|
SEMINAR VA SEMINAR MASHG'ULOTLARI
|
bet | 10/11 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 36,06 Kb. | | #100459 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim bo\'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifa-fayllar.orgSEMINAR VA SEMINAR MASHG'ULOTLARI
Maktabgacha ta'lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir.
Seminarlarda maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmalari (bo'limlari) tomonidan belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, mavzular tematikasi aniqlanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma’ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma'ruzachi belgilangan mavzusi bo'yicha o'z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash mumkin:
mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;
o'yin faoliyatiga rahbarligi.
Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuv- chilarni qo'shiq san’atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo’shiqlarni kuylashga o'rgatish kabi mavzularda seminarlar tash kil etilishi mumkin. Seminarlarning asosiy maqsadi - alohida metodika bo'yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo'yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o'quv mashg'ulotlar rejasi bir yilga mo'ljallangan bo'Iib, viloyat va respublika miqyosida 5-12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarian esa har oyda 1-2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashg'ulot- lari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdiqlanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. Shu asosda barcha metodist-tarbiyachilarning faol ishtirokida seminar mashg'ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Seminar mashg'ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko’tarilishiga yo'l qo'ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg'ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog'liq holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin:
yasli va bog'cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xu- susiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);
turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari;
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;
tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o'ziga xos jihatlari va hokazo.
Ma'ruzalar
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g'oyaviy- siyosiy, ma'naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o'stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta'lim-tarbiya, ma'naviy- ma'rifiy mavzular bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma'naviy jihatdan yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma'ruzalar yuksak ilmiy-g'oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog'liq holda o'tkazilishi talab etiladi.
|
| |