|
-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlariBog'liq 99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)
02-02. MTT va ota-onalar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, bolalalarga DXM (Davlat xizmatlari
markazi)dan berilgan yoʻllanmalar yoki KTIDMTT va QTDMTTga berilgan Tibbiy-psixologik-pedagogik
komissiya xulosalari yigʻma jildi va qayd etish kitobi yuritiladi.
Ota-onalar bilan tuzilgan shartnomalar — bolani MTTga qabul qilingan va shartnoma imzolangan
kundan boshlab, oʻz kuchiga ega hisoblanadi. Tarbiyalanuvchi MTTdan chiqarilgandan soʻng, ushbu shartnoma
bekor qilinib, oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblanadi.
Shartnoma tarbiyalanuvchi MTTdan ketgunga qadar tuziladi va MTT direktorining imzosi, muhri hamda
ota-ona (yoki ularningoʻrnini bosuvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi. MTTga yilning sentyabr oyidan qabul
qilingan bolalar roʻyxati 1 raqamidan boshlanadi. Shartnomaga oʻzgartirishlar qoʻshimcha kelishuv shaklida
kiritiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
DXM tomonidan berilgan yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar hamda otaonalar oʻrtasida tuzilgan
shartnomalarni qayd etish kitobi yuritiladi.
MTTga bolalar tuman DXM tomonidan berilgan yoʻllanma yoki TPPK xulosa asosida oʻrnatilgan tartibda
(15 kun muddat ichida) MTT kelgan kundan boshlab qabul qilinadi hamda ularning ota-onalari oʻrtasida ikki
tomonlama shartnoma tuzilib, shartnomalarni roʻyxatga olish kitobiga rasmiylashtiriladi.
Yoʻllanma yoki TPPK xulosalar va shartnomalarni qayd etish kitobi tikilgan, sahifalangan, MTT direktori
tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
31-avgustda MTTdagi mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar va qabul boʻyicha tahliliy hisobot
yoziladi. Unda MTTda oʻquv yili yakuniga kelib, mavjud yoʻllanmalar yoki TPPK xulosalar soni (MTTdagi roʻyxat
boʻyicha jami bolalar soniga teng boʻlishi lozim), oʻtgan yili 2-sentyabrdan joriy yilning 31-avgustiga qadar qancha
yoʻllanma yoki TPPK xulosalar qabul qilingan, necha nafar bola MTTdan ketgan, ulardan necha nafari maktab
taʼlimiga yuborilganligi, KTIDMTT va QTMTTlar uchun qoʻshimcha necha nafari sogʻlomlashtirilganligi tahlil
qilinadi.
Ushbu tahlil MTT direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
|
| |