|
Psixologik-ruhiy 2. Intellektual-aqliy
|
bet | 4/12 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 54,27 Kb. | | #252544 |
Bog'liq Kurs ishi MADANBEKOVA 2. Intellektual-aqliy 3. Jismoniy Agarda yuqorida keltirilgan tizim asosida qulay interfaol muhit yaratilsa samarali natijaga erishish mumkin. Psixologik qulay muhit yaratish- bolaning psixik individual xususiyatlarini hisobga olish va tashkiliy, kommunikativ sharoit bilan bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Bolalar o’zlarini ruhan erkin va qulay his qilsalar ularda hursandik, qoniqish, yuqori kayfiyat yuzaga keladi. Bu holat bevosita ta’lim jarayonidagi (intellektual qulaylik), muloqot, va boshqa sub’ektiv vaziyatlar bilan bog’liq bo’ladi. Ijobiy hislarni yuzaga kelishida bolaning faoliyat motivatsiyasi, xulqavtori, atrof-muhit va sub’ektiv jarayonlar sabab bo’ladi. Psixologik qulay muhit yaratilishda birinchi galda interfaol muhit vositalari va bolalar o’rtasida shaxslararo munosabat muhim o’rin tutadi. “Tarbiyachi-bola” munosabati uchun hamkorlikdagi faoliyat ya’ni ijobiy hissiy holatlar, ezgulik, bag’rikenglik asosidagi muloqot qilish taqozo etiladi. Mana shu jarayonda bola va tarbiyachining bir-birlarini ijobiy qabul qilishlari, o’zaro bir-birini tushunishi, tinglashi va o’zaro ishonch asosiy omil bo’ladi. Tarbiyachi uchun zarur bo’lgan malaka va ko’nikma bu bola ruhiyatini his qilish, uning hatti-harakatlarini to’g’ri qabul qilish asosan bolani sevishi zarur. Tarbiyachi va bolaning o’rtasida o’zaro ta’sir ko’rsatishdagi psixologik jihatlardan biri, shaxslararo ta’sirdir. Tarbiyachi ta’lim jarayonining boshqaruvchisi va tashkilotchisidir. U shunday vaziyat yaratishi kerakki, bolalar kayfiyati, holati va ruhiyatini qo’llab quvvatlasin. Pedagogik ta’sir ko’rsatish bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotidagi jarayonlar qanday tashkil etilganiga bog’liq bo’lib, u bolalarning qiziqish va intilishlarini ta’minlashi lozim. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonining quruvchisi va dizayneri bo’lib, bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini o’z ma’suliyatiga olishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotida qulay (komfort) yaratishning muhim jihatlaridan biri, bolani individual ravishda uning qiziqishi, maqsadi, imokoniyatlari va to’siqlarni yengib o’tishida qo’llab quvvatlashdir. Tarbiyachi yuqori kasbiy mahoratga ega bo’lsagina, bolaning yutuqlarga erishishi yoki ijobiy natajalarni qo’lga kiritishi, o’z-o’zini boshqarishga, muloqotchanlikka o’rgata oladi. Tarbiyachi ta’lim-tarbiya berishda fasilitator vazifasini ham bajaradi. Ya’ni bolani qo’llab quvvatlaydi, yordam ko’rsatadi. «Fasilitator» termini psixologiyada yengillashtirish, biror shaxsni faoliyatini optimal darajaga olib chiqishda ko’mak berishdir. Ta’lim jarayonida tarbiyachining fasilitatorlik vazifasi bola bilan ijobiy muloqot o’rnatish, biron bir faoliyat bilan shug’ullanayotganda unga yordam berish va ruhan qo’llab turishdan iborat.
|
| |