|
Ilmiy-metodik kengashning vazifalari
|
bet | 4/11 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 36,06 Kb. | | #100459 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim bo\'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifa-fayllar.orgIlmiy-metodik kengashning vazifalari:
Institut, uning kafedralari va bo'limlari rejalari va hisobotlarini ko'rib chiqish, Institut faoliyatini takomillashtirish bo'yicha o'quv ish rejalari va kurslar dasturlarini, tavsiyalarni muhokama qilish;
Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo'nalishlarini ta’minlash va belgilash, samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va muvofiqlashtirish, ma’naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini ko'rib chiqish;
Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqish;
Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta'limni boshqarish) bo'yicha ilmiy faoliyat olib borish;
darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarni e’lon qilish masalalarini ko'rib chiqish;
Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASIXONASI
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta’lim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’lim- tarbiya ishlarini takomillashtirish, «llkqadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchi- metodist, mudiralar, metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo'I-yo'riqlarini ishlab chiqadi.
|
| |