Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifalari, mazmuniva shakllari maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari




Download 36,06 Kb.
bet11/11
Sana17.11.2023
Hajmi36,06 Kb.
#100459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim bo\'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifa-fayllar.org

O'z ustida ishlash
Bu - maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining o'z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g'oyaviy- siyosiy saviyasini oshirib borish borasidagi fao- liyatining keng tarqalgan shakllaridan biri.
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari ish rejasida maktabgacha ta’lim bo'yicha nazariy-amaliy masalalanti chuqur o'zlashtirish, maktab ta'lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o'rganish o‘z ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiy-uslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug'dirgan masalalarni o'rganishga ham alohida e’tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o'z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo'l-yo'riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o'quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi - javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g'oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar o'z vaqtida hal etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari ochiq eshiklar kunini o'tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko'radi.
Yakkama-yakka suhbat - bola tarbiyasida qiynalgan ota- onalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog'i lozim. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota- onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to'g'ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

1 Maktabgacha ta'iim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mstitutining ustavi. - T., 2017.





http://fayllar.org
Download 36,06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 36,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifalari, mazmuniva shakllari maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik ishining tashkiliy tuzilishi va vazifalari

Download 36,06 Kb.