• Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish
  • Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish
  • Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash
  • Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/76
    Sana04.02.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #151182
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76
    Bog'liq
    99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)

    Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari  
    Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u direktor, metodist, psixolog, musiqa raxbari, 
    defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ilgʻor pedagoglar (tarbiyachilar) tomonidan tashkil etiladi.
    Maslahat soatlari oyda ikki marta har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb va tashkilot pedagoglariga muammo
    boʻlayotgan mavzular asosida rejalashtiriladi. Maslaxat soatlari jamoa uchun va alohida pedagoglar uchun boʻlishi 
    nazarda tutiladi.
    Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish  
    Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish har bir guruhda yilda 1-marta rejalashtiriladi. Bunda, 
    markazlarda ishlash, umumiy guruh boʻlib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 1 yil 
    boʻlmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish rejalashtirilmaydi. Jamoa boʻlib 
    kuzatish faqat gurux tarbiyachilari uchungina boʻlmay, tashkilotda faoliyat yuritayotgan defektolog, jismoniy
    tarbiya yoʻriqchisi, psixolog, til oʻqituvchisi hamda musiqa rahbarining ham faoliyatlarini kuzatishni
    rejalashtirish lozim.
    Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish  
    Mazkur bandga kalendar boʻyicha bayram ertaliklari, turli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda (bola 
    hayoti xavfsizligi asoslariga oid tadbirlari, YPX, tabiiy ofatlardan saqlanish va haqozo), koʻngil ochish soatlari, sport 
    bayramlari va musobaqalarini oʻtkazish rejalari kiritiladi.
    Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash  
    Kouching taʼlimning maʼnosini tushunishga yordam beradigan, pedagogni yangi bosqichga koʻtaradigan, 
    motivatsiyasini va hujjatlar uchun javobgarlikni oshiradigan zamonaviy pedagoglar hamkorligini taʼminlaydi. Ushbu
    hamkorlik maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglar uchun boʻlib, uning ish
    faoliyatida tashkilot taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi boʻshliqlarni toʻldirish, tajribasiz, yosh va oʻz ustida ishlashga 
    qiynalayotgan pedagoglarga metodik yordam berish, motivatsiya orqali ularni jamoada oʻz oʻrnini topishga 
    yordam berish maqsadi koʻzlanadi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   76




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari

    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish