- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish




Download 54,27 Kb.
bet6/12
Sana24.05.2024
Hajmi54,27 Kb.
#252544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi MADANBEKOVA

- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;

- farazni tekshirish va o’zgartirish;

- qaror va natijalarni shakllantirish asosida muammoni aniqlash;

- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlar

Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-quvvatlash, bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish, bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish va bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish , ijodiy ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirish muammosi bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyani kamol toptirish kelajakda maktabgach ta’lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlarini kafolatlaydi. Kompetentlik inglizcha “competence” so‘zidan olingan bo‘lib “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Kompetentlikning mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi. Zero, tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g’oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo’lgan ijodiy munosabatiga bog’liq. Bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ko‘proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi. Tarbiyachining o‘ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o‘ziga xos ruhiyfiziologik xususiyatlarini bilishdir. Bolalar bog‘chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo‘lishini oldindan ko‘ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi. Tarbiyachi o‘z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shartsharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o‘ziga xos xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o‘ziga xos xususiyatlarni (zararli bo‘lsa) yo‘qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo‘yadi. Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo‘lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim.

Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo‘ladi. CHunki bu davrdagi har bir taasurot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi. Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo‘r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo‘lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo‘lmaydi. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi. Mashg’ulotlar bolalar bog’chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg’ulotlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi.



























Download 54,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 54,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish

Download 54,27 Kb.