• I BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
  • II BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
  • KIRISH Kurs ishining dolzarbligi
  • Maktabgacha pedagogika




    Download 54,27 Kb.
    bet1/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi54,27 Kb.
    #252544
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Kurs ishi MADANBEKOVA

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT AMALIY


    FANLAR UNIVERSITETI

    MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI

    “MAKTABGACHA PEDAGOGIKA” fanidan

    KURS ISHI

    MAVZU: “Bo’lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish”
    Kurs ishi rahbari: “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
    kafedrasi o’qituvchisi D.U.Nazarmatova

    Bajardi: MT23-S-05 (A) guruh talabasi


    M.Madanbekova
    “Himoyaga tavsiya etilsin”
    “Maktabgacha ta’lim metodikasi”
    kafedrasi mudiri
    ___________ PhD,dotsent X.I.Yusupova

    Toshkent - 2024


    MUNDARIJA

    Kirish…………………………………………………………………………….


    I BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI………………
    1.1. Bo’lajak maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning ahamiyati va yo’llari. …………
    1.2. Tarbiyachilar salohiyatini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari...……

    II BOB. BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI….
    2.1. Tarbiyachilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish ……………………..
    2.2. Tarbiya jarayonida kreativ qobiliyatlarni qo’llash texnologiyalari..…………
    Xulosa………………………………………………………………………
    Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………


    KIRISH
    Kurs ishining dolzarbligi. Rivojlanishning innovatsion yo’lini tanlash, yuqori texnologiyalarni yaratish va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bilim va ma'lumotlarning o‘sib borayotgan o‘rni yuqori malakali mutaxassislarga katta talab qo‘ymoqda. Bu ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi shakllarini talab qiladi va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qodir bo‘lgan yangi avlod o‘qituvchilarini shakllantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilaydi. Oliy ta’lim muassasalari va ulardagi o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifatini oshirish, bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy kasbiy kompetensiyalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagoglarning kreativ kompetentligini rivojlantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi.

    Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ3261-sonli "Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, 2016-yil 29- dekabrda qabul qilingan PQ-2707- sonli “ 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risida”gi Qarori, 2018- yil 3- iyuldagi Maktabgacha ta’lim Vazirligining 3032- son “ O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqidagi “, 2019- yil 16- dekabrdagi PQ-595-sonli “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi “ qonuni, 2019-yil 8- maydagi PQ 4312-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2020- yil 6- noyabrdagi “ O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida”gi PF 6108-sonli farmon va shu kabi qarorlarining qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayoniga salmoqli yangilanishlar kiritilishiga xizmat qildi. Yurtimizda 2018-yildan Koreya tajribasiga asoslangan “Ilk qadam” o‘quv dasturi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy qilina boshladi. Yangi dasturga binoan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar beshta faoliyat markazlarida tashkil etiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan shuni ko’rsatadiki, bo’lajak mutaxassislarni tayyorlayotgan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan pedagoglardan ham o’quv jarayoniga mazmunan va shaklan yangiliklar kiritishni, ta’lim jarayoniga kreativlikni olib kirishni taqazo etadi.

    O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.

    Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.

    Jahon miqyosida pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida inson hayoti davomida egallaydigan barcha ma’lumotining 70%ini besh yoshgacha bo’lgan davrda olib ulgurishi o’z isbotini topgan. Darhaqiqat, bu davr mobaynida bola dunyoni idrok qilishni boshlaydi, fikrlaydi, atrof- olam bilan tanishadi, umri davomida oladigan bilimlarga zamin tayyorlaydi. Yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining o’rni beqiyosdir.

    Prezident SH. Mirziyoyevning 2019-yil 19-oktabrdagi maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishda ta’kidlaganlaridek: “Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron bir o’zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunda kadrlarni, millatning sog’lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”. Ta’lim sohasiga qo’yiladigan talablar orasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining kasbiy va kreativ kompetentligini oshirish uchun qator chora- tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Pedagog shaxsiga qo’yiladigan talab – eng avvalo o’z ustida izlanishlar olib borishidir. Shunday ekan, maktabgacha ta’lim tizimida eng muhim ehtiyoj maktabgacha ta’lim tashkiloti mutaxassislarining kasbiy yetukligi bilan birga kreativ kompetentligi hamdir. So’nggi yillarda kelajagimiz poydevori bo’lmish farzandlarimizga ya’ni maktabgacha ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.

    Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.



    Download 54,27 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 54,27 Kb.