• - masalani hal qilish usullarini tanlay olish;
  • Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi




    Download 54,27 Kb.
    bet9/12
    Sana24.05.2024
    Hajmi54,27 Kb.
    #252544
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Kurs ishi MADANBEKOVA

    Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi:

    - bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish;

    - masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish;

    - masalani hal qilish rejasini tuzish;

    - masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash;

    - masalani hal qilish usullarini tanlay olish;

    - qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish;

    - masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish;

    - masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala.

    Metodlar yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.

    Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash dunyoviy ta'lim tizimining yanada rivojlanib borayotgan asosiy tendensiyalaridan biri deb qaraladi. Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda talabalarning o‘quv va ijodiy faollik- larini rivojlantiruvchi hamda ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini kafolatlovchi interfaol metodlarni qo‘llash yuzasidan katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Ta'lim jarayonida bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislaning ijodiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan metod va innovatsion texnologiyalardan turli yo‘nalishlarda fikrlashga o‘rgatish; bo‘lajak tarbiyachilarini kreativlik ko‘nikmalarini aniqlashga va kreativ pedagog sifatida shakllantirishga yordam beradi. Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda talabalarning ijodiy faolliklarini rivojlantiruvchi hamda ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini kafolatlovchi interfaol metodlarni qo‘llash yuzasidan katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan kiritilmoqda.

    Ta'lim metodi - pedagogning bo‘lajak pedagoglar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta'lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir. Ma'lumki, ta'lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjud. Bu klassifikatsiya talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorlanishida asosiy o‘rinni egallaydi.

    Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishda turli xil ijodiy topshiriqlar va mashqlar berish orqali biz ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ham ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga zamin tayyorlagan bo‘lamiz. Masalan, talabalar uchun kreativlikni rivojlantiruvchi “Torrensning tugallanmagan rasmlar” testini qo‘llashimiz, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida bolajonlar o‘rtasida “Quvnoq raqobat” mashqini o‘tkazishlarida qo‘l keladi. “Quvnoq raqobat” mashqi orqali bolajonlarga bir xil geometrik shakl yoki biron bir obyektning bir qismi tasvirlangan qog‘ozlar tarqatiladi. Bolalar mashqni bajarish mobaynida rasmlarni tugatishlari va o‘z fantaziyalaridan kelib chiqib , topshiriqni yakunlashlari kerak. Yoki talabalar uchun “qarama-qarshi so‘zlar” mashqini olsak, bo‘lajak mutaxassislar o‘z faoliyatlarida bolajonlarda “Yaxshi - yomon” yoki “Qarama-qarshiliklar zanjiri” o‘yinini o‘tkazishlari mumkin. Masalan: Sayr yaxshi-chunki quyosh porlamoqda. Quyosh porlamoqda-yomon, chunki issiq. Issiq yaxshi-chunki yoz va shu kabi o‘yin va mashqlar maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Interfaol ta'lim metodlariga qaytadigan bo‘lsak, interfaol ta'lim metodlarining o‘qitish muhitida bo‘lajak mutaxassislarga ta'sir etuvchi rivojlantiruvchi xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Interfaol o‘qitishda qulay muhit yaratiladi, yaxshi tashkil etilgan o‘qitish muhiti: o‘qish va tadqiqotlarga ko‘maklashadi; turli tadqiqotlar olib borish uchun materiallarga ega buladi; kreativlik, ijodkorlik qobiliyatiga rag‘bat beradi; fikrlar va axborotlar almashuviga imkon yaratadi; ma'lumotlarni mustaqil olish ko‘nikmalarini shakluzluksiz ta'lim olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.























    XULOSA

    Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bo’lajak tarbiyachilar uchun kreativ kompetentligini rivojlantirishga yo’naltirilgan yondashuvning joriy etilishi ta’lim mazmuniga, o’qitish shakliga, usullariga, pedagogik texnologiyalari, nazorat usullariga hamda ta’lim va tarbiya jarayonida talabalar va o’qituvchilar orasidagi munosabatlarida yangiliklar va o’zgarishlar kiritishni talab etadi. Bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari va bu sohadagi tadqiqot ishlariga qo‘yilgan zamonaviy talablarning asosiy tamoyillari shakllantirildi va shular asosida bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning metodologik asoslari, mazmuni, shakli va vositalari ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keldi. Bunda bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning metodlari va texnologiyasi takomillashtirildi va bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning qulay va samarali metodlari yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu sohada olib borilgan ilmiy-izlanishlarimiz natijalariga asoslanib yakuniy xulosa sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin, bo‘lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishda va ularning kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida kreativ va innovatsion yondashuvlani joriy etish malakasini oshirishda lm-fan va zamonaviy texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlardan foydalangan holda yanada takomillashtirish uchun:


    Download 54,27 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 54,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi

    Download 54,27 Kb.