri tanlay oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
    Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin. Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning ko’pdan-ko’p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o’zaro mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi. Bola shaxsi kamolotiga ta'sir etadigan asosiy omillar: biologik omillar, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va maqsadli faoliyatdir. Bola o’sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
    Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o’quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo’shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g’oyalariga amal qilishni talab etadi.
    Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o’ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma’naviyati boy bo’ladi. O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p omilli xarakterga ega. Ya’ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro’y beradi.


    Download 62,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 62,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinf rahbari ishini rejalashtirish metodikasi

    Download 62,94 Kb.