• MTTda pedagogik jarayonni nazorat qilish.
  • Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlari




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/76
    Sana04.02.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #151182
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
    Bog'liq
    99 Buyruq 28.08.2023 (4) (2) (2)

    Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishlari oʻquv yili davomida 2-marta rejalashtiriladi.
    Birinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishda barcha xodimlarga yangi oʻquv yili ish rejasi, xodimlarning 
    asosiy malaka tavsiflari hamda faoliyatga doir yoʻriqnomalari (“Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarning 
    hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida NIZOM”, “Mehnatni muhofaza qilish va 
    texnika xavfsizligi” yoʻriqnomalari, maktabgacha taʼlim tashkilotining “Jamoa shartnomasi” va “Ichki mehnat tartibi 
    qoidalari”, “Yongʻin havfsizligi qoidalari”) bilan tanishtiriladi. Xodimlar “Yongʻin havfsizligi qoidalari”, 
    xodimlarning yillik mexnat taʼtillari jadvali navbatdan tashkari utkaziladigan yanvar oyidagi umumiy ishlab 
    chikarish yigilishida tanishtiriladi. Ikkinchi umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi oʻquv yili yakunida oʻtkaziladi. Kun 
    tartibiga oʻquv yili yakuni hisoboti, MTTda yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining belgilangan 
    reja asosida olib borilishi, guruhlarning yozgi sogʻlomlashtirish mavsumi rejasini tasdiqlash, mavsumga doir 
    tavsiyanomalar bilan tanishtiriladi.
    Mavzu asosida kun tartibiga 3 tadan koʻp boʻlmagan masalalar kiritiladi. Umumiy ishlab chiqarish 
    yigʻilishida koʻrilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi, qaror ijrosi boʻyicha masʼul va muddatlar 
    belgilanadi.
    Oʻrganilgan masalalarga oid hujjatlar yigʻma jildi shakllantiriladi.
    Umumiy ishlab chiqarish yigʻilishi bayonnomalari daftari tikilgan, sahifalangan, MTT direktori tomonidan 
    imzolangan va muhrlangan boʻlishi lozim.
    MTTda pedagogik jarayonni nazorat qilish.
    Ish rejaga frontal, mavzuli, qiyosiy nazorat turlari kiritiladi.
    Nazorat turlari oʻquv yili davomida guruh sonidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
    MTT guruhlarida oʻtkaziladigan nazorat turlari rejasi pedagog kengashlar yoki metodist burchagida 
    pedagoglar uchun joylashtiriladi.
    Nazorat ishlari — MTT direktorining buyrugʻi asosida nazorat oʻtkazish boʻyicha aniq muddati koʻrsatilgan 
    holda tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Ishchi guruh tarkibiga metodist, hamshira, xoʻjalik 
    mudiri, psixolog tarkibidan, kasbiy kompetentligi yuqori boʻlgan pedagoglar toq sonda kiritiladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




    Download 1,69 Mb.
    Pdf ko'rish